6.5.Boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining hisobi
Korxonalarning pul mablag‘lari kassa, hisob-kitob va valyuta schyotlaridan tashqari yana quyidagi boshqa aktiv schyotlarda ham hisobga olinadi.
5510 «Akkreditivlar» - bu schyotda bank muassasalarida korxonaning u yoki bu mijozi bilan hisob-kitoblarni olib borish uchun ochilgan schyotlaridagi pul mablag‘larining holati va harakati aks ettiriladi. Akkredetiv schyotlar qisqa muddatlarga korxonaning mablag‘lari yoki bank kreditlari hisobidan ochilishi mumkin, bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 5510 «Akkreditivlar»
Kredit 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» .
Akkredetiv schyotlar ulardagi mablag‘larning ishlatilishi bilan, shuningdek ishlatilmay qolgan mablag‘larni tashkil etilgan manbasini aks ettiruvchi schyotga qaytarilishi bilan yopiladi, ya’ni:
Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar», 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» .
Kredit 5510 «Akkreditivlar»
5520 «Chek daftarchalari» - bu schyotda korxonaning u yoki bu mijozlari bilan hisob-kitoblarni chek daftarchalari asosida olib borish uchun ochilgan maxsus deponent schyotlaridagi pul mablag‘larining holati va harakati aks ettiriladi. Ushbu schyotlar ham akkredetiv schyotlar kabi qisqa muddatlarga korxonaning mablag‘lari yoki bank kreditlari hisobidan ochilishi mumkin, bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 5520 «Chek daftarchalari»
Kredit 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» .
Chek daftarchalari schyotlari ulardagi mablag‘larning ishlatilishi bilan, shuningdek ishlatilmay qolgan mablag‘larni tashkil etilgan manbasini aks ettiruvchi schyotga qaytarilishi bilan yopiladi, ya’ni:
Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar», 6990 «Boshqa majburiyatlar», 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari».
Kredit 5510 «Chek daftarchalari»
Do'stlaringiz bilan baham: |