K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet87/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

1. Maqsadlilik – barcha moliyaviy investitsiyalar aniq maqsad bilan kiritiladi.
2. Qaytarishlik – barcha moliyaviy investitsiyalar shartnoma muddati tugagach korxonaga qaytariladi.
3. To‘lovlilik – barcha moliyaviy investitsiyalar uchun shartnomaga muvofiq ularni olgan xo‘jalik sub’ekti to‘lov majburiyatini oladi. To‘lov majburiyati faqat ayrim hollarda shartnoma asosida bo‘lmasligi mumkin va bu, odatda, nochor korxonaga moliyaviy yordam bergandagina vujudga keladi.
4. Samarali foydalanish – investor bergan mablag‘larini olgan xo‘jalik sub’ekti tomonidan samarali foydalanilayotganligini shartnoma asosida nazorat qilish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
5. Sotish ob’ekti – qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar 1 yil ichida tez va erkin sotiladigan aktivlar hisoblanadi, uzoq muddatli investitsiyalar esa erkin sotilmaydigan aktivlar hisoblanadi.
Moliyaviy investitsiyalar hisobining vazifalari. Moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Moliyaviy quyilmalarni ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;

  • Moliyaviy quyilmalarni to‘g‘ri baholash va qayta baholash;

  • Moliyaviy quyilmalar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;

  • Moliyaviy quyilmalar bo‘yicha daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq schetlarda aks ettirish;

  • Moliyaviy quyilmalardan olingan daromadlarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash;



.Moliyaviy investitsiyalarni baholash. Moliyaviy investitsiyalarning har bir turini baholash va qayta baholash o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni baholashda ikkita sana muhim rol o‘ynaydi:

  • Sotib olish sanasi

  • Keyingi sanalar




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling