K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


YI- bob. PUL MABLAG‘LARINING HISOBI


Download 1.67 Mb.
bet126/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

YI- bob. PUL MABLAG‘LARINING HISOBI


6.1.Pul mablag‘larining turlari, mohiyati va ular hisobining vazifalari

Korxonalar xo‘jalik faoliyatida ishtirok etuvchi aktivlar ichida juda katta rolni pul mablag‘lari o‘ynaydi.


Pul mablag‘lari deganda o‘ta tez likvidlik harakteriga ega bo‘lgan, barcha munosabatlarda umumiy ekvivalent rolini o‘ynaydigan, davlat tomonidan qog‘ozli va metalli ko‘rinishda ma’lum qiymatlarda chiqariladigan maxsus tovar tushuniladi. Pulning jamiyatdagi o‘rni u tomonidan bajariladigan qiymat o‘lchovi, to‘lov vositasi, muomala vositasi va jamg‘arish vositasi kabi funsiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida pul mablag‘larini asosan ikkita belgisiga qarab, ya’ni ko‘rinishi va turgan joyiga qarab, guruhlash va aks ettirish keng qo‘llaniladi.
Ko‘rinishiga ko‘ra pul mablag‘lari ikkiga bo‘linadi:

  • Milliy valyutadagi pul mablag‘lari – bu davlat tomonidan metal va qog‘ozlarda qiymati ifodalangan, muomala, ayirboshlash, baholashda umumiy ekvivalent rolini bajararuvchi maxsus bank belgilari. Pul belgilari bo‘lib bizning mamalakatimizda so‘m va tiyinlar hisoblanadi.

  • Chet el mamlakatlari pul mablag‘lari – bu o‘zga davlatlarning metal va qog‘ozlarda qiymati ifodalangan, muomala, ayirboshlash, baholashda umumiy ekvivalent rolini bajararuvchi maxsus bank belgilari. Ularga AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, YEVRO va boshqalar mamlakatlarning milliy valyutalari kiradi. Chet elmamlakatlari valyutalaridan o‘zaro hisob-kitoblarda foydalanish davlatlararo kelishuvlarga asosan amalga oshiriladi.

Turgan joyiga qarab pul mablag‘lari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • Kassadagi pul mablag‘lari – bu korxonaning kunlik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan, turli maqsadlar va manbalardan kelib tushgan, belgilangan muddatlar va miqdorlargacha saqlanadigan kassadagi pul mablag‘lari. Kassada saqlanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining eng kichik miqdori kassa limiti deb ataladi va u korxona tomonidan aniqlanib, xizmat qiluvchi bank bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling