K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Debet 5010 «Kassa» Kredit


Download 1.67 Mb.
bet124/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Debet 5010 «Kassa»
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromad»
b) Naqdsiz sotilganda
Debet 4010 «Haridor va buyurtmachilarlardan olinadigan schyotlar»
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromad»
Hisobot davri oxirida tovarlarni sotishdan olingan daromad 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromad» schyotining debetiga va 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» schyotining kreditiga yopiladi.


2.Uzliksiz hisob tizimi –ushbu tizim omborxonalarda tovarlarning kelib tushushi va ketishi qat’iy hujjatlashtiriladigan ulgurji va ovqatlanish korxonalari uchun xos. Unda tovarlarning sotib olish bahosidagi qiymati 2910 «Ombordagi tovarlar» schyotining debetida va ularni sotib olish manbalari va usullarini ko‘rsatuvchi schyotlarning kreditida (6010 «Ta’minotchilar va pudratchilarchilarga to‘lanadigan schyotlar» va boshqalar) aks ettiriladi. Tovarlar sotilganda sotish bahosida korxona daromadiga olinadi ( debet 5010 «Kassa», 4010«Haridor va buyurtmachilarlardan olinadigan schyotlar» kredit 9020«Tovarlarni sotishdan olingan daromad»), bir vaqtning o‘zida sotilgan tovarlarning tannarxi sotib olish bahosida hisobdan chiqariladi (debet 9120 «Sotilgan ovarlarning tannarxi» kredit 2910 «Ombordagi tovarlar»). Hisobot davri oxirida daromad va sotish tannarxini aks ettiruvchi schyotlar mos ravishda 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» schyotining krediti va debetiga yopiladi.

Tovar-moddiy boyliklarni aks ettiruvchi schyotlarning ( № 2910-2990) debet va kreditida yuqorida keltirilgan operatsiyalardan tashqari boshqa quyidagi xo‘jalik muomalalari ham aks ettiriladi:



Tar-tib raqami

Operatsiyaning mazmuni

Debet schet

Kredit schet

Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

1.

Tovarlarni ko‘payishi:
-ta’sischilardan olinganda
-hisobdor shaxslardan olinganda
-ishlab chiqarish sexlari kelganda
-tayyor mahsulot omboridan
-materiallar hisobiga
-ortiqchalar evaziga
-bepul olinish evaziga
-ichki almashuv evaziga

-narxi oshirilganda


-savdo ustamasi evaziga

2910-2990



4610
4230


2010
4010
1010
9390
9380
2910-
2990,
6230
2980

Tovar hisoboti,


Tovar-pul
Hisoboti,
Schyot-faktura,
Nakladnoylar,
Dalolatnoma
va boshqa
hujjatlar

2.

Tovarlarni kamayishi:
-ishlab chiqarishga berilganda
-materialga aylantirilganda
-kamomad chiqganda
-narxi pasaytirilganda
-ichki almashuvga



2010,
1010,


5910,
3190,
2910-2990

2910-
2990



Hisobotlar,
Dalolatnoma-lar, nakladnoy,
Schyot-faktura
va boshqa
hujjatlar

2910-2990 schyotlarda aks ettirilgan tovarlarning analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar, saqlanish joylari, turlari, navi, bahosi va boshqa belgilari bo‘yicha olib boriladi.


O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling