2.Ta’minotchilarga o‘tqazilgan pul mablag‘larining summasini topish (Pcht) uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning sotish tannarxi (St) ko‘rsatkichi asos qilib olinadi va ushbu summa korxona balansining davr boshiga va oxiriga ko‘rsatilgan tovar zahiralarining (Tz), shuningdek ta’minotchilar olidigi kreditorlik qarzlarining ko‘payish yoki kamayish summasiga tuzatiladi, jumladan tovar zahiralarining ko‘payishi (+Tz) pul chiqimlarini ko‘payishiga, tovar zahiralarining kamayishi (-Tz) esa pul chiqimlarini kamayishiga, ta’minotchilar oldidagi kreditorlik qarzlarning oshishi (+Kq) pul chiqimlarining kamayishiga, aksincha kreditorlik qarzlarning kamayishi (-Kq) esa pul chiqimlarining ko‘payishiga olib keladi, ya’ni:
Ta’minotchilarga to‘langan pul mablag‘lari =
(Pcht)
|
Sotish tannarxi
(St)
|
+ Tovar zaxiralarini ko‘payishi (+Tz)
- Tovar zaxiralarini kamayishi (-Tz)
|
+ Kreditorlik qarzlarning kamayishi (-Kq)
- Kreditorlik qarzlarning ko‘payishi (+Kq)
|
Misol uchun, sotish tannarxi 4000 ming so‘m deylik, tovar zaxiralari hisobot davr boshiga 6000 ming so‘m, hisobot davr oxiriga 5500 ming so‘mni, ta’minotchilar olididagi qarzlar hisobot davr boshiga 2000 ming so‘m, hisobot davr oxiriga 1000 ming so‘mni tashkil etdi deylik. Ushbu misolda ta’minotchilarga o‘tqazilgan summa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balans ma’lumotlarga ko‘ra 4500 ming sumni ( 4000-500+1000) tashkil etadi.
3.Operatsion harajatlarga doir pul chiqimlari summasini topish (Ptox)uchun asos qilib davr harajatlari (Dx) olinadi va topilgan summa balansning davr boshi va oxiridagi kelgusi davr harajatlarining (Kdx) va majburiyatlarning (M) summalaridagi o‘zgarishlarga tuzatiladi, shuningdek tuzatishda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan amortizatsiya va boshqa pulsiz harajatlar (Apx) summalari ayirilib tashlanadi, jumladan kelgusi davr harajatlarining ko‘payishi (+Kdx) pul chiqimlarini ko‘payishiga, kelgusi davr harajatlarining kamayishi (-Kdx) esa pul chiqimlarini kamayishiga, hisoblangan majburiyatlarning oshishi(+M) pul chiqimlarining kamayishiga, aksincha hisoblangan majburiyatlarning kamayishi (-M) esa pul chiqimlarining ko‘payishiga olib keladi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |