Tuzatilgan sinov balansi - mavjud kamchiliklar tuzatilgandan so‘ng, lekinda vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan balans.
Yakuniy balans – bu vaqtinchalik schetlar yopilgach, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va taqsimlanmagan fayda to‘g‘risidagi hisobotlarning mahlumotlari e’tiborga olinib tuzilgan balans.
Oxirgi uchta turdagi balansni tuzish tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng tarqalgan.
Regulirovka schetlari qoldiqlarini hisobga olib balans-brutto va balans –netto tuzilishi mumkin.
Balans- brutto - bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etmaydi.
Balans-netto – bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib tashlash yo‘li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etadi.
Balansdagi o‘zgarishlarning tiplari. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning balansi o‘zgarishsiz qolishi mumkin emas, chunki sodir bo‘lgan xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari albatta aktivlar va ularni tashkil topish manbalarining davr boshidagi holatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Misol uchun, korxona o‘z ustav kapitalini ko‘paytirsa yoki kamaytirsa –bu albatta ham aktivga , ham passivga ta’sir o‘tqazadi. Yoki ombordan material ishlab chiqarishga berilsa aktivlarning tarkibida o‘zgarish yuz beradi, ish haqidan daromad solig‘i ushlansa, aktivlarni tashkil topish manbalari tarkibida ichki o‘zgarish yuz beradi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mukin.
Demak, yuz bergan operatsiyalar natijasida balansda turli o‘zgarishlar bo‘lib turadi. Ushbu o‘zgarishlarni to‘rtta tipga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |