Chakana sotish – bu tovarlarni oxirgi iste’molchiga sotish. Ushbu savdo turini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi. Chakana savdo korxonalariga ovqatlanish korxonalari ham tenglashtiriladi. Chakana savdoning harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Chakana savdo faoliyatini olib borish respublikamizda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari» tartibga solingan.
21- son BHMSda tovarlar hisobini olib borish uchun quyidagi schyotlar tizimi ko‘zda tutilgan:
2910 «Ombordagi tovarlar» – ushbu schyot asosan ulgurji savdo va ovqatlanish korxonalarida tovarlarning saqlanish joylaridagi (omborlardagi) holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - ushbu schyot chakana savdo va ovqatlanish korxonalarida (magazinlar, kioskalar, bufet va boshqa shahobchalardagi) tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
2930 «Ko‘rgazmadagi tovarlar» - ushbu schyot ulgurji, chakana va ovqatlanish korxonalarining reklama qilish maqsadida ko‘rgazmalar va yarmarkalarga qo‘yilgan tovarlarini holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
2940 «Vaqtincha foydalanishga beriladigan buyumlar» – ushbu schyot maxsus shahobchalar orqali to‘lov asosida vaqtincha foydalanishga qo‘yilgan buyumlarni holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
2950 «Tovar bilan bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlar» -ushbu schyot tovar bilan birga bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |