Sotish bahosi kalkulyatsiyasi ( restoranda)
Baho elementlari
|
Summa, so‘mda
|
1. Bir shisha aroqning sotib olish bahosi
|
720
|
2. Savdo ustamasi 20%
|
144
|
3. Tovarni chakana sotish bahosi
|
864
|
4. Restoran xizmati ustamasi 30%
|
259
|
5. Aroqning restoran menyusidagi bahosi
|
1123
|
Tayyor mahsulotlar hisobining vazifalari. Tayyor mahsulotlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Tayyor mahsulotlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;
Tayyor mahsulotlarni to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
Tayyor mahsulotni to‘g‘ri baholash;
Tayyor mahsulotla holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
Tayyor mahsulotlarga moddiy javobgarlikni ta’minlash, moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisobotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat qilish;
Tayyor mahsulotlarning butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish;
Tayyor mahsulotlarni o‘z vaqtida sotilishi, chunonchi tannarxdan past baholarda sotilmasligi, omborlarda me’yoridan ortiq zahiralarni to‘planib qolinishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat o‘rnatish;
Tayyor mahsulotlarni asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |