K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


XI-bob. KORXONA HARAJATLARINING HISOBI


Download 1.67 Mb.
bet189/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

XI-bob. KORXONA HARAJATLARINING HISOBI


11.1. Korxona harajatlarining turlari, mohiyati
va ular hisobining vazifalari

Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib harajatlar hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati, tasnifi va tavsifi, tan olinishi, schyotlar tizimi va ular bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari ushbu bobning oxirida keltirilgan me’yoriy hujjatlarda, shu jumladan, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» da, atroflicha ochib berilgan.


Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq harajat deganda, umumiy olganda, hisobot davrida korxona aktivlarini kamayishi yoki uning majburiyatlarini ko‘payishi tushuniladi. Korxonalarning barcha harajatlari respublikamizda qabul qilingan BHMS lar va «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» ga va unga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq ikkita guruhga va oltita quyi guruhga ajratilgan (13-chizmaga qarang).
Asosiy faoliyatga doir harajatlar deganda korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyat bilan bog‘liq harajatlar tushuniladi. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» va 21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyati bilan bog‘liq harajatlarni, o‘z navbatida, quyidagi to‘rtta quyi guruhga ajratiladi:

  • Sotish tannarxiga kiritilgan harajatlarbularga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tannarxiga kiritilgan harajatlar kiradi.

  • Davr harajatlari –bularga mahsulotlarni (tovarlarni, ish va xizmatlarni) sotishga, korxonani ma’muriy-boshqaruviga va boshqa operatsion faoliyatiga doir harajatlar kiradi. Ushbu harajatlar ma’lum hisobot davrida yuz beradi, shuning uchun ular hisobot davri harajatlari deb ham ataladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling