K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Asosiy vositalarni amortizatsiyasi ( eskirishi ) ning hisobi


Download 1.67 Mb.
bet64/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

4.1.5. Asosiy vositalarni amortizatsiyasi ( eskirishi ) ning hisobi.
BXMS № 5 «Asosiy vositalar»ga muvofiq asosiy vositalarni yillik amortizatsiya (eskirish) summasi (As) qo‘yidagicha aniqlanadi:

  • Qoldiq qiymat ko‘zda tutilgan asosiy vositalar bo‘yicha

Boshlang‘ich qiymat – Likvidatsion qiymat


As = ------------------------------------------------------------- (1)
Xizmat muddati

  • Qoldiq qiymat ko‘zda tutilmagan asosiy vositalar bo‘yicha

Boshlang‘ich qiymat


As = ------------------------------ (2)
Xizmat muddati
BXMS №5 «Asosiy vositalar» ga muvofiq (p.23,24) jamlangan amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash qo‘yidagi usullar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin:

Hisob siyosatida amortizatsiya (eskirish) ni hisoblashning u yoki bu usulini doimiy tarzda tanlab olish yoki har to‘rtta usulni bir vaqtning o‘zida u yoki bu asosiy vositalar bo‘yicha belgilab olish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu usullarni qo‘llashda amortizatsiya (eskirish) summasi turlicha bo‘lishi va u Soliq Kodeksida ko‘zda tutilgan bir maromda hisoblab chiqildan miqdordan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Shuning hisob siyosatida kam yoki ko‘p hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasini soliqga tortish jihatlari ham aniq belgilab olingan bo‘lishi lozim.
Amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash usullarining moxiyatini, ularning solik solish bazasiga ta’sirini qo‘yidagi misol asosida ko‘rib chiqaylik. Aytaylik, avtomashinaning boshlang‘ich qiymati – 1000000 so‘m, korxona tomonidan ko‘zda tutilgan likvidatsion qiymat – 100000 so‘m, xizmat muddati – 5 yil, yillik eskirish me’yori – 20%. Texnik pasportida xizmat muddati davrida ko‘zda tutilgan ish hajmi (soatlarda) – 10000 soat. Mashinaning haqiqatda ishlagan vaqti hisob ma’lumotlari bo‘yicha 1-yilda – 2000 soat, 2-yilda – 3000 soat, 3-yilda – 2500 soat, 4-yilda – 1500 soat, 5-yilda – 1000 soat.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling