K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


PDF created with pdfFactory trial version  www.pdffactory.com   276


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/37
Sana21.04.2020
Hajmi1.11 Mb.
#100580
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit


 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
276 
 
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 
 
1.Sotish hajmi qaysi manbalarga tayanib tekshiriladi ? 
a) shartnomalarga 
b) moddiy hisobotlarga 
v) schyot- fakturalarga 
g) dalolatnomalarga 
 
2.Tannarxni  oshirib ko‘rsatish  
a) foydani oshiradi 
b) foyda solig‘ini oshiradi  
v) foydadan soliqlarni kamaytiradi  
g) ekologiya solig‘ini kamaytiradi 
 
3.Auditor  sotishga to‘g‘ri keladigan QQS  bo‘yicha qaysi yozuvni tasdiqlashi 
kerak? 
a) Debet 9010 Kredit 6410 
b) Debet 4010 Kdedit 6410 
v) Debet 4410 Kdedit 6410 
g) Hech qaysisini  
    
4.Quyidagilarni qaysi birini tanlasa  auditor xatari yo‘q? 
a) reklama harajatlari  sotish tannarxiga olib borilganda 
b) reklama harajatlari  sotish harajatlariga olib borilganda 
v) reklama harajatlari  moliyaviy faoliyat harajatlariga olib borilganda 
g) reklama harajatlari  favqulotdagi zararlarga olib borilganda 
 
 5. Auditor  amortizatsiya me’yori noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa  
     a) amortizatsiya summasini to‘g‘rilaydi 
b) amortizatsiya summasini to‘g‘rilamaydi 
v) balansni qayta tuzishni talab qiladi 
     g)  Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobotni qayta tuzadi 
 
 6. Auditor hisob-kitoblarni audit qilishda   
     a) olingan bo‘naklarni tekshiradi 
b) to‘langan to‘lovlarni tekshiradi 
v) soliq idorasi foydasiga penya hisoblaydi 
     g)  barter operatsiyalarini borligini aniqlaydi 
 
      7. Prokuratura buyurtmasi bilan o‘tqazilgan auditda 
a)  auditorlik xatari bo‘lmaydi 
b)  auditorlik xatari bo‘lmasligi mumkin 
v)  auditorlik xatari bo‘ladi 
g)  barcha javoblar noto‘g‘ri 
 
     8. Auditorlik xatari  bo‘lmaydi 
a)  sotish xajmi bo‘yicha 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
277 
b)  tannarx bo‘yicha 
v)  foyda solig‘i bo‘yicha 
g)  yuqoridagi javoblar noto‘g‘ri 
 
           
Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy 
hujjatlar va davriy adabiyotlar 
 
1.O‘zbekiston  Respublikasining  auditorlik  faoliyati  to‘g‘risida  qonuni.  2000  yil  26 
mayda tasdiqlangan. 
11.Karimov  N.F.  Texnika  provedeniya  audita.  Metodicheskoye  posobiye,Tashkent, 
2002.  
       12.Musayev X.N. Audit, «Moliya» nashriyoti, Toshkent, 2003 
13. Sanayev N, Narziyev R. Audit, «Sharq» nashriyoti, Toshkent,2001 
14.Spravochnik auditora. Assotsiatsiya buxgalterov i auditorov Respubliki 
O'zbekistan, Tashkent, 1996. 
 
 
 
 
 
 
XYII- bob. AUDIT  NATIJALARINI  UMUMLASHTIRISH,    
                RASMIYLASHTIRISH VA TADBIQ ETISH 
 
17.1.  Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish 
 
 
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  auditorlik  tekshiruvini  o‘tqazishning  3-bosqichi 
bo‘lib uning natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish hisoblanadi. 
Auditorlik  tekshiruvi  natijalarini  umumlashtirish  deganda  shartnomada 
ko‘rsatilgan    ob’ektlar  bo‘yicha  auditorlik  tekshiruvida  aniqlangan  dalilu-isbotlarni  
rasmiy  hujjatlarda  aks  ettirish  tushuniladi.  Ushbu  rasmiy  hujjatlar  bo‘lib  auditorning 
hisoboti va auditorlik xulosasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risida  Qonun»iga  muvofiq 
(  18-modda)  «  auditor  hisoboti  –  bu  auditorlik  tekshiruvining  borishi,  buxgalteriya 
hisobini  yuritishning  belgilangan  tartibidan  aniqlangan  chetga  chiqishlar,  moliyaviy 
hisobotdagi  qoida  buzarliklar  to‘g‘risidagi  mufassal  ma’lumotlardan,  shuningdek 
auditorlik tekshiruvi o‘tqazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan va 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  rahbariga,  mulkdoriga,  qatnashchilari  (aksiyadorlari)  ning 
umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat». 
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliyaviy  hisobotlarini  tekshirish  bo‘yicha 
o‘tqazilgan  auditorlik  tekshiruvlari  natijalari    to‘g‘risida  auditor  hisoboti  70-son  AFMS 
«Auditor  hisoboti  va  moliyaviy  hisobot  to‘g‘risida  auditorlik  xulosasi»  ga  muvofiq  
tuziladi. 
Ushbu  AFMS  ga  muvofiq  auditorning  hisoboti  quyidagi  uch  qismdan  (bo‘limdan) 
iborat bo‘ladi. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
278 
Qism (bo‘lim) 
Nima aks ettiriladi 
1.Kirish qism 
Auditorlik  tashkiloti  va    auditorlar    to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar, shuningdek auditorlik tekshiruvini o‘tqazishga 
doir umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi  
2.Asosiy qism 
Auditorlik tekshiruvini olib borish jarayonlari, va tekshiruv 
natijalari,  mavjud  xato-kamchiliklar,  ularning  sabablari 
ko‘rsatiladi.  Ushbu  qism    alohida  mavzular  (bo‘limlar)ni 
aks ettiruvchi paragraflarga bo‘linishi mumkin  
3.Xulosa qismi 
Tekshirish ob’ekti (ob’ektlari) bo‘yicha auditorlik xulosasi, 
aniqlangan chetlanishlar va qonunbuzarlik-larni bartaraf 
etish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy 
xo‘jalik faoliyati samarador-ligini oshirish bo‘yicha 
tavsiyalar va takliflar  beriladi 
 
Auditor  hisoboti  ikki  nusxada  tuziladi  va  uning  bir  nusxasi  buyutmachiga 
topshiriladi,  ikkinchi  nusxasi  auditorlik  tekshiruvida  qoladi.  Auditorlik  tashkilotida 
qoladigan  nusxaning  oxirida  auditorlik  tekshiruvini  buyurtgan  tashkilot  raxbari  va  bosh 
buxgalterining  auditor  hisoboti  bilan  tanishganligi  va  uning  bir  nusxasini  olganligi 
to‘g‘risida  tilxat  yoziladi  va  imzolanadi.  Agar  auditorlik  tekshiruvi  mulkdorlar, 
prokuratura  va  boshqa  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  buyurtmasi  bilan  o‘tqazilgan 
bo‘lsa,  u  holda  auditorning  hisoboti  uch  nusxada  tuziladi  va  uning  bir  nusxasi  auditni 
buyurtgan  tomonga  taqdim  etiladi.  Ushbu  holatda  auditor  hisoboti  bilan  tanishganlik  va 
ularni  nusxalarini  olganlik  to‘g‘risidagi  tilxatlar    audit  o‘tqazilgan  xo‘jalik  yurituvchi 
sub’ektning  raxbari  va  bosh  hisobchisi,  shuningdek  auditni  buyurtgan    organ  (shaxslar) 
tomonidan imzolanadi. 
Auditorlik  hisobotining  hajmi  varaqlar  soni  jihatidan,  odatda,  chegaralanmaydi. 
Auditor  hisobotining har bir varag‘i auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan auditor (auditorlar) 
tomonidan imzolanadi. 
Auditor  hisobotida  aks  ettirilgan  axborot  maxfiy  hisoblanadi  va  oshkor  qilinishi 
mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun 
qonun hujjatlariga   muvofiq javobgarlikga tortiladi. 
Auditor hisobotidan namuna 7-ilovada keltirilgan. 
Auditorning hisoboti auditorlik xulosasini tuzishga asos bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonuniga asosan ( 19-
modda)    «  auditorlik  xulosasi  -    moliyaviy  hisobotning  to‘g‘riligi  va  buxgalteriya 
hisobini  yuritish  tartibining  qonun  hujjatlarida  belgilangan  talablarga  muvofiqligi 
to‘g‘risida  auditorlik  tashkilotining  fikri  yozma  shaklda  ifodalangan,  xo‘jalik  yurituvchi 
sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar   uchun ochiq bo‘lgan hujjat». 
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliyaviy  hisobotlarini  tekshirish  bo‘yicha 
o‘tqazilgan  auditorlik  tekshiruvlari  natijalari    to‘g‘risida  auditorlik  xulosasi  70-son 
AFMS  «Auditor  hisoboti  va  moliyaviy  hisobot  to‘g‘risida  auditorlik  xulosasi»  ga 
muvofiq  tuziladi. 
Ushbu  AFMS  ga  muvofiq  auditorlik  xulosasi  xuddi  auditorning  hisoboti  kabi 
quyidagi uch qismdan (bo‘limdan) iborat bo‘ladi: 

 Kirish qism –unda auditorlik tashkilotiga doir ma’lumotlar ko‘rsatiladi; 

 Asosiy  qism    -  unda  auditni  o‘tqazilishiga  asos  bo‘lgan  shartnoma  va  me’yoriy 
hujjatlar, audit ob’ektlari, tomonlarning javobgarliklari ko‘rsatiladi.  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
279 

 Xulosa  qismi  –  unda  moliyaviy  hisobotning  Qonunlar  va  boshqa  me’yoriy 
hujjatlarga mos kelishi yoki kelmasligi ko‘rsatiladi. 
Auditorlik  xulosasi  yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan,  qisqa 
mazmunli,  odatda,  bir  betlik  hujjat  hisoblanadi.  Auditorlik  hisoboti  auditorlik 
tekshiruvini  o‘tqazgan  auditor,  auditorlik  tashkiloti  rahbari  tomonidan  imzolanadi  va 
auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.  
Auditorlik  xulosasi  kamida  uch  nusxada  tuziladi,  uning  ikki  nusxasi  auditorlik 
tekshiruvi  o‘tqazilgan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektga  taqdim  etiladi,  bir  nusxasi  esa  
auditorlik  tashkilotida  qoladi.  Auditorlik  xulosasiga  korxonaning  auditorlik  tekshiruvi 
materiallari  asosida  tuzilgan  buxgalteriya  balansi  va  moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi 
hisoboti  ilova  qilinadi.  Auditorlik  xulosasiga  ilova  qilinadigan  ushbu  hujjatlar  ham 
auditor va auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanishi, auditorlik shashkilotining 
muhri  bilan  tasdiqlanishi  lozim.  Majburiy  auditorlik  tekshiruvidan  o‘tgan  xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar  olingan auditorlik xulosasining bir nusxasini davlat soliq idorasiga 
qonun  hujjatlariga  muvofiq    taqdim  etishlari  va  qayd  ettirishlari  kerak.  Tashabbusli 
asosda  auditorlik  tekshiruvini  o‘tqazgan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  ham  olingan 
auditorlik xulosalarinii davlat soliq organiga topshirishlari va qayd ettirishlari mumkin. 
Auditorlik xulosalari to‘rtta turga ajratiladi: 
 
1.Ijobiy auditorlik xulosasi –bu moliyaviy hisobotni to‘g‘riligi, uning Qonunlar va 
boshqa  me’yoriy  hujjatlarga  to‘liq  mos  kelishini  tasdiqlovchi  hujjat.    Ushbu  auditorlik 
xulosasining  namunasi 8-ilovada keltirilgan.  
2.Shartli  ijobiy  auditorlik  xulosasi  -  bu  moliyaviy  hisobotning  umuman  
to‘g‘riligini,  uning  Qonunlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlarga  asosan  mos  kelishini, 
shuning  bilan  birga  xo‘jalik  faoliyatida  uning  ko‘rsatkichlarini  buzib  ko‘rsatilishiga  va 
foydalanuvchilar  qabul  qiladigan  qarorlarga  muhim  ta’sir  etmaydigan  ayrim  holatlarni 
borligini  tasdiqlovchi  hujjat.  Ushbu  auditorlik  xulosasining      namunasi  9-ilovada 
keltirilgan. 
3.Salbiy  auditorlik  xulosasi  -  bu  moliyaviy  hisobotni  to‘g‘ri  emasligi,  uning 
Qonunlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlarga  mos  kelmasligini  tasdiqlovchi  hujjat.  Ushbu 
auditorlik xulosasining   namunasi 10-ilovada keltirilgan. 
 4.Auditorlik  xulosasini  berishdan  bosh  tortish  -  bu  moliyaviy  hisobotni 
to‘g‘riligi, uning Qonunlar va boshqa  me’yoriy hujjatlarga  mos kelish  yoki kelmasligini 
aniqlash  uchun  mijoz  tomonidan  yetarlicha  ma’lumotlar  taqdim  etilmaganda  auditorlik 
tashkiloti  tomonidan  taqdim  etiladigan  hujjat.  Auditorlik  xulosasini  berishdan  bosh 
tortish bo‘yicha auditorlik tashkilotining  xatining   namunasi 11-ilovada keltirilgan. 
Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  soxta  tuzilgan 
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun uni taqdim etgan auditorlik tashkilotining  
litsenziyasi,  javobgar  auditorlarning  malaka  sertifikatlari  bekor  qilinadi,  shuningdek 
ularga jinoiy javobgarlikga tortishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanishi mumkin.   
 
 
17. 2.   Audit natijalarini  tadbiq etish 
 
Auditorlik tekshiruvini tashkil etishning 4-bosqichi bo‘lib  uning natijalarini tadbiq 
etish hisoblanadi. 
Audit  natijalarini  tadbiq  etish  deganda  auditor  hisobotida  aks  ettirilgan  xato  va 
kamchiliklarni  bartaraf  etish  bo‘yicha  amalga  oshiriladigan  ishlar  majmuasi  tushuniladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
280 
Odatda, ushbu ishlar  auditorlik tekshiruvidan keyin ko‘pi bilan 15 kun ichida o‘tqazilishi 
kerak, chunki auditorlik  tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt audit tekshiruvi 
o‘tqazilgandan  so‘ng  15  kun  ichida  auditorlik  xulosasini  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
tegishli organlarga taqdim etishi lozim.  
Audit natijalarini tadbiq etishga doir ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

 Auditorlik  tekshiruvi  natijalarini  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  raxbariyati, 
mulkdorlar,  Kuzatuv  kengashi  a’zolari  va  boshqa  qiziquvchilar  ishtirokida  muhokama 
qilish; 

 Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 
tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muddatlarini, aniq ma’sul xodimlarni 
belgilash; 

 Auditorlik  tekshiruvida  aniqlangan  kamchiliklarni  haqiqatda  bartaraf  etilganligini 
nazorat qilish va muhokama etish. 
Auditorlik  tekshiruvi  natijalarini  tadbiq  etishga  ma’sul  bo‘lib  xo‘jalik  yurituvchi 
sub’ektlarning  rahbarlari  hisoblanadi.  Rahbar    auditorlik  tashkiloti  bilan  tuzilgan 
shartnomaga  muvofiq    aniqlangan  xato  va  kamchiliklarni    tekshiruvni  o‘tqazgan 
auditorlarning ishtirokida o‘tqazishi maqsadga muvofiq. Chunki, bir tomondan, auditorlar 
to‘plagan  isbotu-dalillar  asosida  xatolarni  qay  darajadaligini,  kimlar  tomonidan  yo‘l 
qo‘yilganligini, ularni qanday tuzatish kerakligini mutaxassis sifatida chuqurroq biladilar. 
Ikkinchi  tomondan,  auditorlar  ishtirokida  tuzatilgan  xato  kamchiliklar  tuzatilgan 
moliyaviy  hisobotga  rasmiy  auditorlik  xulosasini  olishni  tezlashtiradi.  Auditorlarni 
quyidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishda jalb qilish o‘ta muhim hisoblanadi:  

 Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha  qayta hisob- kitoblarni tayyorlash

 Balans va hisobotning boshqa shakllarini qayta tuzish; 

 Bosh kitobga tuzatish yozuvlarini kiritish; 

 Korxonaning hisob siyosatining asosiy parametlarini belgilash; 

 Korxona  xodimlariga    xato  va  kamchiliklarga  yo‘l  qo‘ymasliklari  uchun 
maslahatlar  berish  boshqalar. 
Aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi, soliq deklaratsiyalarini 
va  moliyaviy hisobot shakllarini qonun hujjariga muvofiq qayta tuzilishi hamda taqdim 
etilishi auditorlarga  moliyaviy hisobot bo‘yicha  ijobiy xulosa berishlariga asos bo‘ladi. 
 
 
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 
 
1.Auditorlik tekshiruvi natijalarini auditor aks ettiradi 
a) dalolatnomada 
b) auditor hisobotida 
v) auditorlik xulosasida 
g) ma’lumotnomada 
 
2.Auditor yordamchisi imzo chekadi  
a) auditorlik hisobotida 
b) auditorlik xulosasida  
v) auditorlik dalolatnomasida  
g) to‘g‘ri javob yo‘q 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
281 
3.Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklar 
a) dalolatnomada aks ettiriladi 
b) auditorlik hisobotida ko‘rsatiladi 
v) auditorlik xulosasida aks ettiriladi 
g) Hech qaysisida  
 
       4.Quyidagilarni qaysi birida  auditor xatari ko‘rsatiladi? 
a) shartnomada 
b) auditorlik xulosasida 
v) auditorlik hisobotida 
g) hech qaysisida 
 
 5. Auditor  amortizatsiya me’yori noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa  
     a) ijobiy xulosa bersa bo‘ladi 
b) ijobiy xulosa beradi 
v) xulosa berishdan bosh tortadi 
     g)  salbiy xulosa beradi 
 
 6. Auditor hisob-kitoblarni audit qilishda aniqlagan  muddati o‘tgan qarzlarni    
     a) moliyaviy hisobotda aks ettirishni talab qiladi 
b) moliyaviy hisobotda aks ettirishni tavsiya qiladi 
v) soliq idorasi e’tiboriga havola etadi 
     g)  auditorlik xulosasida aks ettiradi 
 
      7. Prokuratura buyurtmasi bilan o‘tqazilgan auditda 
a)  auditorlik xulosasi berilmaydi 
b)  auditorlik xulosasi beriladi 
v)  dalolatnoma tuziladi 
g)  auditorlik hisoboti tuzilmaydi 
 
     8. Auditorlik  tekshiruvida  soliqlar hisob –kitobida aniqlangan xato 
a)  tuzatiladi 
b)  tuzatilmaydi 
v)  kelgusi yil hisobiga o‘tqaziladi 
g)  yuqoridagi javoblar noto‘g‘ri 
 
           
Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy 
hujjatlar va davriy adabiyotlar 
 
1.O‘zbekiston  Respublikasining  auditorlik  faoliyati  to‘g‘risida  qonuni.  2000  yil  26 
mayda tasdiqlangan. 
2.Auditorlik faoliyatin takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini 
oshirish to‘g‘risida. O‘z.R. VM ning 2000 yil 22 sentyabrdagi 365- son qarori. 
3.Auditorlik  xulosalarini  soliq  organlari  va  boshqa  nazorat  organlari  tomonidan 
hisobga  olish  tartibi  to‘g‘risida  Nizom.  O‘z.R.  VM  ning  2000  yil    22  sentyabrdagi  365-
son qarori bilan tasdiqlangan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
282 
4.Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tqazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlardan jarima o‘ndirish tartibi to‘g‘risida Nizom. O‘z.R. VM ning 2000 
yil  22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan. 
5.Karimov  N.F.  Texnika  provedeniya  audita.  Metodicheskoye  posobiye,Tashkent, 
2002.  
       6.Musayev X.N. Audit, «Moliya» nashriyoti, Toshkent, 2003 
7. Sanayev N, Narziyev R. Audit, «Sharq» nashriyoti, Toshkent,2001 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling