Debet 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxi”
Kredit 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
5.Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan foydani topish uchun 9010- schyotda aks ettirilgan daromad № 9910 “Oxirgi moliyaviy natija” schyotining kreditiga, 9110- schyotda aks ettirilgan sotishning tannarxi № 9910 “Oxirgi moliyaviy natija” schyotining debetiga o‘tqaziladi, oxirgi schyotning kredit va debet oborotlari o‘rtasidagi ijobiy farq (boshqa yozuvlarsiz) sotishdan olingan foydani ifodalaydi. Yuqoridagi shartli misolda sotishdan olingan foyda summasi 1677500 so‘mni tashkil etgan.
Tayyor mahsulotlar sotilgan deb hisoblanadi, agarda ular haridorlardan tashqari o‘z xodimlariga mehnat haqi evaziga berilgan bo‘lsa, ta’sis badali sifatida boshqa korxonaga investitsiya qilingan bo‘lsa, xo‘jalik zaruriyatlariga ishlatilgan bo‘lsa ham. Bunday hollarda yuqorida keltirilgan yozuvlarda 4010 –schyotning o‘rniga 0600 “ Moliyaviy investitsiyalar “, “1000 “Materiallar”
6700 “ Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar”, 9430 “Boshqa operatsion harajatlar” kabi schyotlar debetlanadi.
2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” schyotining kreditida tayyor mahsulotlar zahiralarining boshqa chiqimlari ham aks ettiriladi, jumladan:
Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” , 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
Kredit 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
Debet 2920 “Chakana savdodagi tovarlar”
Kredit 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
Debet 2600 “Ishlab chiqarishdagi braklar”
Kredit 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
Debet 5910 “ Boyliklarni buzilishidan ko‘rilgan kamomad va yo‘qotishlar”
Do'stlaringiz bilan baham: |