K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet130/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

To‘lov topshiriqnomasi – bu korxona tomonidan bankga ma’lum bir summani boshqa yuridik shaxslarga olingan aktivlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shunigdek korxonaning davlat organlari oldidagi majburiyatlarini to‘lash uchun bergan yozma guvohnomasi. Barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan ushbu hujjatda uning tartib raqami, tuzilgan sanasi, to‘lovchi va oluvchi korxonalarning nomlarii, bank rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi rekvizitlari, o‘tqaziladigan summaning miqdori, o‘tqazish maqsadi va unga asos bo‘luvchi hujjatning tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. To‘lov topshiriqnomasi korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Inkasso topshiriqnomasi – bu bank muassasasiga soliq idorasi, yo‘l fondi va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘uvchi organlar tomonidan korxonaning ruxsatisiz uning hisob-kitob schyotidan o‘tqazib berish uchun kelib tushgan yozma topshiriqnoma.
Memorial –orderlar – bu bank muassasaning ko‘rsatgan xizmatlari uchun korxonaning hisob-kitob schyotidan o‘ndirib olgan summalarini tasdiqlovchi hujjat.
Bank muassasasi barcha kirim va chiqim hujjatlari asosida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda korxonaga hisob-kitob schyotidan ma’lum bir davr uchun ko‘chirma beradilar. Ko‘chirmada davr boshi va ixiriga hisob –kitob schyotidagi pul mablag‘larining qoldig‘i, shu davrdagi barcha kirim va chiqimlarning summalari hujjatlar asosida ko‘rsatiladi. Bank ko‘chirmasiga chekdan tashqari barcha kirim va chiqimga guvohlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi. Bank ko‘chirmalari korxona buxgalteriyasida hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisob registrlarini yuritishga asos bo‘ladi.
Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik hisobi 5110 « Hisob-kitob schyoti»da britiladi. Ushbu aktiv schyotning debet tarafida pul mablag‘larining qoldig‘i va ko‘payishi, kredit tarafida esa kamayishi aks ettiriladi. Ayrim hollarda bank tuzilgan shartnomaga muvofiq mijozning iltimosiga ko‘ra hisob –kitob schyotidan unda mavjud bo‘lgan summadan ko‘p bo‘lgan summani chiqim qilishi mumkin. Bunday hollarda hisob- kitob schyotining qoldig‘i vaqtincha kreditda bo‘lib qoladi va u korxonaning bank oldidagi kreditorlik qarzini ifodalaydi. Ushbu kreditorlik qarzi overdraft deb ataladi.
Hisob -kitob schyoti bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi.




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling