K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Ta’sischilar va boshqa debitorlarlardan olinadigan schyotlarning hisobi


Download 1.67 Mb.
bet148/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

7.5.Ta’sischilar va boshqa debitorlarlardan olinadigan schyotlarning hisobi


Ta’sischilarning debitorlik qarzlarining hisobi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ta’sischilar ta’sis etgan korxonalariga o‘z ulushlarini bir yilgacha bo‘lgan muddatda kiritishlari lozim. Ushbu davrda mavjud bo‘lgan debitorlik qarzlari 21- son BHMS ga muvofiq 4610 “ Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi” schyotining debetida va 8330 “Pay va badallar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischi tomonidan badalni kiritilishi bilan ushbu schyotda aks ettirilgan debitorlik qarzi kamayadi, to‘liq kiritilgandan so‘ng esa yopiladi. Qarzning yopilishi ta’sischi kiritgan mablag‘larning turiga qarab turli schyotlarning debetida ( masalan, 5010,1010-1090,0410-0490,0120-0190 va boshqa schyotlar) va 4610 “ Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischilarning debitorlik qarzlarining analitik hisobi har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.


Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlarining hisobi. Korxonaga uning xodimlari turli operatsiyalar bo‘yicha qarzdor bo‘lib qolishlari mumkin, masalan, kreditga olgan tovarlar uchun, olgan qarzi uchun, ko‘rsatgan zararlari uchun, vaqtinchalik qaytarib berish sharti bilan ko‘rsatilgan moliyaviy yordamlar va boshqalar uchun. 21-son BHMS ga muvofiq bunday debitorlik qarzlarning holati va harakati mos ravishda 4710 “ Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”, 4720 “ Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”, 4730 “ Moddiy zaralarni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi”, 4790 “ Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotlarida hisobga olinadi. Qarzlarning vujudga kelishi ushbu schyotlarning debetida, qarzlarning uzilishi esa ularning kreditida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:



Tar-tib raqami

Operatsiyaning mazmuni

Debet schet

Kredit schet

Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

1.

Kreditga sotib olingan tovarlar bo‘yicha:
-Tovar uchun pul o‘tqazib berilganda
-Tovar uchun bank krediti olinganda
-Qarz kassaga o‘ndirilganda
-Qarz ish haqidan o‘ndirilganda

4710

4710
5010
6710-6720


5110

6810
4710
4710


Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriq-nomasi, kirim kassa orderi, hisob-to‘lov qaydnomasi

2.

Xodimga berilgan qarzlar bo‘yicha:
-Qarz naqd berilganda
-Qarz bankdan o‘tqazib berilganda
-Qarz kassaga o‘ndirilganda
-Qarz ish haqidan o‘ndirilganda

4720
4720


5010
6710-6720

5010
5110


4720
4720

Qarz shartnomasi, to‘lov topshiriq-nomasi, kirim kassa orderi, hisob-to‘lov qaydnomasi

3.

Yetqazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha:
-yetqazilgan zararlar bo‘yniga qo‘yilganda

-zararlar kassaga o‘ndirilganda


-zararlar ish haqidan ushlanganda

4730
5010
6710-6720

0110-0190,
1010-1090
2810-2890,
2910-2990,
5010
4730
4730

Qaror,
buyruq, dalolatnoma va boshqa hujjatlar

4.

Xodimlarning boshqa qarzlari bo‘yicha:
-Suv,gaz, elektr energiyasi, obuna va boshqa to‘lovlar qilinganda
-Qarzlar kassaga o‘ndirilganda
-Qarzlar ish haqidan ushlanganda

4790
5010


6710-6720

5110
4790


4790

Ariza, buyruqlar, bank va kassa hujjatlari

Xodimlarning boshqa operatsiyalarga doir qarzlarining analitik hisobi ularning har biri bo‘yicha olib boriladi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling