K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Avtotransport korxonalari faoliyatida avtotransportga qo‘yiladigan avtoshinalar, akkumulyator va shu kabi boshqa agregatlar muhim o‘rin


Download 6.22 Mb.
bet143/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Avtotransport korxonalari faoliyatida avtotransportga qo‘yiladigan avtoshinalar, akkumulyator va shu kabi boshqa agregatlar muhim o‘rin tutadi. Ushbu ehtiyot qismlami hisobdan chiqarib borishning belgilangan tartibi ham bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Chunonchi, ulami avtomashinalargaqo‘yilgaii vaqtida hisobdan chiqarish aynan shu davrgato‘g‘ri keluvchi tannarx summasini keskin oshib ketishiga olib keladi. Ushbu aktivlami belgilangan xizmat muddatlarida bir maromda hisobdan chiqarib borish tartibini qodlash tannarxni keskin oshib ketishi oldini oladi. Shuning uchun ham avtotransport korxonalarida ehtiyot qismlami hisobdan chiqarib borishning rasional usulini tanlab olish vaunga amal qilish ular hisob siyosatining muhimjihatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bozor munosabatlari avtotransport korxonalarida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi kabi dargumon debitorlik qarzlami bevositayoki tashkil qilinadigan maxsus rezerv evaziga hisobdan chiqarish usullaridan birini hisob siyosatida aniq belgilash talabini qo‘yadi.
Avtotransport yordamida bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lar avtotransport korxonalarida turli xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xo‘jaliklar (masalan, dispetcherlik bo‘limi, ta’mirlash sexlari, avtomobil yoqilg‘ ilarini quyish shoxobchalari, garaj, omborxona, tibbiy ko‘rik bo‘ limi va shu kabilar) faoliyatini uzluksiz kuzatish hamda hujjatli asosda hisobga olib borishni ta’qozo etadi. Ushbu xususiyatlar avtotransport korxonalarida o‘zigaxosboshlang‘ich hujjatlar tizimini shakllantirishni, ulami tuzilishidan tortib, to arxivga topshirili shiga qadar bo‘lgan aylanish grafigini aniq belgilashni, shuningdek boshlangrich hujjatlar asosida tegishli hisob registrlarini yuritish talabini qo‘yadi.
Avtotransport korxonalarida boshqa korxonalar singari buxgalteriya hisobi jumal-order, memorial-order, bosh-jumal va ixchamlashtirilgan shakllardan biri bo‘yicha qo‘lda yoki zamonaviy kompyuterli texnologiyalarga asoslanilgan holda yuritilishi mumkin. Tanlangan hisob shakli, unga mos hisob registrlarini yuritish taqsimoti va tartibi avtotransport korxonasi hisob siyosatida aniq ifodalangan bo‘lishi lozim.
Avtotransport korxonalari faoliyatining xususiyatlari ularda o‘ziga xos ishchi schotlar rejasini ishlab chiqishni hamda uni qo‘llashni talab qiladi. Chunonchi, avtotransport yordamida bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmatjlaming naqd pul va naqdsiz pulga amalga oshirilishi, ulami qo‘ shilgan qiymatisolig‘igatortilishidagi xususiyatlar, tovar-moddiyboyliklami xizmat muddati davomida bir maromda hisobdan chiqarib borishning muhim ahamiyat kasb etishi va boshqa jihatlar ishchi schotlar rejasida alohida maxsus schotlarni nazarda tutishni zarurat qilib qo'yadi. Ishchi schotlar rejasida nazardatutilishi lozim bo'lgan bunday schotlar vaulamingynritilish tartibiga keyingi ma’ruzalarda alohida to‘xtalamiz.

    1. Avtotransport korxonalarida buxgaltcriya hisobining vazifalari

Avtotransport korxonalarida boshqa korxonalar singari buxgalteriya hisobining obyektlari bo‘lib asosiy va asosiy bodmagan faoliyat turlari, ularni tashkil qiluvchijarayon vaoperatsiyalar, faoliyat turlarining olib borilishini ta’minlovchi aktivlar.aktivlami tashkil topishmanbalari. shuningdekerishilgan moliyaviy natijalar hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining ushbu obyektlari avtotransport korxonalarida, bir tomondan, o‘ziga xos xususiyatlarga, ikkinchi tomondan esa, barcha korxonalardagi umumiyjihatlargaega.
Avtotransport korxonalat i asosiy faoliyatini bevosita avtotransport vositalari bilan bogdiqligi buxgalteriya hisobidan avvalambor ushbu vositalaming mavjud holati va harakati, ular yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlar, olingan daromad va qilingan xarajatlar, avtotransport xizmatidan erishilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi axborotlami yigdsh, qayd etish, guruhlash, jamiash kabi funksiyalami bajarishni taqozo etadi. Bundan tashqari hisob xodimlari avtotransport vositalari ish faoliyatini soniy vasifatjihatdan ifodalovchi kod'satkichlami doimiy nazorat vatahlil qilish, nazorat vatahlil natijalarini tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida rahbariyatga hamda boshqa foydalanuvchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish kabi funksiyalami ham bajarishlari lozim.
Avtotransport tomonidan bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmatjlar naqd hamda naqdsiz pulga amalga oshiriladi. Avtotransport korxonalari tomonidan naqd pulga ko‘rsatilgan xizmatlar aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlaming muhim turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu pullik xizmatlaming hajmi avtotransport korxonalarining kassasiga topshirilgan pul miqdori bilan, shuningdek sotilgan yo‘l chiptalari, talonlar hamda haydovchilar tomonidan yo‘ Ida yoqilgd sotib olish uchun sarflangan yo‘l puli miqdoridan iborat bodadi. Naqdsiz pulga avtotransport xizmatlari tuzilgan shartnomalar asosida ko‘rsatiladi. Ushbu xizmatlar hajmi buyurtmachilarga taqdim etilgan va ular tomonidan todov uchun qabul qilingan schot-fakturalar asosida aniqlanadi. Ushbu xususiyatlar avtoxo‘jaliklarda bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar hajmini hisob-kitob va to‘lov turlari bo‘yicha alohida-alohida hisobga olish zarurati borligidan darak beradi.
Avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lami qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ga tortishda ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Chunonchi, birgina avtotransport yordamida yo‘lovchi tashishda shahar ichi marshrutlaridan tushgan tushumlar QQSga tortilmaydi. Shaharlararo va shahar hududidan 10 kilometrdan ortiq masofadagi manzillarga yo‘ lovchi tashishdan tushgan tushumlar QQSga tortiladi. Yuk tashishdan tushumlar ulaming shahar ichi yoki shaharlararo qatnovidan qat’i nazar QQS to‘lovchi avtotransport korxonalarida QQSga tortiladi. Avtotransport tomonidan bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lami QQSga tortishdagi ushbu xususiyatlar buxgalteriya hisobi oldiga avtotransport korxonalarida QQSga tortiladigan hamda unga tortilmaydigan daromadlami alohida hisobga olish talabini qo‘yadi.
Avtotransport korxonalari faoliyatida transport vositalarining muhim ahamiyatga molikligi haydovchilar hamda boshqa texnik xodimlar mehnati va ular mehnatiga haq to‘lashni tashkil qilishda o‘ziga xos yondashishni talab qiladi. Chunonchi, avtotransport vositalarini ekspluatasiyaqilish hamda ularbutligjni vaishga loyiqligini ta’minlash zarurati, avtotransportning turlari, markalari, ulaming yuk tashish imkoniyatlari, boshqarish daraj asining murakkabligi, maxsus razryadlami talab qilishligi yoki qilmasligi, ishlash rej imlari va shu kabi boshqa omillar avtoxo‘jaliklarda mehnatni tashkil qilishning mos ravishda moddiy javobgarlikning yakka hamda brigada shakllaridan keng foydalanishni, shuningdek mehnatga haq to‘lashning ishbay va vaqtbay turlarini keng qo‘llashni taqozo etadi. Ushbu xususiyatlar avtoxo‘jaliklarda mehnat va mehnatga haq to‘ lash hisobini tashkil qilishda maxsus yondashishni zarurat qilib qo‘yadi.
Avtotransport vositalarining ish faoliyati ulami harakatga keltiruvchi yoqilg‘i, yog‘lash materiallari, ehtiyot qismlar va shu kabi boshqa moddiy boyliklaming tegishli miqdorda mavjudligiga, ulaming butligi, sifati va boshqa jihatlariga bogiiq. Shu bois ham ushbu aktivlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish avtoxo‘jaliklar faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling