K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Kassadan 100000 sum avans, 500000 sum ish haki berildi va 2000 sum kamomad chiqsa, balansda qanday o‘zgarish yuz beradi


Download 1.67 Mb.
bet27/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

6. Kassadan 100000 sum avans, 500000 sum ish haki berildi va 2000 sum kamomad chiqsa, balansda qanday o‘zgarish yuz beradi.
a) Balans 400000 sumga kamayadi b) Balans 398000 sumga kamayadi
v) Balans 402000 sumga kamayadi g) Balans 500000 sumga kamayadi


7.Ta’minchilardan 1000000 sumlik material olinsa, 500000 sumdik material ishlabchiqarishga berilsa, 10000 sumlik material kamomadga olib borilsa balans necha so‘mga o‘zgaradi?
a) 1000000 so‘mga ko‘payadi b) 510000 sumga kamayadi
v) 500000 sumga kamayadi g) o‘zgarish bo‘lmaydi
2.2. Buxgalteriya hisobi schyotlari

Korxona aktivlari va ularning manbalari holati hamda harakatini aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida «schyotlar» deb nom olgan usul qo‘llaniladi.


Schyotlar – bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, harajat, foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‘ich va oxirgi), shuningdek ularning shu davrdagi harakati (ko‘payishi va kamayishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pul ifodasida aks ettirish usuli.
Buxgalteriya hisobida uning har bir ob’ektini aks ettirish uchun alohida schyotlar ko‘zda tutiladi. Har bir schyot o‘zining tartib raqamiga va aniq nomiga ega bo‘ladi. Odatda, schyotning nomi ob’ektning nomi bilan bir hil bo‘ladi. Misol uchun, asosiy vositalarni aks ettirish uchun aynan shunday nomdagi № 0100, kassadagi pul mablag‘larini aks ettirish uchun «Kassadagi pul mablag‘lari» nomli № 5000 - schyot va boshqa shu kabi schyotlar ko‘zda tutiladi. Barcha qo‘llaniladigan schyotlarning tartib raqamlari va aniq nomlari maxsus schyotlar rejasida o‘z aksini topadi.
Schyotlar rejasi. Schyotlar rejasi –bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo‘llaniladigan schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi. O‘zbekiston Respublikasida schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma davlat ahamiyatiga molik me’eriy hujjat hisoblanadi. Ushbu me’yoriy hujjatni ishlab chiqish va joriy qilish Moliya Vazirligiga yuklatilgan.
Respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarida ularning xususiyatlarini e’tiborga olgan va o‘zida mujassamlashtirgan quyidagi uchta turdagi schyotlar rejasi qo‘llaniladi:

  • Davlat byudjetidagi muassasalari moliyaviy–xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi.

  • Banklar moliyaviy –xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi.

  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi.

Quyida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga to‘xtalib o‘tamiz.
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» Moliya Vazirligi tomonidan maxsus 21- sonli BHMS sifatida birinchi marta 2000 yil 30 martda 37- son buyruq bilan tasdiqlandi. 2002 yil 9 sentyabrda 103-son buyruq bilan Moliya Vazirligi ushbu BXMS ni yangi tahrirda qayta tasdiqladi, u O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181 – son tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tdi.
21- son BXMS sifatida tasdiqlangan schyotlar rejasi oltita qism, o‘nta bo‘limdan iborat, u o‘z ichiga 208 ta balans schetlarini, 40 ta moliyaviy natijalar hisobotini tuzishga mo‘ljallangan schyotlarni va 14 ta balansdan tashqari schyotlarni oladi. Schyotlar rejasida buxgalteriya hisobi schyotlari moliyaviy hisobotning shakllari bo‘lgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning tarkibiy elementlariga mos ravishda quyidagi qism va bo‘limlarga ajratilgan.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling