K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Turli boshqa debitorlik qarzlarining hisobi


Download 1.67 Mb.
bet149/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Turli boshqa debitorlik qarzlarining hisobi. 21-son BHMS ga muvofiq turli boshqa debitorlarni qarzlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:

  • 4810 “ Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” –ushbu schyotda uzoq muddatli ijara bo‘yicha ijara oluvchining ijara beruvchi oldidagi joriy to‘lovlarining holati va harakati aks ettiriladi. Uzoq muddatli ijara bo‘yicha joriy to‘lov summasi shartnomaga asosan belgilanadi va 0920 ” Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyotining kreditidan o‘tqaziladi. To‘lov amalga oshishi bilan ushbu schyot yopiladi ( 5010,5110,5210 va boshqa schyotlarning debetiga va 4810- schyotning kreditiga).

  • 4820 “ Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar”- ushbu schyotda qisqa muddatli ijara bo‘yicha ijara oluvchining ijara beruvchi oldidagi joriy to‘lovlarining holati va harakati aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara bo‘yicha joriy to‘lov summasi shartnomaga asosan belgilanadi va quyidagicha schyotlarda aks ettiriladi:

Debet 4820 ” Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar”
Kredit 6410 “ Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” –hisoblangan QQS summasiga
Kredit 9350 “ Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” – to‘lovdan QQS summasini ayirib tashlagandan keyin qolgan qismiga.
To‘lov amalga oshishi bilan ushbu schyot yopiladi ( 5010,5110,5210 va boshqa schyotlarning debetiga va 4820- schyotning kreditiga).

  • 4830 “Olinadigan foizlar” - ushbu schyotda korxonaning qisqa muddatlarga boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga bergan qarzlari va kreditlari bo‘yicha shartnomalarga asosan hisoblangan foizlarga tegishli olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida foizlar bo‘yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi

( 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditiga), kreditida esa ushbu to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlarini pul mablag‘lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling