K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


«Boshqa maxsus schyotlar» -


Download 1.67 Mb.
bet134/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

5530 «Boshqa maxsus schyotlar» -ushbu aktiv schyot korxonaning maxsus maqsadlar uchun oldindan rezerv qilib to‘planadigan, keyin esa o‘sha maqsadlarda sarflanadigan mablag‘larini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Bunday schyotlar bo‘lib, masalan, konvertatsiya schyoti, konsignatsion tovarlardan olingan tushumlar schyoti, kapital quyilmalar schyoti va boshqalar hisoblanadi. Ushbu schyotlarning debetida mablag‘larning rezerv qilinganligi, kreditida esa ularning ishlatilganligi aks ettiriladi.

  • 5610 «Pulli ekvivalentlar» – ushbu aktiv schyotda sotib olingan aloqa bo‘limlarining markalari, yo‘l pattalari, sanatoriya yo‘llanmalari va boshqa pulli hujjatlarning holati va harakati ( ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida) aks ettiriladi.

  • 5710 « Yo‘ldagi pul mablag‘lari» - ushbu aktiv schyotda korxonaning sotishdan olingan va inkassatorlarga, aloqa bo‘limlariga, bankning kechki kassalariga topshirilgan pul mablag‘lari holati va harakati ( ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida) aks ettiriladi.

  • 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» - ushbu aktiv schyotda korxonaning aksiyalarga, davlatning foizli obligatsiyalariga kiritilgan qisqa muddatlt investitsiyalarining holati va harakati aks ettiriladi. Sotib olingan aksiyalar va obligatsiyalar sotib olish qiymatida kirim qilinadi, bunda qimmatli qog‘ozlar uchun berilgan mablag‘larni aks ettiruvchi schyotlar kreditlanadi (5010,

    5110,5210,9010,9020,9030,9210,9220 va boshqa schyotlar). Qimmatli qog‘ozlarni qaytarish nominal qiymatida amalga oshiriladi. Shuning uchun qaytarish muddatigacha sotib olish va nominal qiymat o‘rtasida vujudga kelgan farq korxonaning daromad yoki harajat schyotlarida aks ettirilishi lozim. Agar sotib olish qiymati nominal qiymatdan past bo‘lgan bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq summasiga quyidagi yozuv qilinadi:
    Debet 5810 «Qimmatli qog‘ozlar»
    Kredit 9590 «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar»
    Agar sotib olish qiymati nominal qiymatdan yuqori bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq summasiga quyidagi yozuv qilinadi:
    Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar»
    Kredit5810 «Qimmatli qog‘ozlar»
    Qimmatli qog‘ozlarni muddati tugashi bilan qaytarib berilishi 5810- schyotning kreditida va pul mablag‘lari schyotlarining debetida nominal qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
  • 1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling