K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet127/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Yo‘ldagi pul mablag‘lari – bu korxona kassasidan bankga turli yo‘llar bilan topshirilgan, masalan inkassatorlar orqali, aloqa bo‘limi orqali, bankning kechki kassalari orqali, lekinda oyning oxirida hali hisob-kitob schyotiga kirim qilinganligi bank ko‘chirmasi bilan tasdiqlanmagan pul mablag‘lari. Pul mablag‘lari hisob-kitob schyotiga kirim qilingan kundan boshlab ular yo‘ldagi pul mablag‘lari guruhidan chiqariladi.

  • Bankdagi pul mablag‘lari – bu korxonaning xizmat qiluvchi banklarda ochilgan depozit schyotlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari. Korxona bitta asosiy, hohlagancha maxsus depozit schyotlarni xizmat qiluvchi banklarda ochishi va ularda o‘z pul mablag‘larini saqlashi mumkin. Chet el valyutasi bilan muomalarga ega bo‘lgan korxonalar xizmat qiluvchi banklarda bitta asosiy va hohlagancha maxsus valyuta schyotlarini, masalan, konvertatsiya uchun, konsignatsion tovarlar uchun va boshqa maqsadlar uchun, ochishlari mumkin.

    Pul mablag‘lari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

    • Kassada pul mablag‘larining belgilangan minimal miqdoridan ko‘p miqdoridagi pul mablag‘larini turib qolishiga yo‘l qo‘yilmaslikni nazorat qilish;

    • Pul mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish;

    • Pul mablag‘lari harakatini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish;

    • Pul mablag‘lari bo‘yicha moddiy javobgarlikni o‘rnatish, moddiy javobgar shaxslarning faoliyatini doimiy nazorat qilib borish;

    • Pul mablag‘larini butligini, talan-taroj bo‘lib ketmasligini doimiy nazorat qilish, buning uchun ularni qonunda belgilangan muddatlarda ( har oyda) inventarizatsiyasini o‘tqazish va boshqalar.




    Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling