K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Asosiy ishlab chiqarish harajatlari


Download 1.67 Mb.
bet108/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Asosiy ishlab chiqarish harajatlari deganda ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish sexlari harajatlari tushuniladi. Bunday harajatlarga asosiy sexlarning texnologik jarayonlarida mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarilishiga bevosita sarflangan harajatlar kiradi.
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari deganda asosiy ishlab chiqarish sexlari uchun yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblangan ishlab chiqarish bo‘linmalarining (sexlarning) harajatlari tushuniladi. Yordamchi sexlar bo‘lib, masalan, ta’mirlash sexi, mexanika sexi, bug‘ berish sexi va boshqalar hisoblanadi. Ushbu sexlarning harajatlari alohida hisobga olinadi va har oyning oxirida asosiy ishlab chiqarish harajatlari tarkibiga kiritiladi.
Umum ishlab chiqarish harajatlari deganda barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning harajatlari tushuniladi. Masalan, ta’minot bo‘limi, yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi, isitish bo‘limi, qo‘riqlash bo‘limi va boshqalar asosiy va yordamchi sexlarga turli xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu bo‘linmalarning harajatlari ham alohida hisobga olinadi va oy oxirida hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq asosiy va yordamchi ishlab chiqarish harajatlariga kiritiladi.
Tannarxga kiritilish usuliga qarab barcha ishlab chiqarish harajatlari bevosita va bilvosita harajatlarga bo‘linadi.
Bevosita harajatlar deganda u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan harajatlar tushuniladi. Ularga misol qilib, masalan, non ishlab chiqarishda tuzilgan kalkulyatsiyaga muvofiq bevosita sarflangan un va boshqa materiallarning harajatlarini, bevosita non ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan ishchilarga hisoblangan ish haqi harajatlarini, ishlab chiqarish sexining bevosita boshqa harajatlarini keltirish mumkin.
Bilvosita harajatlar deganda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulotning) tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib bo‘lmaydigan, shuning uchun ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar (mahsulotlar) o‘rtasida taqsimlanadigan harajatlar tushuniladi. Aksariyat umum ishlab chiqarish harajatlari aynan bilvosita harajatlar hisoblanadi, ular ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hissasi, sex xodimlari ish haqining hissasi va boshqa belgilariga qarab mutanosib tarzda taqsimlanadi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish harajatlari o‘zgaruvchan va shartli o‘zgarmas turlarga bo‘linadi:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling