5820 « Berilgan qisqa muddatli qarzlar» -ushbu schyotda boshqa yuridik shaxslarga shartnoma asosida berilgan qisqa muddatli qarzlarning holati va harakati (berilishi debetida, qaytarilishi kreditida) pul mablag‘lari schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
5890 «Boshqa joriy investitsiyalar» -ushbu schyotda banklardagi turli depozit schyotlarga qo‘shimcha daromad olish maqsadida qo‘yilgan pul mablag‘larining holati va harakati (qo‘yilishi debetida, qaytarilishi kreditida) pul mablag‘lari schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari
1.Kassa xo‘jaligi uchun ma’sul
a) Kassir
b) Bosh hisobchi
v) Rahbar
g) Kadrlar bo‘yicha inspector
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri
a) Pul mablag‘lari milliy valyutada hisobga olinadi
b) Pul mablag‘lari chet el valyutasida hisobga olinadi
v) Pul mablag‘lari har ikkala valyutada balansda aks ettiriladi
g) Pul mablag‘lari hohlagan valyutada hisobga olinadi
3.Quyidagilarning qaysi birida sotishdan olingan daromadni ifodalaydi?
a) Debet 5010 Kredit 4010
b) Debet 5010 Kredit 9020
v) Debet 5110 Kredit 5010
g) Debet 5110 Kredit 4010
4.Quyidagilarni qaysi biri hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larini korxonaning ruxsatisiz o‘ndirib olishi mumkin?
a) Haridorlar
b) Xodimlar
v) Davlat organlari
g) Ta’sischilar
5. Valyuta kursi farqlarini kim aniqlaydi?
a) Kassir
b) Bank xodimi
v) Buxgalter
g) Direktor
6. Pul mablag‘lari schyotlari:
a) Doimiy schyotlar
b) Passiv schyotlar
v) Tranzit schyotlar
g) Kontrpassiv schyotlar.
7. Depozit schyotga qo‘yilgan pul mablag‘lari qaysi schyotning debetida aks ettiriladi?
a) 5010 –schyotning debetida
b) 5110 – schyotning debetida
v) 5890 – schyotning debetida
g) 5530 – schyotning debetida
Do'stlaringiz bilan baham: |