K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
Ijaraga beruvchida. Ijara beruvchi operativ (joriy) ijara bo‘yicha quyidagilarni hisobini yuritadi:
1..Ijaraga berilgan asosiy vositalarni balansdan chiqarmaydi, lekinda ularni qiymatini joriy ijaraga berilgan asosiy vositalarni hisobga olishga mo‘ljallangan schetga o‘tqazadi. Masalan, ishchi schyotlar rejasiga 0191 «Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar» schyotini ochishi mumkin. Debet 0191 «Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar» Kredit 0120-0190 « Asosiy vositalar hisobi schyotlari» 2.Har oyda lizing shartnomasiga muvofiq ijara foizini (to‘lovini) hisobga oladi: Debet 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar» Kredit 9350 «Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar» 3.Joriy ijara bo‘yicha hisoblangan QQS summasini aks ettiradi Debet 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar» Kredit 6410«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar 4. Ijara haqini kelib tushushini hisobga oladi: Debet «Pul mablag‘lari schyotlari» (501,5110,5210,5220 ) Kredit 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar» 5. Ijara muddati tugagach, lizingga berilgan asosiy vositalar qayta qabul qilinadi va eski schyotlar tarkibiga tiklanadi: Debet 0120-0190 « Asosiy vositalar hisobi schyotlari» Kredit 0191 «Ijaraga berilgan asosiy vositalar» Joriy ijaraning analitik hisobi shartnomalar (lizing oluvchilar) bo‘yicha yuritiladi. 4.1.8. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish va uni natijalarining hisobi Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish va uning natijalarini hisobga olish tartibi BXMS № 5 «Asosiy vositalar» va BXMS № 19 «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tqazish» bilan reglamentlashtirilgan. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Mol-mulkni real mavjudligini aniqlash; Mulkni haqiqiy mavjud holatini hisob ma’lumotlariga mos kelishligini aniqlash: Mulkni hisobda to‘liq aks ettirilganligini aniqlash. BXMS № 5 «Asosiy vositalar»ga muvofiq ( p. 35 ) inventarizatsiyada aniqlangan kamomadlar aybdor shaxs bo‘yniga qo‘yiladi yoki aybdorlarni aniqlashning imkoni bo‘lmaganda korxona hisobidan qoplanadi, ortiqchalar esa boshqa operatsion faoliyatga doir daromadlarga olib boriladi. Asosiy vositalarning aniqlangan kamomadlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi. 1.Kam chiqgan asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati balansdan chiqarilganda Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling