K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Ishlab chiqarish harajatlari hisobining vazifalari


Download 1.67 Mb.
bet110/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Ishlab chiqarish harajatlari hisobining vazifalari. Ishlab chiqarish harajatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Ishlab chiqarish harajatlarini ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;

  • Ishlab chiqarish harajatlarini to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;

  • Ishlab chiqarish harajatlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish ;

  • Ishlab chiqarish harajatlari bo‘yicha moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini ta’minlash;

  • Tugallangan ishlab chiqarish harajatlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tayyor mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritish;

  • Tugallanmagan ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan harajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olish, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish;

  • Tannarxni oshib ketishiga sabab bo‘luvchi noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bnday chiqimlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun moddiy javobgar shaxslar faoliyatini doimiy nazorat qilish;

  • Mavjud ishlab chiqarish zaxiralari va vositalaridan unumli foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish;

  • Ishlab chiqarish harajatlarini soliq solish bazasi ob’ekti sifatida to‘g‘ri shakllantirish va boshqalar.



Ishlab chiqarish harajatlarining sintetik va analitik hisobi. 21- son BXMS ga muvofiq ishlab chiqarish harajatlarining sintetik hisobi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” va 2510 “ Umumishlab chiqarish harajatlari” schetlarida olib boriladi. Ushbu schyotlarni ochish negiziga ishlab chiqarish harajatlarining ishlab chiqarishda tutgan o‘rni asos qilib olingan. Ushbu schyotlarning barchasi aktiv, doimiy schyotlardir. Ularning debetida harajatlarning ko‘payishi, kreditida esa harajatlarning hisobdan chiqarilishi, ya’ni kamayishi aks ettiriladi. Bu schyotlarning qoldig‘i mos ravishda asosiy, yordamchi va umum ishlab chiqarishning tugallanmay qolgan qismini pulda ifodalaydi. Aksariyat korxonalarda 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” va 2510 “ Umumishlab chiqarish harajatlari” schetlari hisobot davrining oxirida yopiladi, ya’ni ularning debetida to‘plangan summalar, yuqorida aytib o‘tganimizdek, u yoki bu usulga asosan taqsimlanadi. Jumladan, ularning asosiy ishlab chiqarishga doir qismi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda ushbu schyotlar yopiladi, ya’ni davr oxirida qoldiqga ega bo‘lmaydi.
2010 “Asosiy ishlab chiqarish “ schyotining debetida to‘plangan summa (uning kreditida aks ettirilgan ayrim summalardan tashqari, masalan qaytarilgan chiqindilarning qiymati, brak summasi) ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning ) umumiy tannarxini pulda ifodalaydi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar (bajarilgan ishlar va xizmatlar)ning haqiqiy tannarxi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotining krediti orqali mos ravishda 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi 9130 “ Bajarilgan ishlarning va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlarining debetiga o‘tqaziladi.
Ishlab chiqarish harajatlariga doir operatsiyalar schetlarda quyidagicha aks ettiriladi.

Tar-tib raqami

Operatsiyaning mazmuni

Debet schet

Kredit schet

Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

1.

Material harajatlariga

2010,
2310,
2510

1010-
1090

Moddiy va ishlab chiqarish hisobotlari

2.

Hisoblangan ish haqi harajatlariga

2010,
2310,
2510

6710

Ish haqi hisob-kitoblari

3.

Ijtimoiy sug‘urta organlariga ish haqi fondiga nisbatan belgilangan me’yorlardagi ajratmalarga

2010,
2310,
2510

6510-
6520

Ajratmalarga
doir hisob-
kitoblar



4.

Ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalariga

2010,
2310,
2510

0210-
0299

Amortizatsiya
hisob-
kitobi

5.

Ishlab chiqarishga doir boshqa
harajatlar

2010,
2310,
2510

6010,
6910-6990

Schet-faktura,
dalolatnoma

6.

Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari schyoiini yopish

2010

2310

Buxgalteriya hisob-kitobi

7.

Umum ishlab chiqarish harajatlari schyotini yopish

2010

2510

Buxgalteriya hisob-kitobi

8.

Ishlab chiqarish harajatlarini tayyor mahsulotning tannarxiga kiritish

2810

2010

Buxgalteriya hisob-kitobi

9.

Ishlab chiqarish harajatlarini bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxiga kiritish

9130

2010

Buxgalteriya hisob-kitobi

10.

Ishlab chiqarishdan olingan qaytariladigan chiqindilar qiymatiga

1090

2010

Dalolatnoma

11.

Ishlab chiqarishdan olingan brakga

2610

2010

Dalolatnoma

12.

Ishlab chiqarishda aniqlangan kamomadlarga

5910

2010,
2310,
2510

Dalolatnoma

13

Ishlab chiqarishdan olingan yarim mahsulotlarga

2110

2010
2310,
2510

Hisobotlar

14.

Tugallanmagan ishlab chiqarishni qayta baholashada:

2010
3210

6230
2010

Inventariza-siya varag‘i,
Dalolatnoma

2010, 2310, 2510 –schyotlarda aks ettirilgan ishlab chiqarish harajatlarining analitik hisobi bo‘limlar (sexlar) bo‘yicha, mahsulot turlari bo‘yicha va harajat moddalari bo‘yicha hisob siyosatida belgilangan tartibda olib boriladi.


O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling