K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Ta’sischilar va boshqa debitorlarlardan olinadigan schyotlarning hisobi
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlarining hisobi
7.5.Ta’sischilar va boshqa debitorlarlardan olinadigan schyotlarning hisobi
Ta’sischilarning debitorlik qarzlarining hisobi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ta’sischilar ta’sis etgan korxonalariga o‘z ulushlarini bir yilgacha bo‘lgan muddatda kiritishlari lozim. Ushbu davrda mavjud bo‘lgan debitorlik qarzlari 21- son BHMS ga muvofiq 4610 “ Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi” schyotining debetida va 8330 “Pay va badallar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischi tomonidan badalni kiritilishi bilan ushbu schyotda aks ettirilgan debitorlik qarzi kamayadi, to‘liq kiritilgandan so‘ng esa yopiladi. Qarzning yopilishi ta’sischi kiritgan mablag‘larning turiga qarab turli schyotlarning debetida ( masalan, 5010,1010-1090,0410-0490,0120-0190 va boshqa schyotlar) va 4610 “ Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischilarning debitorlik qarzlarining analitik hisobi har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi. Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlarining hisobi. Korxonaga uning xodimlari turli operatsiyalar bo‘yicha qarzdor bo‘lib qolishlari mumkin, masalan, kreditga olgan tovarlar uchun, olgan qarzi uchun, ko‘rsatgan zararlari uchun, vaqtinchalik qaytarib berish sharti bilan ko‘rsatilgan moliyaviy yordamlar va boshqalar uchun. 21-son BHMS ga muvofiq bunday debitorlik qarzlarning holati va harakati mos ravishda 4710 “ Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”, 4720 “ Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”, 4730 “ Moddiy zaralarni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi”, 4790 “ Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotlarida hisobga olinadi. Qarzlarning vujudga kelishi ushbu schyotlarning debetida, qarzlarning uzilishi esa ularning kreditida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Xodimlarning boshqa operatsiyalarga doir qarzlarining analitik hisobi ularning har biri bo‘yicha olib boriladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling