K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Valyuta schyotidagi pul mablag‘larining hisobi


Download 1.67 Mb.
bet132/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

6.4.Valyuta schyotidagi pul mablag‘larining hisobi

Valyuta schyotini ochishga asos bo‘lib tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritishga berilgan ruxsatnoma (litsenziya) , korxona ustavi, mahalliy hokimiyatdan davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida qaror va boshqa tegishli hujjatlar hisoblanadi.


Valyuta schyotidagi pul mablag‘larining hisobi 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» va 5220 « Chet eldagi valyuta schyotlari» da yuritiladi. Ushbu valyuta schyotlarini yuritish hisob-kitob schyotini yuritish tartibiga to‘liq o‘xshaydi. Faqat farq shundaki, valyuta schyotlari ikki birlikda, ya’ni chet el valyutasi va milliy valyutalarda yuritiladi. Bank valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larining holati va harakatini faqat chet el valyutasida hisobini yuritadi va chet el valyutasida ifodalangan valyuta schyotlaridan ko‘chirmani beradi. Korxona esa valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larini ham chet el valyutalarida, ham ularni Markaziy bank e’lon qilgan rasmiy kurslar bo‘yicha milliy valyutaga o‘tqazilgan holda hisobga oladi. Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarida chet el valyutalari faqat milliy valyuta hisobida aks ettiriladi.
Chet el valyutalarining kelib tushishi va chiqimi operatsiyalar yuz bergan sanadagi rasmiy kurslar bo‘yicha hisobga olinadi. Kelib tushgan sanadan boshlab mavjud chet el valyutalari bo‘yicha rasmiy kurslarni o‘zgarishi sanasiga kurslar o‘rtasidagi farqlar vujudga keladi. Agar kurslar o‘sish tomonga o‘zgargan bo‘lsa mavjud chet valyutalari bo‘yicha korxona ijobiy kurs farqlaridan daromadga ega bo‘ladi. Agar kurs pasayish tomonga o‘zgargan bo‘lsa mavjud chet valyutalari bo‘yicha korxona salbiy kurs farqlaridan zarar ko‘rgan bo‘ladi.
Valyuta schyotlari bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi.



Tar-tib raqami

Operatsiyaning mazmuni

Debet schet

Kredit schet

Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

1.

Pul mablag‘larining tushumi:
-korxona kassasidan tushganda
-haridorlardan avans tushganda
-haridorlardan qarz kelib tushsa
-ta’sischilardan olinganda
-ta’minotchilardan qaytarilganda
-kredit olinganda
-qarz olinganda
-qaytarilmaydigan moliyaviy yordam kelib tushganda
-maqsadli mablag‘lar kelib tushganda
-inkassator summasida ortiqcha summalar aniqlanganda
-ijobiy kurs farqlariga

5210-5220

5010
6310


4010
4610
6010
6810
6820

9380
8810-8890


9390
9540



Chiqim kassa


orderi, bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar

2.

Pul mablag‘larini chiqimi:
-korxona kassasiga kelib tushganda

-kredit qaytarilganda


-qarz qaytarilganda
-ta’minotchiga avans o‘tqazilganda

-ta’minotchiga qarz o‘tqazilsa


-haridorga avans qaytarilsa
-kelgusi davr uchun sarflansa

-xayriya sifatida o‘tqazilsa


-ta’sis badali sifatida kiritilsa
-valyuta sotilganda
-salbiy kurslar farqiga



5020

6810
6820
4310-4330
6010
6310
3110-3190
9430
0600
9220
9630


5210-5220

Bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar



Valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larining analitik hisobi bank muassasalarida ochilgan schyotlar bo‘yicha yuritiladi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling