K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


«Komission tartibda sotishga berilgan tovarlar»


Download 1.67 Mb.
bet123/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

2960 «Komission tartibda sotishga berilgan tovarlar» –bu schyot maxsus shahobchalarda komission tartibda sotishga berilgan tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.

  • 2970 «Yo‘ldagi tovarlar» –bu schyot puli to‘langan va ta’minotchidan jo‘natilgan, lekinda korxonaga hali kelib tushmagan tovarlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.

  • 2980 «Savdo ustamasi» –bu schyot savdo va ovqatlanish korxonalarida tovarlarga qo‘yilgan savdo ustamalarining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.

  • 2990 «Boshqa tovarlar» –bu schyot yuqorida nomlari zikr etilgan schyotlarda aks ettirilmagan turli boshqa tovarlarni, masalan konsignatsiyaga berilgan tovarlarni, hisobga olish uchun mo‘ljallangan.

    Yuqorida keltirilgan 2980 «Savdo ustamasi» schyotidan tashqari barcha boshqa schyotlar aktiv, doimiy schyotlar hisoblanadi, ularning debetida tovarlarning qoldiqi va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. 2980 «Savdo ustamasi» schyoti kontraktiv schyot bo‘lib, uning kreditida qoldiq tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo ustamalarining summasi va ularning ko‘payishi, kreditida esa –savdo ustamalarini kamayishi aks ettiriladi. Savdo ustamalarining summasini tovarlarni sotilishi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi ushbu schyotning kreditida «qizil yozuv» bilan ham aks ettirilishi mumkin.
    4-son BHMS ga muvofiq tovarlarni hisobga olishning ikkita tizimi mavjud:
    1.Davriy hisob tizimi – bu tizim chakana savdo va ovqatlanish shahobchalariga taalluqli bo‘lib, unda har bir tovarning sotilishi qat’iy hujjatlashtirilmaydi, shu sababli sotilgan tovarlarning tannarxini har bir hujjat asosida aniqlab bo‘lmaydi. Ushbu tizimdagi korxonalar hisobot davri ichida tovarlarni sotib olinishini vaqtinchalik 9140 «Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklarni sotib olish» schyotining debetida (kredit 6010 «Ta’minotchilar va pudratchilarchilarga to‘lanadigan schyotlar» va boshqalar), tovarlarning davr boshidagi va davr oxiridagi qoldiqlaridagi farqni esa vaqtinchalik 9150 «Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetida (kredit 2910 «Ombordagi tovarlar») aks ettiradilar. Davr oxiridagi tovarlarning qoldig‘i ushbu usulda faqat inventarizatsiya qilish yo‘li bilan topiladi. Hisobot davr oxiriga kelib, yuqoridagi vaqtinchalik schyotlar 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» schyotining debetiga yopiladi. Tovarlarning sotilishi ushbu usulda sotish bahosida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
    a) Naqd sotilganda

    Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling