K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzish


Download 1.67 Mb.
bet218/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

13.2.Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzish

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning (2-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning hisobot davrlaridagi daromadlari, harajatlari, foyda va zararlari to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Chunonchi bunday ma’lumotlar hisobotda mos ravishda o‘tgan yilning va hisobot yilning mos davrlari uchun ko‘rsatiladi. Bunday tartib mos hisobot davrlardagi o‘zgarishlar tendensiyalarini o‘rganish uchun muhim axborot manbai hisoblanadi.


Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzishga asos bo‘lib korxonaning barcha daromadlari va harajatlari, foydani ishlatilishi hisobi uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik (tranzit) schyotlarning ma’lumotlari hisoblanadi. Qoidaga muvofiq hisobotning alohida satrlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.



Satr kodi

Satr nomi

Satrni to‘ldirish tartibi


010

Mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotishdan tugan sof tushum

Mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotishdan tugan sof tushumni hisobi uchun mo‘ljallangan 9010,9020,9030- schyotlarning kredit oboroti summalari yig‘indisidan qaytarilgan mahsulotlar (tovarlar, ish, xizmatlar) summalarini, berilgan chegirmalar summalarini (9040 va 9050-schyotlarning debet oborot summalari) ayirish orqali topiladi va daromadlar ustunchasida ko‘rsatiladi

020

Sotilgan mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larning tannarxi

Sotilgan mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larning tannarxi hisobi uchun mo‘ljallangan 9110,9120,9130,9140,9150- schyotlarning debet oboroti summalari yig‘indisi harajatlar ustunchasida ko‘rsatiladi


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling