K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/37
Sana21.04.2020
Hajmi1.11 Mb.
#100580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit


Ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar deganda bir 
xil  mazmundagi va ko‘p takrorlanib tutuvchi xo‘jalik operatsiyalarni ma’lum bir  davrda 
(masalan xafta , o‘n kunlik, bir oy ichida)  bitta hujjat bilan rasmiylashtiruvchi hujjatlar 
tuquniladi,  masalan  ombordan  ishlab  chiqarishga  har  kuni  beriladigan  materiallar    bir 
hafta,  o‘n  kun  yoki  bir  oyga  ochilgan  bitta  zabor  listi  bilan  rasmiylashtirilishi  mumkin. 
Bunday  hujjatlar  boshlang‘ich  hujjatlar  sonini  kamayishiga,  ularni  tuzish  va  ishloviga 
ketadigan vaqtni anchagina tejalishiga olib keladi.  
Tuzilgan joyiga ko‘ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. 
Ichki  hujjatlar  deb  korxonaning  o‘zida  tuzilgan,  tashqi  hujjatlar  deb  esa 
korxonaga  chetdan  kelib  tushgan  hujjatlar  tushuniladi.  Masalan,  tayyor  mahsulotni 
jo‘natishda  tuzilgan  schyot-faktura  ichki,  materiallarni  ta’minotchilardan  kelib 
tushganligini ko‘rsatuvchi schyot-faktura esa tashqi hujjat hisoblanadi. 
Tuzish  usullariga  ko‘ra    buxgalteriya  hujjatlari  qo‘lda  va  kompyuterlarda  tuzilgan 
hujjatlarga bo‘linadi.  
Buxgalteriya  hisobida  qo‘llaniladigan  hujjatlar  shakl  va  mazmuniga  ko‘ra 
unifikatsiyalashtirish  va standartlashtirish talablariga javob berishlari kerak. 
Hujjatlarni  unifikatsiyalashtirish  deganda  bir  xil  mazmundagi  operatsiyalarni  
barcha  korxonalarda  yagona  shakl  va  mazmundagi  hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilishi 
tushuniladi.  Masalan,  1998  yil  1  yanvardan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasida  tovar-
moddiy  zahiralarni  sotish  va  sotib  olish  operatsiyalarini  faqatgina  tasdiqlangan  yagona 
shakldagi  schet  –faktura  bilan  rasmiylashtirish  tartibi  qo‘llaniladi.  Xuddi  shunday  tartib 
kassadagi  va  banklardagi    pul  mablag‘lari  va  boshqa  aktivlarga  doir  operatsiyalarni 
hujjatlashtirishda ham  ishlatiladi. 
Hujjatlarni  standartlashtirish  deganda  bir  xil  nomdagi    hujjatlar  uchun  yagona 
razmer  va  shakllarni  o‘rnatilishi  tushuniladi.  Yuqorida  aytilgan  schet-faktura  va  boshqa 
hujjatlar standart hujjatlarga misol  bo‘la  oladi. 
Buxgalteriya  hisobi  hujjati  deb  tan  olinishi  uchun  hujjat  ma’lum  talablarga  javob 
berishi lozim. Bu talablarga quyidagilar kiradi: 
1.Hujjat  aniq    rekvizitlarga  ega  bo‘lishligi  va  bu  rekvizitlar  to‘lig‘icha  ko‘rsatilgan 
bo‘lishligi kerak. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlarning asosiy rekvizitlariga 
quyidagilar kiradi: 

  Hujjatning nomi; 

  Hujjatning tartib raqami 

  Hujjatning tuzish sanasi 

  Operatsiyada  qatnashuvchi  tomonlarning  nomi,  adresi,  telefoni,  bank 
rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi identifikatsion raqami (STIR); 

  Yuz bergan operatsiyaning mazmuni; 

  Rahbar va bosh hisobchining  familiyasi, ismi – sharifi; 

  Operatsiyaga asos bo‘lgan hujjat (masalan, ishonchnomaning nomeri va sanasi); 

  Operatsiyada bevosita qatnashgan shaxslarning  familiyasi, ismi- sharifi. 
2.Hujjat  imzolangan  bo‘lishi  kerak  (rahbar,  bosh  hisobchi  va  operatsiyalarda 
qatnashgan boshqa shaxslar tomonidan). 
3.Hujjat korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
4.Hujjat qalam bilan tuzilmagan bo‘lishi kerak; 
5.Hujjatning barcha nusxalari bir xil bo‘lishi lozim. 
Ushbu  talablarning  birontasiga  amal  qilinmay  tuzilgan  hujjat  to‘liq  yuridik  kuchga 
ega bo‘lmaydi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
41 
Buxgalteriya  hisobida  juda  ko‘p  nomdagi  va  sondagi  hujjatlar  tuziladi.  Shuning 
uchun  hujjatlar  aylanishini    to‘g‘ri  tashkil  etish,  ularni  belgilangan  muddatlarda 
korxonada  saqlash  va  davlat  arxiviga  belgilangan  tartiblarda  topshirish  o‘ta  muhim 
hisoblanadi. 
 
O‘z –o‘zini sinash uchun testlar 
 
1.  Quyidagilarning qaysi biri hujjatning majburiy rekvizitiga kirmaydi? 
a)  Nomi 
b) Raqami 
v) Balans moddasi raqami  
g) Tuzilgan sanasi  
 
2. Hujjatlar aylanishini to‘g‘ri tashkil etilganligiga kim javobgar? 
a) Bosh buxgalter                           b) Rahbar 
v)  Rahbar muovini                        g) Kassir 
 
3.To‘lov talabnomasi qaysi guruh hujjatlarga kiradi 
a) Guvohlik beruvchi hujjatlarga    b)  Farmoyish beruvchi hujjatlarga 
v) Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlarga 
g)  Yig‘ma hujjatlarga 
 
 
2.6.Inventarizatsiya 
 
 
Buxgalteriya hisobida uning ma’lumotlarini to‘g‘riligini, korxona aktivlarini haqiqiy 
holatini,  moddiy  javobgar  shaxslarning  o‘z  funksiyalarini  sidqidildan  vijdonan 
bajarayotgaligini, 
mulkni 
talon-taroj 
qilinmaganligini 
bilish 
maqsadida 
«inventarizatsiya» nomini olgan usul ishlatiladi.  
O‘zbekiston  Respublikasida  buxgalteriya  hisob  ob’ektlarini  inventarizatsiya  qilish 
tartibi  maxsus  19-  son  BXMS  «Inventarizatsiyani  tashkil  qilish  va  o‘tqazish»  bilan 
reglamentlashtirilgan.  Ushbu  standartga  muvofiq    inventarizatsiyaning  quyidagi  turlari 
mavjud: 

 Rejali inventarizatsiya – bu korxonaning moddiy javobgar shaxslarni navbatdagi 
mehnat ta’tiliga chiqarish rejasiga ko‘ra o‘tqaziladigan inventarizatsiya. 

 Rejadan  tashqari  inventarizatsiya  –  bu  ko‘zda  tutilmagan  hollarda,  masalan 
favqulotdagi  hodisalar  yuz  berganda  (o‘g‘rilik,toshqin  va  shu  kabi  hodisalar  sodir 
bo‘lganda) o‘tqaziladigan inventarizatsiya. 
Inventarizatsiyaning harakterli xususiyatlari: 

 Inventarizatsiya to‘satdan o‘tqaziladi, ya’ni moddiy javobgar shaxs uni o‘tqazilishi 
to‘g‘risida oldindan xabar topmasligi lozim. 

 Inventarizatsiya  rahbarning  buyrug‘i  yoki  farmoyishi  bilan  tasdiqlangan  doimiy 
harakatdagi  va  ishchi  inventarizatsiya  komissiyalari  tomonidan  o‘tqaziladi,  ushbu 
komissiyaga moddiy javobgar shaxs albatta kiritiladi. 

 Inventarizatsiya  ma’lum muddatga  o‘tqaziladi, uning boshlanish va tugash vaqti 
buyruqda yoki farmoyishda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.  

 Inventarizatsiyani o‘tqazish belgilangan tartibda va usullarda amalga oshiriladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
42 

 Inventarizatsiya    natijalari  maxsus  sanoq  va  taqqoshlash  dalolatnomalari  bilan 
rasmiylashtiriladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  BXMS  lariga  muvofiq    korxona  aktivlarini  rejali 
invetarizatsiya qilishda quyidagi muddatlar belgilangan: 
 
Inventarizatsiya ob’ekti 
Inventarizatsiyani o‘tqazish 
muddatlari 
Qaysi BXMSga muvofiq 
Asosiy vositalar 
Ikki  yilda  bir  marta  yillik 
hisobot oldidan 
5- son BXMS,  
19-son BXMS  
Kutubxona fondi 
Besh yilda bir marta 
5- son BXMS,  
19-son BXMS 
Tovar-moddiy boyliklar  
(yoqilg‘i,  oziq  –ovqatlar, 
qimmatbaho  metallardan 
tashqari) 
Yiliga kamida bir marta 
4-son BXMS, 
19-son BXMS 
Yoqilg‘i, oziq –ovqatlar  
Har chorakda 
4 –son BHMS 
 19-son BXMS  
 
Qimmatbaho metallar 
Tarmoq 
yo‘riqnomasiga 
muvofiq 
belgilangan 
muddatlarda 
Maxsus yo‘riqnoma 
Pul mablag‘lari, 
Pulli 
ekvivalentlar 
va 
hujjatlar 
Har oyda bir marta 
12- son BXMS  
19—son BXMS 
Hisob-kitoblar 
Bir  marta  yillik  hisobot 
oldidan 
19-son BXMS 
 
Inventarizatsiyaning  natijasida  hisob  ma’lumotlaridan  chetlanishlar  aniqlanishi 
mumkin.  Bunday  chetlanishlar  bo‘lib  kamomad  va  ortiqchalar  hisoblanadi.  Aniqlangan 
kamomadlar  ning    belgilangan  me’yorlardan  tashqarisi  moddiy  javobgar    shaxslardan  
qonun  doirasida  o‘ndirilib  olinadi.  Aniqlangan  ortiqchalar    korxonaning    daromadiga 
olinadi. 
 
O‘z –o‘zini sinash uchun testlar 
 
1.  Bir  yilda  moddiy  javobgar  shaxslar  ikki  marta  almashdi,  bu  ularning 
mehnat ta’tiliga taalluqli emas.Qanday inventarizatsiya turi o‘tqazilgan? 
a)  Rejali       b) Rejadan tashqari       v) Favqulotdagi             g) Majburiy  
 
2. Inventarizatsiya oldidan ombor mudiriga  uni o‘tqazilishi to‘g‘risida bir kun 
oldin xabar topdi. Inventarizatsiyani o‘tqazishning qaysi  xususiyati buzilgan? 
a) Etika                                                   b) To‘satdan o‘tqazilishi 
v)  Rahbarlik xususiyati                        g) Qarindoshlik xususiyati 
 
3.Aniqlangan  ortiqchani buxgalter harajatlarni kamaytirilishiga olib bordi. U 
buxgalteriya hisobining qaysi tamoyilini buzdi? 
a) Hisoblash tamoyilini              b)  Konservatizm tamoyilini 
v) Baholash tamoyilini                 g) Ikki yoqlama yozish tamoyilini  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
43 
 
4.  3-testda  keltirilgan    xolatda  ortiqchani  buxgalter    kanday  schetga  olib 
borishi kerak edi? 
a) Harajatlar schetiga              b) Daromadlar schetiga 
        v)  Aktivlar schetiga                 g) Majburiyatlar schetiga 
 
 
2.7.Moliyaviy  hisobot 
 
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  hisob  jarayonining  oxirgi  bosqichi  bo‘lib  hisobot 
hisoblanadi. 
Hisobot  –  bu  ma’lum  davrdagi  moliyaviy  xo‘jalik  faoliyati  ko‘rsatkichlarini  pulda 
belgilangan shakl va mazmunda ifodalash usuli. 
Moliyaviy  hisobot  –bu  korxona  va  tashkilotlarning  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyati 
ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan  hisobot shakllari majmuasi. 
Moliyaviy  hisobot  davlat  ahamiyatiga  molik  buxgalteriya  hujjatlari  tizimi 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning turlari, tarkibi, shakllari, 
tayyorlanishi  va  taqdim  etilishi  Moliya  Vazirligi  tomonidan  belgilangan  Qoidalar  va 
Nizomga  muvofiq  amalga oshiriladi. 
Ushbu  hujjatlarga  asosan  moliyaviy  hisobot  choraklik,  yarim  yillik  va  yillik 
hisobotlarga bo‘linadi. Ularda ma’lumotlar yil boshidan o‘sib borish tartibida ko‘rsatiladi 
va  mos  ravishda  choraklik,  yarim  yillik,  to‘qqiz  oylik  va  yillik    faoliyat  natijalarini 
ko‘rsatadi. 
Moliyaviy hisobotlar shakllarini to‘ldirish Tartibiga muvofiq  moliyaviy hisobotning 
tarkibi  hisobot davrlari bo‘yicha o‘z ichiga quyidagi hisobot shakllarini  oladi: 
 
Hisobot turlari 
Hisobot shakllari 
Yillik 
1.  1-sonli shakl  «Buxgalteriya balansi» 
2.  2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» 
3.  3-sonli shakl «Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot» 
4.  4-sonli shakl « Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot» 
5.  5-sonli shakl «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» 
6.  2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida 
ma’lumotnoma» 
7.  2b –sonli shakl « Korxonaning moliyaviy –iqtisodiy holati 
to‘g‘risida ma’lumotnoma»    
Yarim yillik 
1.1-sonli shakl  «Buxgalteriya balansi» 
2.2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» 
3.4-sonli  « Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot» 
4.2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida 
ma’lumotnoma» 
 
Choraklik 
1.1-sonli shakl  «Buxgalteriya balansi» 
2.2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» 
3..2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida 
ma’lumotnoma» 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
44 
Yillik moliyaviy hisobotga quyidagi ilovalar qilinadi: 

 Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga ta’sir qilgan omillarni o‘zida bayon 
etuvchi tushuntirish xati va hisobotning ayrim moddalari bo‘yicha tavsifli jadvallar; 

 Moliyaviy hisobot bo‘yicha olingan xolis auditorlik xulosasi 

 Moliyaviy hisobotni ko‘rib chiqish yakunlari  va sof foydani taqsimlash bo‘yicha 
qaror; 

 Kelgusi yil uchun hisob siyosati. 
Kichik  biznes  korxonalarida  moliyaviy  hisobot  shakllari  faqat  yil  yakuni  bo‘yicha 
tuziladi. 
Moliyaviy hisobotning barcha shakllari uch qismdan iborat bo‘ladi: 

 Titul  qismi –  unda hisobotning nomi, korxonaning nomi, adresi, bank 
rekvizitlari,  turli belgilari bo‘yicha berilgan statistik kodlari ko‘rsatiladi. 

 Asosiy qism – unda hisoboti berilayotgan hisob ob’ektiga doir yig‘ma ma’lumotlar 
ko‘rsatiladi. 

 Rasmiylashtirish qismi  - unda korxona rahbari va bosh hisobchisining  familiyasi, 
ismi-sharifi, hisobot tuzilgan sana ko‘rsatiladi. Shuningdek ushbu qismga  ma’lumotlarni 
to‘g‘riligi hamda rahbar va bosh hisobchining imzolarini tasdiqlashga guvohlik beruvchi 
korxona  muhri qo‘yiladi.     
Moliyaviy hisobotning realligiga  korxona rahbari javob beradi. 
Moliyaviy  hisobotni    tuzishda  hisobot    sanasi  bo‘lib  hisobot  davrining  eng  oxirgi 
kalendar kuni hisoblanadi.  
Hisobot davri bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

 Hisobot  yilida  to‘liq    yangi  tashkiliy  o‘zgarishlarsiz  ishlagan  korxonalar  uchun  – 
hisobot  yilning 1 yanvaridan  shu yilning 31 dekabr kunining oxirigacha olingan davr.  

 Hisobot yilida  tuzilgan korxonalar uchun – tashkil topgan kunidan hisobot yilning 
31  dekabr  kunining  oxirigacha  bo‘lgan  davr,  1  oktyabrdan  keyin  tashkil  topgan 
korxonalar  uchun  –tashkil  topgan  kundan    boshlab  keyingi  yilning  31  dekabr  kunining 
oxirigacha bo‘lgan davr.   

 Hisobot yilida o‘z faoliyatini tugatgan korxonalar uchun –hisobot yilning boshidan  
tugatilgan kungacha bo‘lgan davr. 
Moliyaviy  hisobotda  ma’lumotlar  ming  sum  hisobida  yaxlitlangan  holda 
ko‘rsatiladi.  Unda  tasdiqlangan  Qoidalarga  muvofiq    ma’lumotlarni  o‘chirish,  buzib 
to‘g‘rilash  hollari bo‘lmasligi shart. 
Moliyaviy hisobot quyidagi instansiyalarga majburiy holda topshiriladi: 

  Soliq idorasiga

  Bankga; 

  Statistika organiga. 
Yuqori tashkiloti bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotini unga topshirishlari lozim. 
Moliyaviy  hisobotlar  tasdiqlangan Nizomga  muvofiq  yuqorida nomlari zikr etilgan 
organlarga quyidagi muddatlarda topshirilishi lozim: 

 Choraklik  hisobotlar  –chorakdan  keyingi  oyning  25  sanasigacha  bo‘lgan 
muddatda; 

 Yillik  hisobotlar  –  keyingi  yilning  15  fevraligacha  bo‘lgan  muddatda,  qo‘shma 
korxonalar esa –keyingi yilning 15 martigacha bo‘lgan muddatda

 Vazirliklar –keyingi yilning 1 apreligacha bo‘lgan muddatda. 
 Moliyaviy  hisobotning  alohida  shakllarini  tuzish  tartibi  va  ulardan  foydalanish 
to‘g‘risida darslikning keyingi  alohida bobida to‘xtalib o‘tamiz.  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
45 
O‘z –o‘zini sinash uchun testlar 
 
1.Quyidagilarning qaysi biri moliviy hisobotga kirmaydi? 
a)  Balans 
b) Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 
v) Mehnat to‘g‘risida hisobot  
g) Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot  
2. Quyidagilarning qaysi biri moliyaviy  hisobotga kiradi? 
a) Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot 
b) 5- mehnat  shakldagi hisobot 
v) 1-savdo shakldagi hisobot 
g)  Kassa oboroti to‘g‘risida hisobot 
3.Moliyaviy hisobot quyidagilarning qaysi biriga majburiy holda taqdim 
etilmaydi? 
a) Soliq idorasiga                    b) Prokuraturaga 
v) Bankga                                     g)  Statistika organiga 
 
Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy 
hujjatlar va davriy adabiyotlar 
 
1.O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonuni. 1996  
   yil 30 avgustda qabul qilingan. 
2.Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun Konseptual asos. O‘z.R.   
  Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan, № 475. 
3.BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. O‘z.R. Adliya Vazirligidan  
  1998 yil 14 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan, № 474. 
4.BXMS № 19  «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tqazish». O‘z.R. Adliya  
  Vazirligidan   1999 yil 2 noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan, № 833. 
5..Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish Tartibi. O‘z.R. Adliya     
   Vazirligidan 2003 yil 24 yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan, № 1209. 
6. Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish Tartibiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar. 
O‘z.R. Adliya  Vazirligidan 2003 yil 22 iyulda ro‘yxatdan o‘tgan, № 1117-2. 
7.Choraklik  va  yillik  moliyaviy  hisobotlarni  taqdim  etish  to‘g‘risida  Nizom.  O‘z.R. 
Adliya Vazirligidan 2000 yil 3 iyulda ro‘yxatdan o‘tgan, № 942 
8.  Choraklik  va  yillik  moliyaviy  hisobotlarni  taqdim  etish  to‘g‘risida  Nizomga 
o‘zgartirishlar  va  qo‘shimchalar.  O‘z.R.  Adliya  Vazirligidan  2002  yil  22  iyulda 
ro‘yxatdan o‘tgan, № 942-1. 
9.Abdullayev A. Qayumov I. Buxgalteriya hisobi. T, «Minhoj» nashriyoti, 2002
10.Bobojonov O.  Moliyaviy hisob. T., «Sharq», 2000. 
11. .Bobojonov O., Jumaniyozov K. Moliyaviy hisob. T., «Moliya», 2002. 
12.G‘ulomova  F.G‘.  Buxgalteriya  hisobi  bo‘yicha  mustaqil  o‘rganish  uchun 
qo‘llanma.T., Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2000. 
13.  Zavalishina  I.A.  Buxgalterskiy  uchet  po  novomu.  Izd.dom  «Mir  ekonomiki  i 
prava», Tashkent, 2003. 
14.Itkin  Yu.M.  i  dr.  Buxgalterskiy  uchet  v  usloviyax  rinochnoy  ekonomiki 
O'zbekistana. 1-tom, Toshkent, 2000 g. 
15.Umarova M., Eshboyev O‘., Axmadjonov Q.  Buxgalteriya hisobi, T., Mehnat,  
     1999 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
46 
2- BO‘LIM. 
KORXONALARDA  BUXGALTERIYA  HISOBI 
 
III- bob.  Korxonaning hisob siyosati 
 
3.1.  Korxona  hisob siyosatining mohiyati va asosiy parametrlari 
 
Bozor  munosabatlari  har  bir  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  buxgalteriya  hisobini 
yuqori  saviyada,  ilmiy  asoslangan  holda,  chunonchi  barqaror,  ma’lum  tamoyillarga  va 
talablarga  tayangan  holda  yuritishni  taqoza  etmoqda.  Bu  talablarga  javob  berishning 
muhim sharti bo‘lib har bir korxonaning aniq hisob siyosatiga ega bo‘lishligi hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlari  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlari,  jumladan, 
buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida  Qonun,  Soliq  Kodeksi,  buxgalteriya  hisobining  milliy 
standartlari  (BXMS)  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlari,  har  bir  korxona  tomonidan  hisob 
siyosatini ishlab chiqishni, unga to‘liq amal qilishni taqoza etadi. 
Ushbu  me’eriy  hujjatlarga,  jumladan  BXMS  №  1  “Hisob  siyosati  va  moliyaviy 
hisobot”ning  3-punktiga  muvofiq,  hisob  siyosati  deganda,  korxona  rahbari  tomonidan 
buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  moliyaviy  hisobotni  tuzish  bo‘yicha  qabul  qilingan 
tamoyillar va tartiblar majmuasi  tushuniladi. 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha korxonaning o‘ziga xos rejasi 
hisoblanadi.  Bu  reja,  odatda,  rasmiy  hujjat  sifatida  rasmiylashtiriladi.  U  korxonaning 
bosh hisobchisi tomonidan  yilning oxirida kelgusi yil uchun ishlab chiqiladi va korxona 
rahbari tomonidan buyruq yoki farmoyish bilan tasdiqlanadi. 
Hisob  siyosati  BXMS  №1  ning  56-  punktiga  muvofiq  taqvim  yili  maboynida 
doimiy harakterga ega bo‘lishi lozim. Uni yil ichida sababsiz o‘zgartirish mumkin emas. 
BXMS  №  1  ning  56-  punktiga  muvofiq  tasdiqlangan  va  foydalaniyotgan  hisob  siyosati  
yil ichida qo‘yidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin: 

  Korxonaning statusi va tarkibiy tuzilishi o‘zgartirilganda; 

  Mulk egalari o‘zgarganda; 

  Davlat qonunlari o‘zgarganda; 

  Hisobning yangi shakllari va yuritish usullari joriy etilganda. 
Hisob  siyosatiga  kiritilgan  o‘zgartirishlar  asoslangan  bo‘lishi,  shuningdek  korxona 
rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
BXMS № 1 ning 62-punktiga muvofiq hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida moliviy 
hisobot bilan birgalikda majburiy tarzda qo‘yidagi tashkilotlarga taqdim etiladi: 

  Yuqori tashkilotga

  Soliq idorasiga; 

  Davlat statistika organlariga; 

  Qonunda ko‘zda tutilgan boshqa organlarga. 
Talab  va  so‘rovlarga  ko‘ra  hisob  siyosati  prokuratura,  sud  va  arbitrajga, 
investorlarga, 
aksionerlarga, 
kreditorlarga, 
auditorlik 
firmalariga 
va 
boshqa 
qiziquvchilarga  ham  taqdim  etilishi  mumkin.  Korxonaning  o‘z  xodimlari  uchun  hisob 
siyosati ochiq bo‘lishi lozim. 
Korxonaning hisob siyosatidan har bir qiziquvchi o‘z maqsadlarida foydalanadilar. 
Masalan,  soliq  idorasi  uchun  ushbu  hujjat  korxonada  soliqlar  hisob-kitoblarini 
to‘g‘riligini  tekshirish,  hisobni  to‘g‘ri  yuritilganligini  nazorat  qilish  maqsadida  zarur. 
Auditorlik  firmalari  hisob  siyosatini  o‘rganish  asosida  uni  to‘g‘ri  tuzilganligi  to‘g‘risida 
xulosa  qiladilar,  shuningdek  unga  qanchalik  amal  qilinayotganligiga  baho  beradilar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
47 
Investorlar,  aksionerlar,  kreditorlar  uchun  hisob  siyosati  o‘z  mablag‘larini  ushbu 
korxonaga  qo‘yish  yoki  qo‘ymaslik    bo‘yicha  qaror  qabul  qilishda  asos  bo‘lib 
hisoblanadi. 
Hisob  siyosati  rasmiy  hujjat  sifatida  ma’lum    shakl  va  tarkibga  ega  bo‘lishi  kerak. 
BXMS № 1 ning 96-punktiga muvofiq hisob siyosatida qo‘yidagi tarkibiy elementlar o‘z 
aksini albatta topishi lozim: 

 Korxona aktivlarini baholash turlari va usullari; 

 Amortizatsiyani hisoblash usullari; 

 Rezervlarni tashkil qilish; 

 Tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari; 

 Tadqiqot va rivojlanishga sarflangan harajatlarni tan olish va hisobga olish

 Tannarxni kalkulyatsiya qilishning usullari; 

 Moliyaviy hisobotni konsolidatsiya qilish tartibi; 

 Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzish usullari; 

 Buxgalteriya hisobining ishchi schetlar rejasi. 
Hisob  siyosatida  yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar  alohida  boblar,  paragraflar 
ko‘rinishida  ifodalangan  bo‘lishi  lozim.  Korxonaning  moliyaviy  hisobotini  tuzishda 
muhim  ahamiyat  kasb  etadigan    boshqa  hollar  va  tartiblar  ham  hisob  siyosatida  aks 
ettirilishi mumkin. 
Korxonada  ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan  hisob  siyosatiga  to‘liq  amal  qilinishi 
lozim.  Buning  uchun  korxonada  tegishli  shart-sharoitlar  yaratilgan  bo‘lishi  kerak. 
Jumladan,  xodimlar  o‘rtasida  bajariladigan  ishlar  aniq  taqsimlangan  bo‘lishi  kerak. 
Bunday  taqsimotni  bosh  hisobchi  amalga  oshiradi.  U  har  bir  hisobchiga  yuritiladigan 
buxgalteriya  hisobi  schetlarini,  hisob  registrlarini  ochish,  yuritish,  yopish  tartiblari  va 
muddatlarini belgilab beradi. 
Bosh  hisobchi  korxonaning  buxgalteriyasi,  uning  bo‘limlari  to‘g‘risida  Nizomni 
ishlab chiqishi, uni rahbariyat tomonidan tasdiqlanishini ta’minlashi kerak. Nizomda har 
bir  bo‘lim  xodimining  lavozimiga  qarab  bajaradigan  ishlari  va  majburiyatlari  aniq 
belgilangan bo‘lishi lozim. 
Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlaridan biri bo‘lib korxonada hujjatlar 
aylanishining aniq grafigini ishlab chiqilganligi va  tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bunday 
grafiklarni  jadval yoki tarmoqli grafik ko‘rinishida ifodalash mumkin. 
Hisob  siyosatiga  amal  qilishning  yana  bir  muhim  shartlaridan  biri  bo‘lib  hisob 
xodimlari  faoliyatiga  baho  berish  yoki  reyting  tizimini  mavjudligi  hisoblanadi.  Ishga 
baho  berish  yoki  reyting  tizimiga  amal  qilish  hisobchilarni  rag‘batlantirish  (yutuqlar 
uchun),  yoki  ularga  nisbatan  jazo  choralarini  ko‘rish  (xato-kamchiliklar  uchun)  orqali 
amalga  oshirilishi  lozim.  Hisobchilar  ishiga  baho  berish  reyting  tizimini  mavjudligi  va 
uni  doimiy  tarzda  hisobchilar  o‘rtasida  e’lon  qilib  borish  buxgalteriya  ishini  doimiy 
yaxshilanib borishiga katta ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi. 
Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlariga yana doimiy harakatdagi ilmiy–
amaliy  seminarlarni  uyushtirishni,  hisobchilarning  malakasini  doimiy  tarzda  oshirib 
borishni va boshqalarni kiritish mumkin. 
 
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling