Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» – 10000
Kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hisobi schetlari»– 10000
3. Asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarilishiga
Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» – 100000
Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari» – 100000
4. Asosiy vositalarni jamlangan eskirishini hisobdan chiqarish
Debet 0210-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari» –
60000
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» – 60000
5. Asosiy vositalarni ta’sis badali sifatida kiritishdan olingan foydaga
Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» – 50000
Kredit 9310 «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda» – 50000
Asosiy vositalarni qoldiq qiymatda va qoldiq qiymatdan past bo‘lgan qiymatda ta’sis badali sifatida kiritilishi Soliq Kodeksiga muvofiq QQS ga tortilmaydi.
41.7. Asosiy vositalar bo‘yicha lizing operatsiyalarining hisobi.
O‘zbekiston Respublikasida lizing operatsiyalarining hisobi Lizing to‘g‘risida Qonun, Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonun, Soliq Kodeksi, BHMS № 6 «Lizing hisobi» va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan reglamentlashtirilgan. Ushbu qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda lizingga doir barcha atama va tushunchalarning mohiyati, lizing operatsiyalarini hisobga olish tartibi atroflicha ochib berilgan.
Lizing to‘g‘risida qonunga muvofiq (2- modda), lizing ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo‘yish maqsadida mol-mulkni (lizing ob’ektini) oladi.
Lizing uch taraflamali va ikki taraflamali lizing shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Uch taraflamali shartnomada sotuvchi, lizing beruvchi va lizing oluvchi ishtirok etadi. Ikki taraflamali shartnomada lizing beruvchi va lizing oluvchi ishtirok etadi. O'zbekiston Respublikasida lizingni ikki taraflamali shartnomaga asoslangan turi keng tarkalgan. Uch taraflamali lizing shartnomalariga asoslangan lizing operatsiyalarida uchinchi taraf bo‘lib lizing markazlari ishtirok etmokda, lekinda ular sotuvchi emas, balkim lizing beruvchi va lizing oluvchilar o‘rtasida vositachi rolini o‘ynamokdalar va buning evaziga lizing beruvchidan lizing to‘lovini ma’lum qismini rag‘batlantirish to‘lovi sifatida olmoqdalar.
Lizing beruvchi –bu lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing ob’ektini sotuvchidan mulk qilib oluvchi shaxs
(sub’ekt).
Do'stlaringiz bilan baham: |