K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet122/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Chakana sotish – bu tovarlarni oxirgi iste’molchiga sotish. Ushbu savdo turini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi. Chakana savdo korxonalariga ovqatlanish korxonalari ham tenglashtiriladi. Chakana savdoning harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

Chakana savdo faoliyatini olib borish respublikamizda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari» tartibga solingan.
21- son BHMSda tovarlar hisobini olib borish uchun quyidagi schyotlar tizimi ko‘zda tutilgan:

  • 2910 «Ombordagi tovarlar» – ushbu schyot asosan ulgurji savdo va ovqatlanish korxonalarida tovarlarning saqlanish joylaridagi (omborlardagi) holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.

  • 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - ushbu schyot chakana savdo va ovqatlanish korxonalarida (magazinlar, kioskalar, bufet va boshqa shahobchalardagi) tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.

  • 2930 «Ko‘rgazmadagi tovarlar» - ushbu schyot ulgurji, chakana va ovqatlanish korxonalarining reklama qilish maqsadida ko‘rgazmalar va yarmarkalarga qo‘yilgan tovarlarini holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.

  • 2940 «Vaqtincha foydalanishga beriladigan buyumlar» – ushbu schyot maxsus shahobchalar orqali to‘lov asosida vaqtincha foydalanishga qo‘yilgan buyumlarni holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.

  • 2950 «Tovar bilan bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlar» -ushbu schyot tovar bilan birga bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling