K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Download 6.22 Mb.
bet8/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Oferta qurilish loyihasi - inj iniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish bo‘yicha takliflami o‘zida mujassamlashtiruvchi tanlov hujjati.
Qurilish smetasi - bu qurilish ishlarini bajarishga ketadigan sarf- xarajatlami o‘zida ifoda etuvchi hujjat
Qurilish hisobi - bu makon va zamonda yuz bergan va berayotgan qurilish ishlarini miqdorjihatdan o‘ lchash va sifat jihatdan tavsiflash vositasi.
Qurilish tashkilotining hisob siyosati - bu qurilish tashkiloti rahbariyati tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobining tashkiliy shakli, xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga asos bo‘luvchi hujjatlar tizimi, ishchi schotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishi, tovar-moddiy boyliklami inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa tartib-qoidalami o‘zida mujassamlashtirgan ichki me‘yoriy hujjat.
Nazorat qilish uchun test savol-javoblari

  1. Qurilish-bu:

  1. xalq xo‘jaligining tarmog‘i;

  2. jarayon;

v)faoliyatturi;
g) oldingi barchajavoblaming barchasi to‘g‘ri.

  1. Qurilish tashkilotlari:

  1. aksiyadorjamiyatlari boiishi mumkin emas;

  2. kichik korxona bo‘la olmaydi;

v) mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lishi mumkin emas;
g) oldingi barchajavoblar noto‘g‘ri.

  1. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi obyektlariga kiradi:

  1. aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital;

  2. xo‘jalik faoliyati turlari;

v) xo‘jalik faoliyati natijalari;
g) yuqoridagi javoblarda keltirilganlaming barchasi.

  1. Qurilish tashkiloti hisob siyosatini:

  1. Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi;

  2. Moliya Vazirligi tasldiqlaydi;

v) <<0‘zdavarxitektqurilish>> AK tasdiqlaydi;
g) Qurilish tashkilotining rahbar organi tasdiqlaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. — T.: 0‘zbekiston, 2010.

  2. Karimov l.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Norma” iqtisodiy—huquqiy ro'znoma №3 (288) 25 - yanvar 2011 yil.

  3. 0‘zbekiston Respublikasining qonuni «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashtirish to‘g‘risida», 2000-yil 25-may (keyingi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  4. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Kapital qurilishda xo'jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida», 2003 - yil 12 - sentyabr, 395-son.

  5. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003-yil 24-sentyabr, 4095-son.

  6. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos. 0‘z.R. AVtomonidan 1998-yil 14-avgustda ro'yxatga olingan, № 475.

  7. BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. 0‘zR AV tomonidan 1998-yil 14-avgustda ro‘yxatga olingan, № 474.

  8. Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - T.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti», 2004.

  9. Urazov K.B. Investitsiyalaming buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi. - T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, SBX gazetasi kutubxonasi, № 6, 2003.

  1. bob. QURILISHTASHKILOTLARIDAASOSIY VOSITALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

    1. Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi

Qurilish ishlarini turli mehnat qurollari hamda vositalarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunonchi, yerosti va ustidagi, turli chuqurlik va balandliklardagi ishlarni bajarish uchun qurilish tashkilotlariga harakatlanuvchi kranlar, buldozerlar, ekskavatorlar, beton qorish mashinalari, bo‘yoq va ohak purkagich apparatlar, elektr randa va arralar hamda boshqa shu kabi maxsus texnika, mashina va mexanizmlar kerak boMadi. Bundan tashqari, qurilishgakerakli bo'igan ko‘p miqdordagi materiallami tayyorlash, saqlash va ulami qurilish maydonehalariga o‘z vaqtida yetkazib berish turli ta‘minot, ishlab chiqarish va boshqa jarayonlaming bajarilishini ta‘minlovchi binolar, inshootlar, transport va boshqa mehnat vositalariga ega bo‘lishlikni taqozo etadi. Bulaming barchasi qurilish tashkilotlarida asosiy vositalami muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Bu, o‘z navbatida, qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakati, ulardan samarali foydalanish, mehnat qurollari va vositalarining eskirishi va yangilanishi ustidan uzluksiz nazoratni o‘matish, shuningdek ular hisobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish talabini qo‘yadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan asosiy vositalami buxgalteriya hisobi obyekti sifatida turlicha tasniflash mumkin (2.1 -jadval).

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling