K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish xususiyatlari


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/37
Sana21.04.2020
Hajmi1.11 Mb.
#100580
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit


 
13.7.Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish xususiyatlari 
 
 
O‘zbekiston  Respublikasida  konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy  hisobotning 
mohiyati,  tarkibi  va  tuzish  tartibi  8-son  BHMS  “Konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy 
hisobotlar va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” bilan tartibga solingan. 
Ushbu BHMS ga muvofiq  konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot deganda bitta 
guruhga  birlashgan  sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyatlarining  bosh  korxonasi  tomonidan  
guruhning  hisobot  sanasiga  moliyaviy  holatini  va  hisobot  davri  uchun  moliyaviy 
natijalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi tushuniladi. 
Guruh  –  bu  bosh  korxona  va  uning  barcha  sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyatlarining 
birgalikda olingan tizimi . 
Bosh korxona – bu bitta yoki undan ko‘p sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan  
va ular faoliyatini nazorat qiladigan korxona. 
Sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyati  –  bu  bosh  korxona  tomonidan  nazorat  qilinadigan 
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
228 
Nazorat  –  bu  manfaat  ko‘rish  maqsadida  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 
moliyaviy va xo‘jalik siyosatini belgilab berish huquqi.   
Alohida  moliyaviy  hisobot–  bu    guruhni    har  bir    a’zosining  mustaqil    moliyaviy  
hisoboti.  
Guruh  a’zolarining  hissasi  –  bu  bosh  korxonaga  tegishli  bo‘lmagan,  guruhning 
konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida  uning a’zolarini  alohida hissasi sifatida 
ko‘rsatiladigan daromad (zarar) va aktivlarning summasi.  
O‘zbekiston 
Respublikasining 
harakatdagi 
qonunlariga 
muvofiq 
konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy  hisobotni  tuzishda  quyidagi  tamoyillarga  amal 
qilinadi: 

 Bosh  korxona  va  uning  har  bir  sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyati  alohida  yuridik  shaxs 
sifatida faoliyat yurituvchi va soliq to‘lovchi hisoblanadi. 

 Guruhning  konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy  hisoboti    faqat  guruh  rahbariyati 
uchun  strategik  boshqaruv,  erishilgan  sof  moliyaviy  natijalarni  birlashtirish  va  guruh 
a’zolari o‘rtasida ularning hissasiga qarab taqsimlash maqsadida tuziladi.  

 Guruhga  tegishli  bo‘lmagan  mulk  konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy  hisobotda 
guruh a’zolarining hissasi sifatida aks ettiriladi. 

 Sho‘’ba  korxonalarning ustav kapitaliga kiritilgan bosh korxonaning ta’sis badali 
guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida moliyaviy investitsiya sifatida 
qaralmaydi. 

 Bosh  korxonaga  va  uning  sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyatlariga  tegishli  bo‘lgan  mol-
mulk,  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlar  (ichki  hisob-kitoblardan  tashqari),  kelgusi  davr 
harajatlari,  tashkil  etilgan  kapital  (fondlar),  chetdan  olingan  maqsadli  tushumlar  
guruhning  konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy  hisobotida  satrma-satr    arifmetik  yo‘l 
bilan  jamlangan holda ko‘rsatiladi. 

 O‘zaro xo‘jalik munosabatlar evaziga erishilgan  daromad va harajatlar, foyda va 
zararlar,  hisoblangan  dividendlar  bosh  korxona  va  sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyatlarining 
hisobotlarida  to‘lig‘icha  ko‘rsatiladi,  lekinda  guruhning    konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy hisobotida bu ko‘rsatkichlar chegirib tashlanadi. 

 Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotini tuzish uchun unda bosh 
kitob yuritilmaydi, shuningdek unga buxgalterlik yozuvlari qilinmaydi. 

 Guruhning  konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy  hisobotini  tuzish  faqat  jamlama  
hisobot shakllarini va analitik jadvallarni to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
Guruhning 
konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy 
hisoboti 
o‘z 
ichiga 
konsolidatsiyalashtirilgan  buxgalteriya  balansi,  konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy 
natijalar  to‘g‘risida  hisobot  va    moliyaviy  hisobotning  boshqa  konsolidatsiyalashtirilgan  
shakllarini oladi. 
 Konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy 
hisobotni 
 
tuzish 
tartibini 
konsolidatsiyalashtirilgan  buxgalteriya    balansi  va  konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy 
natijalar to‘g‘risida hisobot bo‘yicha quyidagi misollar asosida  ko‘rib chiqaylik. 
 
Misol:  Bosh korxona hisoblangan “Samarqand” AJ  o‘z qaromog‘ida “Tong”  va 
“Sharq”    sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyatlariga  ega.  Bosh  korxonaning    “Tong”  sho‘’ba 
korxonasi    ustav  kapitalidagi  hissasi  -100%,    “Sharq”  sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyati    ustav 
kapitalidagi hissasi –80% . Guruhga kirgan  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning  200_ yil  
1  yanvarga    buxgalteriya    balansi    va  moliyaviy  natijalar  to‘g‘risida  hisobotlari 
quyidagicha: 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
229 
Buxgalteriya balansi 
                                                                                                  (ming so‘m hisobida) 
 
Ko‘rsatkichlar 
“Samarqand” 
“Tong” 
“Sharq” 
Asosiy vositalar 
150000 
25000 
30000 
Moliyaviy investitsiyalar 
70000 
 
 
Tovar-moddiy boyliklar 
120000 
20000 
25000 
Pul mablag‘lari 
5000 
2000 
3000 
Debitorlik qarzlar 
2400 
1200 
800 
Jami  aktiv 
347400 
48200 
58800 
Ustav kapitali 
250000 
30000 
40000 
Taqsimlanmagan foyda 
47400 
10000 
11000 
Majburiyatlar 
50000 
8200 
7800 
Jami  passiv 
347400 
48200 
58800 
  
Qo‘shimcha  ma’lumotlar:  “Samarqand”  AJ  ning  debitorlik  qarzlari  tarkibida 
“Tong”  sho‘’ba  korxonasining  qarzi    -  200  ming  so‘m,  “Sharq”  sho‘’ba  xo‘jalik 
jamiyatining    qarzi  300  ming  so‘m.  “Tong”  sho‘’ba  korxonasining  kreditorlik  qarzlari 
tarkibida “Sharq” sho‘’ba korxonasining hissasi -100  ming so‘m. 
 
 
 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 
 
(ming so‘m hisobida) 
Ko‘rsatkichlar 
“Samarqand” 
“Tong” 
“Sharq” 
Sof tushum 
125000 
24000 
27500 
Sotish tannarxi 
100000 
17200 
18500 
Sotishdan olingan foyda 
25000 
6800 
9000 
Boshqa daromadlar 
4000 
1100 
1400 
Boshqa harajatlar 
12500 
5000 
6250 
Soliq to‘lovlari 
12500 
2400 
2750 
Sof foyda 
4000 
500 
1400 
 
Qo‘shimcha  ma’lumotlar:  “Samarqand”  AJ  ning  sof  tushumidan    3500  ming 
so‘mi “Tong” sho‘’ba korxonasiga, Sharq” sho‘’ba jamiyatining 3700 ming so‘mlik sof 
tushumi “Samarqand” AJ ga to‘g‘ri keladi.  Sho‘’ba korxonalarining boshqa  harajatlari 
(mos ravishda 500  ming so‘m va 600 ming  so‘m)   ularni “Samarqand”   AJ dan  olgan 
vaqtinchalik moliyaviy yordamiga  to‘langan foizlarni  tashkil etadi.  
 
Yuqoridagi  ma’lumotlar    bo‘yicha  guruhning  konsolidatsiyalashtirilgan    balansi  va 
moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisobotini  quyidagi  ishchi  jadvallar  ko‘rinishida  tuzib 
chiqamiz. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
230 
Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan  buxgalteriya balansi 
 
(ming so‘m hisobida) 
 
Ko‘rsatkichlar 
“Samar-
qand” AJ 
“Tong”  “Sharq” 
Tuzatish yozuvi 
 
 
 
 
Debet            Kredit 
Konsolida-
siyalashti-
rilgan 
Balans 
Asosiy vositalar 
150000 
25000 
30000 
 
 
205000 
Moliyaviy investitsiyalar 
70000 
 
 
 
1)70000 
 
Tovar-moddiy boyliklar 
120000 
20000 
25000 
 
 
165000 
Pul mablag‘lari 
5000 
2000 
3000 
 
 
10000 
Debitorlik qarzlar 
2400 
1200 
800 
3) 100 
2)200 
4300 
Jami aktivlar 
347400 
48200 
58800 
 
 
384300 
Ustav kapitali 
250000 
30000 
40000 
1)70000 
 
250000 
Taqsimlanmagan foyda 
47400 
10000 
11000 
4)2200 
 
66200 
Majburiyatlar 
50000 
8200 
7800 
2)200 
3)100 
65900 
Guruh 
a’zolarining 
hissasi 
 
 
 
 
4)2200 
2200 
Jami passivlar 
347400 
48200 
58800 
72500 
72500 
384300 
  
Bitta guruhga birlashgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik  jamiyatlarining  bosh korxonasi 
tomonidan tuzilgan konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansiga izohlar: 
1).Bosh  korxona  tomonidan    sho‘’ba  korxonalarga  kiritilgan  70000  ming  so‘mlik 
(40000  +30000)  moliyaviy  investitsiyalar  guruhga  kiruvchi    bosh  korxonada  moliyaviy 
investitsiyalar  tarkibidan,  sho‘’ba  korxonalarda  esa  ustav  kapitali  tarkibidan  chegirib 
tashlandi. 
2)Bosh  korxonaning  “Sharq”  sho‘’ba  korxonasi  bo‘yicha  200  ming  so‘mlik 
debitorlik qarzi guruhga kiruvchi  bosh korxonada debitorlik qarzlar tarkibidan, sho‘’ba 
korxonalarda esa majburiyatlard tarkibidan chegirib tashlandi. 
3)Sho‘’ba korxonalarning o‘zaro 100 ming so‘mlik debitorlik va kreditorlik qarzlari 
guruh ning debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibidan chegirib tashlandi. 
4)”Sharq” sho‘’ba korxonasining  11000 ming so‘mlik taqsimlanmagan foydasining 
8800  ming  so‘mi  (11000  x  80%)  guruhga  kiruvchi    bosh  korxonada  taqsimlanmagan 
foyda  tarkibiga  kiritildi,  qolgan  2200  ming  so‘mi  (11000  x20%  )  guruhning  unga 
kirmaydigan  boshqa  korxonalarning  hissasi  bo‘yicha  kreditorlik  qarzi  sifatida 
ko‘rsatildi. 
 
 Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti 
(ming so‘m hisobida) 
 
Ko‘rsatkichlar 
“Samar-
qand” AJ 
“Tong”  “Sharq
” 
Tuzatish yozuvi 
 
 
 
 
Debet            Kredit 
Konsolidatsiyal
ashtirilgan 
Balans 
Sof tushum 
125000 
24000 
27500 
1)3500 
2)3700 
 
169300 
Sotish tannarxi 
100000 
17200 
18500 
 
1)3500 
2)3700 
128500 
Boshqa daromadlar 
4000 
1100 
1400 
3)1100 
 
5400 
Boshqa harajatlar 
12500 
5000 
6250 
 
3)1100 
22650 
Soliq to‘lovlari 
12500 
2400 
2750 
 
 
17650 
Sof foyda 
4000 
500 
1400 
 
 
5900 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
231 
 Bitta guruhga birlashgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik  jamiyatlarining  bosh korxonasi 
tomonidan  tuzilgan  konsolidatsiyalashtirilgan  moliyaviy  natijalar  to‘g‘risida  hisobotga 
izohlar: 
1).Bosh  korxona  tomonidan  “Tong”  sho‘’ba  korxonasiga  3500  ming  so‘mga 
sotilgan tovarlar guruhning sof sotish hajmidan va sotish tannarxidan chegirib tashlandi. 
2)“Sharq”  sho‘’ba  korxonasi  tomonidan  bosh  korxonaga  3700  ming  so‘mlik 
sotilgan  tovarlar  guruhning    sof  sotish  hajmidan    va  sotish  tannarxidan  chegirib 
tashlandi. 
3)Sho‘’ba  korxonalarning  bosh  korxonadan  olgan  vaqtinchalik  moliyaviy  yordam 
uchun  to‘lagan    1100  ming  so‘mlik  (600  +500)    foizlari    guruhga  kiruvchi  bosh 
korxonaning  daromadlaridan  va  uning  sho‘’ba  korxonalarining  harajatlaridan  chegirib 
tashlandi. 
 
Guruhni  tashkil  qiluvchi  bosh  korxona  va  uning  sho‘’ba  korxonalarida  moliyaviy 
hisobotning boshqa shakllari ham konsolidatsiyalashtiriladi. 
 
Konsolidatsiyalashtirilgan  pul  oqimlari  to‘g‘risida  hisobotni  tuzishda  guruhni 
tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasidagi quyidagilar  
pul oqimlari chegirib tashlanadi: 

  Ichki tovar operatsiyalari bo‘yicha olingan va to‘langan pul mablag‘lari; 

  Olingan va berilgan qarz summalari; 

  Olingan va to‘langan foiz summalari; 

  Olingan  va to‘langan ta’sis badallari  

  Boshqa turli operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘larining ichki almashuvlari 
 
Konsolidatsiyalashtirilgan  asosiy  vositalar  harakati  to‘g‘risida  hisobotni 
tuzishda  guruhni  tashkil  etuvchi  bosh  korxona  va  uning  sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyatlari 
o‘rtasidagi asosiy vositalarning ichki almashuvlarining summalari chegirib tashlanadi. 
Konsolidatsiyalashtirilgan  xususiy  kapitali  to‘g‘risida  hisobotni  tuzishda 
guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining jami ustav 
kapitalidan  sho‘’ba  xo‘jalik  jamiyatining  ustav  kapitali  summasi    chegirib  tashlanadi, 
taqsimlanmagan  foyda  esa  faqat  guruhga  kiruvchilarga  taalluqli  bo‘lgan  miqdorida 
ko‘rsatiladi. 
 
 
13.8.Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz bergan kutilmagan 
holatlar va hodisalar 
 
Ma’lumki, moliyaviy hisobotlarni tuzish hisobot yili tugashi bilan kelgusi yilning 1 
sanasidan boshlab hisobotni tashqi foydalanuvchilarga, eng avvalom bor, soliq idorasiga, 
topshirish  kunigacha  (keyingi  yilning  15  fevraligacha,  qo‘shma  korxonalar  uchun  –15 
martgacha, Vazirliklar uchun –1 aprelgacha) amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotni soliq 
idorasi  tomonidan  qabul  qilib  olingan  sana  moliyaviy  hisobotning  barcha  nusxalarida 
maxsus  tamg‘a  ichida  ko‘rsatiladi  va  hisobotni  qabul  qilib  olgan  soliq  idorasi  xodimi 
tomonidan imzolanadi. Ushbu  sanadan boshlab  moliyaviy hisobot rasmiy e’lon qilingan 
deb hisoblanadi. 
Moliyaviy  hisobotni  tuzish  sanasidan  boshlab  uni  rasmiy  e’lon  qilish  sanasigacha  
korxonalar  xo‘jalik  faoliyatida  ko‘zda  tutilmagan  holatlar  va  hodisalar  yuz  berishi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
232 
mumkin.  Bunday  holatlar  va  hodisalarni  tasniflash,  baholash,  ularni  tuzilgan  moliyaviy 
hisobotga  kiritish  yoki  kiritmaslik  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  Vazirligi 
tomonidan 1998 yil 23 dekabrda 578-tartib raqam bilan ro‘yxatga olingan 16-son BHMS 
«Kutilmagan  holatlar  va  buxgalteriya  balansini  tuzish  sanasidan  keyin    xo‘jalik 
faoliyatida yuz beradigan xodisalar»  bilan reglamentlashtirilgan. 
Ushbu  BHMS  ga  muvofiq    kutilmagan  holatlar  deganda  oxirgi  natijalari  (foyda 
yoki  zarari)    kelgusida  noaniq  xodisani  (xodisalarni)  haqiqatda  yuz  berishiga  qarab  
tasdig‘ini  oladigan  vaziyatlar  va  holatlar  tushuniladi.  Buxgalteriya  balansini  tuzish 
davomida  aniqlangan  bunday  holatlar,  odatda,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektga  foyda 
keltirishi  yoki  zarar  olib  kelishi  mumkin.  Misol  uchun,  hisobot  tuzish  vaqtida 
korxonaning  u  yoki  bu  debitori  bo‘lgan  tashkilotni  bankrotga  uchraganligi  to‘g‘risida 
ma’lumotni  olinishi  yoki  kreditor  tashkilot  bilan  sudlashish  jarayonining  davom 
etayotganligi va undan kutilayotgan natijani taxminan ma’lum bo‘lishi, korxonada balans 
tuzish  sanasidan    uni  e’lon  qilish  sanasigacha  yuz  bergan  tabiiy  ofatlardan  ko‘rilgan 
zararlar,  yong‘in,  toshqin  va  shu  kabi  favqulotdagi  hodisalarning  oqibatlari,  shu  davrda 
korxonaning  mulkiy  holatiga  ta’sir  etadigan  qimmatli  qog‘ozlar  emissiyasi  doir 
operatsiyalarni  yuz  berishi,  qimmatli  qog‘ozlarni  qayta  baholanishi  hisobot  yili  uchun 
tuzilayotgan  moliyaviy  hisobot  ko‘rsatkichlariga  turlicha  ta’sir  etishi  mumkin.  Shuning 
uchun  ham  kutilmagan  holatlarning  natijalari  kelgusida  aniq  bo‘lsada,  lekinda 
muhimliligiga qarab ular hali e’lon qilinmagan moliyaviy hisobotga kiritilishi yoki unga 
ilova qilinadigan tushuntirish xatida o‘z aksini topishi lozim.  
Kutilmagan  holatlar  va  xodisalar  16-son  BHMS  ga  muvofiq  (p.5)  ikkita  guruhga 
bo‘linadi: 

 Kelgusida  yuz  beradigan  va  buxgalteriya    balansini  tuzish  sanasida  mavjud 
bo‘lgan    hodisalar    -ushbu  hodisalarning  natijalari  (foyda  yoki  zararlar)    moliyaviy 
hisobotda  hisoblash  tamoyiliga  muvofiq    ularni  yuz  berish  ehtimoli,  summasini  aniq  
topish  imkonini  borligiga qarab aks ettiriladi. Jumladan, zararlar hisoblash tamoyili va 
yuqorida  keltirilgan  yuz  berish  ehtimoli  va  zarar  summasini  real  aniqlash  imkoniyatlari 
mezonlariga ko‘ra hisobotda quyidagi tartibda aks ettiriladi: 
 
Kutilmagan holatni yuz 
berish ehtimoli 
Kutilmagan holat 
bo‘yicha summa  aniq 
Kutilmagan holat 
bo‘yicha summa aniq 
emas 
Ehtimoli bor 
Zarar 
va 
majburiyatlar 
hisoblanadi  va  moliyaviy 
hisobotga  kiritiladi 
Zarar va majburiyatlar 
hisoblanmaydi, moliyaviy 
hisobotga  kiritilmaydi, 
lekinda tushuntirish xatida 
sabablari va kutilayotgan 
oqibatlari ochib beriladi 
Ehtimoli yo‘q 
Hisoblash ham, ochib berish ham talab qilinmaydi 
 
Moliyaviy  hisobotni  tuzish  davrida  mavjud  bo‘lgan  kutilmagan  holatlar  bo‘yicha 
foyda moliyaviy hisobotda quyidagi tartibda aks ettiriladi: 
 
Kutilmagan holatni yuz 
berish ehtimoli 
Kutilmagan holat 
bo‘yicha summa  aniq 
Kutilmagan holat 
bo‘yicha summa aniq 
emas 
Ehtimoli bor 
Foyda hisoblanmaydi, 
Hisoblash ham, ochib 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
233 
tushuntirish xatida vujudga 
kelish ehtimolini borligi 
ko‘rsatiladi 
berish ham talab 
qilinmaydi 
Ehtimoli yo‘q 
Hisoblash ham, ochib berish ham talab qilinmaydi 
 
 

 Kelgusida  yuz  beradigan  va  buxgalteriya    balansini  tuzish  sanasida  mavjud 
bo‘lmagan    hodisalar  –  ushbu  hodisalar  va  ulardan  kutilayotgan    natijalar  (foyda  yoki 
zararlar)    moliyaviy  hisobotga  va  unga  ilova  qilinadigan  tushuntirish  xatiga    umuman 
aloqador  hisoblanmaydi.  Shuning  uchun  ular  hisobotda  va  unga  ilova  qilingan 
tushuntirish xatida umuman aks ettirilmaydi. 
Moliyaviy  hisobotda  uni  rasmiy  e’lon  qilgan  sanadan  keyin  aniqlangan  va  o‘tgan 
hisobot  davriga  taalluqli  bo‘lgan,  lekinda  moliyaviy  hisobotda  aks  ettirilmayin  qolingan 
hodisalar  kutilmagan  holatlar  va  hodisalar  hisoblanmaydi.  Bunga  misol  qilib,  qaysi  bir 
schyot-faktura 
summasini 
daromadga 
olinmaganligi, 
harajatlarni 
noto‘g‘ri 
hisoblanganligi  va  bularning  natijasida  moliyaviy  hisobot  ko‘rsatkichlarida  xatoliklarga 
yo‘l  qo‘yilganligini  aytish  mumkin.  Soliq  Kodeksiga  muvofiq    soliq  tekshiruviga  qadar 
korxonaning  o‘zi  tomonidan  o‘tgan  hisobot  yillar  bo‘yicha  topilgan  xatolarni  tuzatilishi 
va  soliq  idorasiga  qayta  hisob-kitoblarni  topshirilishi  moliyaviy  jazolarga  (penya 
hisoblashdan  tashqari)  tortilmaydi.O‘tgan  yillarda  yo‘l  qo‘yilgan  xatolarni  korxonalar 
nafaqat  o‘zlarining  kuchlari  bilan,  balkim  mustaqil  auditorlik  tashkilotlarini  shartnoma 
asosida  jalb  etish  va  auditorlik  tekshiruvini  o‘tqazish  orqali  ham  amalga  oshirishlari 
mumkin.  
 
 
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 
 
 
1.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri  
a) Balans analitik hisob ma’lumotlari asosida tuziladi 
b) Balans bosh kitob ma’lumotlari asosida tuziladi 
v) Balans daromad va harajatlarni aniqlash uchun tuziladi 
g) Balans moliyaviy hisobotning boshqa shakllari asosida tuziladi 
 
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri 
a) Sof tushum balansda ko‘rsatiladi 
b) Sof tushum pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi  
v) Sof tushum moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi  hisotda ko‘rsatiladi  
g) Sof tushum xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi 
 
3.Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 
a) Balansdan tashqari schyotlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi 
b) Tranzit schyotlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi 
v) Doimiy schyotlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi 
g) Barcha schyotlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi 
 
    
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
234 
 4.Quyidagilarni qaysi biri xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi? 
a) Debitorlarning voz kechilgan qarzlari 
b) Xodimlarning voz kechilgan qarzlari 
v) Bepul berishdan ko‘rilgan zararlar  
g) Aksiyalar soni 
 
 5. Valyuta kurslaridagi salbiy farqlar  
     a) Balansda  aks ettiriladi 
b) Xususiy  kapital to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi 
v) Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi 
     g)  Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi 
  
      6. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni 
a)  Sho‘’ba korxona tuzadi 
b)  Bosh korxona o‘zi uchun tuzadi 
v)  Guruh uchun bosh korxona tuzadi 
g)  Vazirlik tuzadi 
 
7. Debitorlik qarzni oshishi    
a) Pul kirimini ko‘paytiradi 
b) Pul kirimini kamaytiradi  
v) Pul chiqimini kamaytiradi 
g) Pul oqimiga ta’sir o‘tqazmaydi 
 
     8. Amortizatsiya harajatlari 
a)  Pullik to‘lovlarni oshiradi 
b)  Pullik to‘lovlarni kamaytiradi 
v)  Pul oqimiga ta’sir etmaydi 
g)  Pul kirimini oshiradi 
 
9. Moliyaviy hisobotga kiritiladi    
a) Hisobot yilidan keyingi 10 yanvarda yuz bergan yong‘indan ko‘rilgan zarar 
b) 10 yanvarda oldingi yil dekabr oyi uchun olingan suv to‘lovi schyoti  
v) 10 yanvarda qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashda hisoblangan foyda 
g) 10 yanvarda sud ajrimi uchun hisoblangan to‘lov 
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling