K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Yillar Yillik amortizatsiya
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1.6. Asosiy vositalarni sotishning va boshqa chiqimlarining hisobi. Asosiy vositalarni sotishning hisobi
- Debet
- Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishning hisobi.
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish)ni hisoblashga doir operatsiyalar schetlar rejasida ko‘zda tutilgan kontraktiv bo‘lgan 02 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»da aks ettiriladi. Ushbu schetning saldosi kredit tomonida bo‘lib, u jamlangan eskirish summasini ko‘rsatadi. Hisoblangan eskirish, ya’ni eskirish summasini ko‘payishi ushbu schetning kreditida va harajat schetlarining debetida (2010,2310,2510,3190, 9210,9410,9420,9430 va boshqalar), eskirish summasini kamayishi esa 02- schetning debetida va boshqa schetlarning kreditida (8510,0110-0190 va boshqalar) aks ettiriladi. 4.1.6. Asosiy vositalarni sotishning va boshqa chiqimlarining hisobi. Asosiy vositalarni sotishning hisobi. Korxonalar zarur hollarda o‘zlarining to‘liq amortizatsiya qilingan yoki qilinmagan asosiy vositalarini sotishlari mumkin. Sotishga asos bo‘lib sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Asosiy vositani sotish schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat sotish operatsiyalarini hisobda aks ettirishga asos bo‘ladi. Schet-faktura asosida sotish operatsiyalari hisobda qo‘yidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni sotish natijasida korxona foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin. Bu natija jo‘natish qiymati (Jq) va qoldiq qiymati (Qq) o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Agar jo‘natish qiymati (Jq) qoldiq qiymat (Qq) dan katta bo‘lsa (Jq Qq) korxona asosiy vositalarni sotishdan foyda olgan bo‘ladi va QQS to‘lovchi hisoblanadi, agar jo‘natish qiymati (Jq) qoldiq qiymat (Qq) dan kichik bo‘lsa (Jq Qq), korxona asosiy vositalarni sotishdan zarar ko‘rgan bo‘ladi va QQS to‘lovchi hisoblanmaydi, ya’ni: Fs (Zs) = Jq – Qq Yuqoridagi misolda korxona sotishdan foyda ko‘rgan. Agar korxona asosiy vositani 50000 so‘mga sotganda edi, u Soliq Kodeksiga muvofiq QQS to‘lamaydi, shuningdek ushbu korxona sotishdan 50000 so‘m zarar ko‘rgan bo‘lar edi va bu zarar hisobda qo‘yidagicha aks ettiriladi: Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» - 50000 Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 50000 Asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar 3 yildan kam ishlatilgan bo‘lsa, Soliq Kodeksiga muvofiq (22–modda) foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladi. Agar asosiy vositalar qoldiq qiymat bo‘yicha sotilsa, u holda ham korxona QQS to‘lovchi hisoblanmaydi, sotishdan na foyda olingan, na zarar ko‘rilgan bo‘ladi. Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishning hisobi. Asosiy vositalar to‘liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar ekspluatatsiya qilish holatini yo‘qotgan bo‘lsa korxona tomonidan likvidatsiya qilinishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiya komissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirishga asos bo‘ladi. Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan korxona zarar yoki foyda ko‘rishi mumkin. Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar ikki turga bo‘linadi: 1.Asosiy vositalarni amortizatsiyalanmay qolgan qismini qoplashdan ko‘rilgan zararlar. 2.Likvidatsiya qilishga ketgan qo‘shimcha harajatlardan ko‘rilgan zararlar. Birinchi tur zararlar amortizatsiyasi to‘liq hisoblanmagan asosiy vositalarni likvidatsiya qilish natijasida vujudga keladi. Ko‘rilgan zarar amortizatsiyalanmay qolgan (Aq) summadan iborat bo‘lib, u asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatidan (Bq) jamlangan amortizatsiyani (Aj) chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni: Aq = Bq – Aj (1) Ikkinchi tur zararlarga likvidatsiyani amalga oshirishda sarflangan moddiy harajatlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmatlar uchun ketgan harajatlar kiradi. Bu turdagi harajatlar likvidatsiya harajatlari (Lx) hisoblanib, ular BXMS № 5 ga muvofiq likvidatsiya qilingan asosiy vositaning likvidatsion qiymatini (Lq) topishda hisobga olinadi. Likvidatsion qiymat (Lq) likvidatsiyalan olingan aktivlar (La) qiymatidan likvidatsiya harajatlarini (Lx) chegirib tashlangandan keyin qolgan qiymatidir, ya’ni: Lq = La – Lx (2) Likvidatsiya natijasida ko‘rilgan umumiy zararlar yoki harajatlar (Xl) birinchi tur zararlardan (Aq) tugatilgan asosiy vositalarning likvidatsion qiymatini (Lq) chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni: Xl = Aq – Lq (3) Asosiy vositalarni likvidatsiya qilish natijasida ko‘rilgan zarar yoki harajatlar korxonaning asosiy faoliyatiga bevosita aloqador hisoblanmaydi. Shuning uchun likvidatsiya bilan bog‘liq harajatlarni va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan zararlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish yoki sotish harajatlariga qo‘shib bo‘lmaydi. Shuning uchun likvidatsiya natijalarini aniqlash va hisobga olish uchun schetlar rejasidagi maxsus 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari» scheti ko‘zda tutilgan. Ushbu schetning debetida likvidatsiya qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati (Bq), likvidatsiya qilish uchun qilingan harajatlar (Lx) jamlanadi. Bu schetning kreditida jamlangan amortizatsiya (Aj), likvidatsiya natijasida olingan moddiy aktivlarning qiymati (Lq) va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan umumiy zararni (harajatlarni) hisobdan chiqarish aks ettiriladi. Mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chikarish va sotish buyicha harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizomga muvofiq likvidatsiyadan ko‘rilgan zarar korxonaning asosiy faoliyatiga doir bo‘lmagan boshqa turdagi davr harajatlariga, bir vaqtning o‘zida foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlarga kiritiladi. Hisob siyosatida likvidatsiyaga doir harajatlarni va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan zararlarni harakatdagi qonunlar, BHMS lar va Nizomga mos ravishda yagona tartibda ochib berishga erishish uchun ularni qo‘yidagi shartli misolda ko‘rib chiqaylik. Aytaylik, korxona avariya holatiga kelib qolgan binoni likvidatsiya qildi. Binoning boshlang‘ich qiymati (Bq) – 650000 so‘m. Likvidatsion qiymat ko‘zda tutilmagan. Likvidatsiya sanasiga jamlangan amortizatsiya (Aj) – 550000 so‘m. Likvidatsiya harajatlari (Lx):qulatish krani xizmati -30000 so‘m, yoqilg‘i sarfi- 3000 so‘m , hisoblangan ish haqi harajatlari-20000 so‘m, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar - 7740 so‘m. Likvidatsiya natijasida qabul qilingan va baholangan qurilish materiallari – 95000 so‘m. Likvidatsiya natijalari korxonaning hisob siyosatida qo‘yidagi tarzda yoritilishi kerak. 1. Asosiy vositani boshlang‘ich qiymatini (Bq) hisobdan chiqarish Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling