K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Ijobiy auditorlik xulosasi
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Salbiy auditorlik xulosasi
- 17. 2. Audit natijalarini tadbiq etish
1.Ijobiy auditorlik xulosasi –bu moliyaviy hisobotni to‘g‘riligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga to‘liq mos kelishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 8-ilovada keltirilgan.
2.Shartli ijobiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy hisobotning umuman to‘g‘riligini, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan mos kelishini, shuning bilan birga xo‘jalik faoliyatida uning ko‘rsatkichlarini buzib ko‘rsatilishiga va foydalanuvchilar qabul qiladigan qarorlarga muhim ta’sir etmaydigan ayrim holatlarni borligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 9-ilovada keltirilgan. 3.Salbiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy hisobotni to‘g‘ri emasligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelmasligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 10-ilovada keltirilgan. 4.Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish - bu moliyaviy hisobotni to‘g‘riligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash uchun mijoz tomonidan yetarlicha ma’lumotlar taqdim etilmaganda auditorlik tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan hujjat. Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish bo‘yicha auditorlik tashkilotining xatining namunasi 11-ilovada keltirilgan. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun uni taqdim etgan auditorlik tashkilotining litsenziyasi, javobgar auditorlarning malaka sertifikatlari bekor qilinadi, shuningdek ularga jinoiy javobgarlikga tortishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanishi mumkin. 17. 2. Audit natijalarini tadbiq etish Auditorlik tekshiruvini tashkil etishning 4-bosqichi bo‘lib uning natijalarini tadbiq etish hisoblanadi. Audit natijalarini tadbiq etish deganda auditor hisobotida aks ettirilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar majmuasi tushuniladi. Odatda, ushbu ishlar auditorlik tekshiruvidan keyin ko‘pi bilan 15 kun ichida o‘tqazilishi kerak, chunki auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt audit tekshiruvi o‘tqazilgandan so‘ng 15 kun ichida auditorlik xulosasini qonun hujjatlariga muvofiq tegishli organlarga taqdim etishi lozim. Audit natijalarini tadbiq etishga doir ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Auditorlik tekshiruvi natijalarini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyati, mulkdorlar, Kuzatuv kengashi a’zolari va boshqa qiziquvchilar ishtirokida muhokama qilish; Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muddatlarini, aniq ma’sul xodimlarni belgilash; Auditorlik tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni haqiqatda bartaraf etilganligini nazorat qilish va muhokama etish. Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etishga ma’sul bo‘lib xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari hisoblanadi. Rahbar auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni tekshiruvni o‘tqazgan auditorlarning ishtirokida o‘tqazishi maqsadga muvofiq. Chunki, bir tomondan, auditorlar to‘plagan isbotu-dalillar asosida xatolarni qay darajadaligini, kimlar tomonidan yo‘l qo‘yilganligini, ularni qanday tuzatish kerakligini mutaxassis sifatida chuqurroq biladilar. Ikkinchi tomondan, auditorlar ishtirokida tuzatilgan xato kamchiliklar tuzatilgan moliyaviy hisobotga rasmiy auditorlik xulosasini olishni tezlashtiradi. Auditorlarni quyidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishda jalb qilish o‘ta muhim hisoblanadi: Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob- kitoblarni tayyorlash; Balans va hisobotning boshqa shakllarini qayta tuzish; Bosh kitobga tuzatish yozuvlarini kiritish; Korxonaning hisob siyosatining asosiy parametlarini belgilash; Korxona xodimlariga xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun maslahatlar berish boshqalar. Aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi, soliq deklaratsiyalarini va moliyaviy hisobot shakllarini qonun hujjariga muvofiq qayta tuzilishi hamda taqdim etilishi auditorlarga moliyaviy hisobot bo‘yicha ijobiy xulosa berishlariga asos bo‘ladi. O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblariDownload 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling