K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
O‘zgaruvchan harajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va kamayishigaga ko‘ra sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan harajatlar. Masalan, material sarfi bevosita ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning miqdoriga bog‘liq, ishbay ishlaydigan xodimga hisoblanadigan ish haqi summasi esa - uning ishlab chiqargan mahsuloti(bajargan ishi)ning miqdoriga bog‘liq.
Shartli o‘zgarmas harajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga qaramasdan summasi o‘zgarmaydigan, lekinda nisbiy darajasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan harajatlar. Misol qilib ishlab chiqarish qurollari va vositalari bo‘yicha shartnomaga asosan qat’iy summada to‘lanadigan ijara haqi, mol-mulkni sug‘urta qilish harajatlarini keltirish mumkin. Bunday harajatlar miqdor jihatdan shartli o‘zgarmas, lekinda ishlab chiqarish hajmiga nisbatan darajasi o‘zgaruvchan harajatlar hisoblanadi.Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha ishlab chiqarish harajatlari «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom »ga asosan quyidagi elementlarga bo‘linadi: Ishlab chiqarishga doir moddiy harajatlar ( qaytariladigan chiqindilar qiymatidan tashqari ) – bu guruhga kiruvchi harajatlar 12 ta moddadan iborat bo‘lib, ularning to‘liq ro‘yxati Nizomning 1.1 –punktida keltirilgan. Ishlab chiqarish harakteridagi mehnatga haq to‘lash harajatlari - bu guruhga kiruvchi harajatlar 7 ta modda va 12 quyi moddadan iborat bo‘lib, ularning to‘liq ro‘yxati Nizomning 1. 2 –punktida keltirilgan. Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar – bu guruhga kiruvchi harajatlar 2 ta moddadan iborat, ularning nomi Nizomning 1.3 – punktida keltirilgan. Ishlab chiqarishga doir asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi – bu guruhga kiruvchi harajatlar 2ta moddadan iborat, ularning nomi Nizomning 1.4 – punktida keltirilgan. Ishlab chiqarishga doir boshqa harajatlar - bu guruhga kiruvchi harajatlar 9 ta modda va 11 ta quyi moddadan iborat bo‘lib, ularning to‘liq ro‘yxati Nizomning 1.5 –punktida keltirilgan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling