K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Download 6.22 Mb.
bet2/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Ахборот ресурс маркази
ISBNpp^^-3J7-32-_l^


УДК:657.1(075)
ТошДАУ TamD#K
65 05И,я73
© “AD1В NASHRIYOTI” МЧЖ, 2011 © Urazov К.В., Vaxidov S.V.
0’bekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining
80 yilligiga bag’ishlanadi.
К IRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyoti ravnaqida lining har bir tarmog‘i va sohasi o‘z o‘rniga ega. Chunonchi, respublikamizda 2009 - yilda yaratilgan

  1. mlrd. so‘mlik yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 46,1 foizi tovarlar ishlab chiqarish sohasiga, 47,2 foizi xizmatlar ko‘rsatish sohasiga, 6,7 foizi esa mahsulotlar hamda eksport-import operatsiyalaridan ol i ngan sof soliqlargato‘g‘ri keldi1. Agar o‘nyil oldin, ya’ni 2000 - yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoatning hissasi atigi 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 - yilda bu ko‘rsatkich 24 foizni, transport va aloqaning ulushi tegishliravishda7,7 va 12,4 foizni tashkil etdi, xizmatlar bo‘yichaburaqam 37 foizdan49foizgao‘sdi. Qishloqxo‘jalining ulushi esa 30,1 foizdan

  1. foizga tushdi2.

Iqtisodiyotning bare ha tarmoq va sohalari bir-biridan farqli jihatlarga ega. Ushbu farqli jihatlar ularni boshqarish uchun kerakli bo‘lgan axborotlami yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash va uzatish vositasi bo‘lgan buxgalteriyahisobigaham o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy hoi. Aynan shular boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobini maxsus fan sifatida o‘rganilishi va o‘qitilishini taqozo etadi.
«Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» fanining asosiy maqsadi iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari da buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlarini ochib berish, talabalarda turli tarmoq va sohalarga tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalami shakllantirishdan iborat.
E’tiborlaringizga havolaetilayotgan ushbu darslik «Boshqatarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» fanining namunaviy dasturiga muvofiq tayyorlangan. U «Buxgalteriya hisobi va audit» ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlarga mo‘ Ijallangan.
Darslik o‘z ichiga to‘rtta bo‘ limni olgan, bubo‘liinlarda iqtisodiyotning alohida tarmoq va sohalariga, chunonchi qurilish, qishloq xo‘jaligi, avtotransport va savdo tarmoqlariga tegishli turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari yoritilgan.
Darslikning «Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari» nomli birinchi bo‘limida ushbu sohaga tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiningtashkiliy-huquqiy asoslari, ulaming texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqajihatdan mavjud bo‘lgan xususiyatlari, ushbu xususiyatlaming buxgalteriya hisobini tashkil qilishgata'siri ko‘rsatib berilgan. Alohida e’tibor qurilish mashinalari ish faoliyati, ulami saqlash xarajatlari, amortizatsiyasi, qurilish materiallari, qurilish va qurilish - montaj ishlarining bajarilishi, buyurtmachilarga topshirilishi, daromadlami tan olish va bajarilgan ishlar tannaxxini kalkulyatsiya qilisli usullari, soliq va to‘lovlar hamda yakuniy moliyaviy natijalami hisob va hisobotda aks ettirishdagi xususiyatlarga qaratilgan.
Darslikning «Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari» nomli ikkinchi bo‘limida qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar, chunonchi asosiy podani shakllantirish, ko‘p yillik o‘simliklar, o‘stirishdagi va boquvdagi mollar, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari, ulami tannarxini aniqlash, yordamchi va umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish, soliq to‘lovlari va yakuniy moliyaviy natijalami shakllantirish, ulami hisob va hisobotda aks ettirishdagi xususiyatlar ochib berilgan.
Darslikning «Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari» nomli uchinchi bo‘limi transport sohaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish xususiyatlariga bag‘ishlangan. Unda, chunonchi, avtotransport vositalari, ulaming ish faoliyati, amortizatsiyasi, yoqilg‘i, yogMash materiallari, ehtiyot qismlar hisobini yuritish tartibi, Shuningdek, avtotransport xizmatlaridan olinadigan daromadlami tan olish va bajarilgan ishlar tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari, soliqlar vato‘lovlar, yakuniy moliyaviy natijalaming shakllantirilishi hamdaulami hisob va hisobotda aks ettirishdagi xususiyatlar ochib berilgan.
Darslikning «Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari» nomli to‘rtinchi bo‘limi ulgurji va chakana savdo, Shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalarida tovarlar, ulaming kirimi va sotilishi, savdo ustamalari, olingan daromadlar, xarajatlar, soliq to‘lovlari, yakuniy moliyaviy natijalaming shakllantirilishi hamda ularni hisob va hisobotda aks ettirishdagi xususiyatlarga baghshlangan.
Darslikning har bir bobi oxirida yoritilgan mavzuga doir tayanch atama va iboralar, o‘z -o‘zini nazorat qilish maqsadida testlar, xolatiy masalalar berilgan, shuningdek mavzulami chuqur o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan me’yoriy hujjatlar, davriy adabiyotlar va boshqa manbalar ro‘yxati keltirilgan.
Darslikning 1,3,4-bo‘limlari iqtisod fanlari doktori, professor K.B. Urazov tomonidan yozilgan, uning 2-bo‘ limi esa mualliflar tomonidan hamkorlikaa tayyorlangan.
Darslikdan joy olgan ayrim mavzular respublikamizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha chop etilgan boshqa darslik va o‘quv qo‘llanmalarida yetarlichao‘z aksini topmagan. Shu bois, muallitlar taqrizchilarga, darslikni chop etilishida ko‘maklashgan barcha hamkasabalarga, shuningdek uni yanada boyitish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini beruvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladilar.



I bo lim. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI

  1. bob. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA
    HISOBINITASHKIL QILISH ASOSLARI


    1. Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi subyekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivoj lanishida qurilish tarmog‘ i muhim o‘rini tutadi. Aynan ushbu tarmoqqa kiruvchi qurilish tashkilotlari orqali iqtisodiyotning barcha sohasigareal investitsiyalar kiritiladi. Qurilish tarmog‘i mamlakatimiz iatisodiyotining barcha sohasidayangi quwatlami qurish, ishga tushirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash, rekonstruktsiya qilish, kengaytirish, ta’mirlash va boshqa shu kabi ishlami amalga oshirishning bosh ijrochisi hisoblanadi.
Mamlakatimizda qurilishga qilinayotgan investitsiyalar yildan yilga oshib bormoqda. Chunonchi, 2009- yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalaming umumiy hajmi 12531,9 mlrd.so‘mni yoki 2008 - yilda qilingan investitsiya hajmiganisbatan 124,8 foizni tashkil qildi. Kiritilgan investitsiyalaming 75,7 foizi ishlab chiqarish sohasiga, qolgan 24,3 foizi esa noishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keldi3.
0‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligi tarmoqlari klassifikatorigamuvofiq qurilish tashkilotlarining alohidaturlarigaquyidagi tarmoq kodlari ajratilgan:

  • 60000 -Qurilish;

  • 61000 -Pudrat vaxo‘jalik usulidaqurilish, montaj va boshqa ishlami olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar;

  • 62000 -Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshootlarni kapital ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar;

  • 63000 - Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshootlarni ta’mirlash, aholi buyurtmasigako‘rayashashjoylarini ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;

  • 65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;

  • 66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari;

- 69000 - Qurilish xo'jalik boshqarmalari
Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi subyektlar sifatidaturli belgilari bo‘yicha tasniflash rnumkin.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling