K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotni tuzish


Download 1.67 Mb.
bet229/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

13.5.Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotni tuzish

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotning (5-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning xususiy kapitalining holati va harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan, jumladan:



  • 3-ustun “Ustav kapitali”;

  • 4-ustun “Qo‘shilgan kapital”;

  • 5-ustun “Rezerv kapitali”;

  • 6-ustun “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”;

  • 7-ustun “Sotib olingan xususiy aksiyalar”;

  • 8-ustun “Maqsadli tushumlar va boshqalar”;

  • 9-ustun “Jami” .

Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va
kamayishi , shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar xususiy kapitalning elementlarini hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlardan (8300, 8400, 8500, 8600,8700,8800) olinadi, jumladan:



Satr



Ko‘rsatkichlar nomi

Satrni to‘ldirish tartibi

010

Yil boshiga qoldiq

8300, 8400, 8500, 8600,8700,8800- schyotlarning bosh qoldig‘i yoziladi

020

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi

Aksiyalarni chiqarilishi va sotilishi natijasida ustav kapitali va qo‘shilgan kapitalni ko‘payishi mos ravishda 3 va 4- ustunchalarda aks ettiriladi

030

Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash

Korxona mulkini qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali summasi 5-ustunchada ko‘rsatiladi

040

Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari

Chet el investorlarining ustav kapitaliga kiritgan badallari bo‘yicha vujudga kelgan qo‘shilgan kapital summasi 4-ustunchada aks ettiriladi

050

Rezerv kapitaliga ajratma

Hisobot yilning sof taqsimlanmagan foydasidan rezerv kapitaliga ajratma summasi 5-ustunchada (+) belgisi bilan va 6-ustunchada (-) belgisi bilan ko‘rsatiladi

060

Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning eng oxirgi satrida ko‘rsatilgan sof foydasi (qoplanmagan zarari) 6-ustunchada aks ettiriladi
( qoplanmagan zarar summasi ushbu ustunchada (-) belgi bilan )

070

Tekinga olingan mol-mulk

Yuqori tashkilotdan olingan va rezerv kapitaliga kiritilgan mol-mulk summasi 5-ustunchada ko‘rsatiladi

080

Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar

Turli maqsadlarda olingan grantlar, davlat subsidiyalari, davlat yordamlari, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar va boshqa maqsadli tushumlarning summasi 8-ustunchada aks ettiriladi

090

To‘langan dividendlar

Hisoblangan dividendlar summasi 6- ustunchada (-) belgisi bilan aks ettiriladi

100

Xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari

Xususiy kapital elementlarining boshqa manbalar evaziga ko‘payish summalari mos ravishda 1-8 –ustunchalarda ko‘rsatiladi( kamayish summasi (-) belgi bilan )


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling