K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Asosiy vosita bosh!ang‘ich qiymatining hisob-kitobi Nomi- beton qorish mashinasi


Download 6.22 Mb.
bet11/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Asosiy vosita bosh!ang‘ich qiymatining hisob-kitobi Nomi- beton qorish mashinasi

T/r

Hujjat

Operatsiya mazmuni

Summa

Korr. schotlar

Л*

sana

Dt

Kt

1.

2

5.01.07

Minsk zavodi. mashina qiymati

18000000

0820

6010

2.

36

15.01.07

Bojxona tolovlari

4200000

0820

6990

3.

6

15.01.07

A. Xaydarovning avans hisoboti

800000

0820

6970

4.

41

15.01.07

«Rauf» brokerlik kontorasi

200000

0820

6990

5.

25

15.01.07

Samarqand temir yol uzeli

600000

0820

6990

6.

12

15.01.07

Avtovol

1200000

0820

6990

7.

26

15.01.07

Samarqand DAN

50000

0820

6990










Jami

25050000

0130

0820

Bosh hisobchi



Ushbu hisob-kitob sotib olingan asosiy vositalami boshlang‘ich qiymati bo‘yicha kirim qilinishiga, ular bo‘yicha inventar kartochkalami yuritishga, shuningdek mehnat qurollari va vositalarini joriy hisob registrlari hamda hisobotlarda aks ettirishga asos bo‘ladi.



    1. Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakatining hisobi

Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar singari asosiy vositalaming sintetik va tahliliy hisobini respublikamizning qonunlari va qonunosti hujjatlari asosidaolib borishlari lozim.
21 -son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq asosiy vositalaming sintetik hisobi 0100 «Asosiy vositalar hisobi schotlari» tizimida ochiladigan schotlarda olib boriladi.
0110 «Yer» schotida qurilish tashkilotlari ixtiyoriga qonun hujjatlariga muvofiq mulk sifatida berilgan yer uchastkalari aks ettiriladi.
0120 «Binolar, inshootlarva uzatish qurilmalari» schotida quyidagi tarkibdagi asosiy vositalar hisobi yuritiladi:

  • binolar - bu ishlab chiqarish, ma’muriy boshqaruv va boshqa ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan binolar (sexlar, omborlar, yuvinish xonalari, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi obyektlar). Binolar tarkibiga ulami normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta‘minoti, lift, yong‘inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi.

  • inshootlar-ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shoxobchalari, nasos stansiyalari, sement va suv havzalari va sig‘imlari, asfaltlangan yo‘llar vayo‘lkalar.

  • uzatish qurilmalari - elektr liniyalar, gaz, suv, bug1 o‘tkazuvchi quvurlar va boshqalar.

0130 «Mashina va uskunalar» schotida yerga mustahkam o‘matiladigan varelsda yurituvchi kranlar va elektrokranlar, ekskavatorlar, buldozyerlar, beton qorish mashinalari, transportyerlar, ko‘tarish-tushirish qurilmalari, grederlar, burg‘ulash, arralash, randalash, temir-tersaklami kesish, ulash, bo‘yoq, ohak va suv purkash apparatlari hamda stanoklari, issiqlik pechlari, kompressorlar, o‘lchov tarozilari va boshqa maxsus mashina hamda uskunalaming hisobi olib boriladi.
0140 «Mebel va ofis jihozlari» schotida shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalarining hisobi yuritiladi.
0150 «Kompyutyer uskunasi va hisoblash texnikasi» schotida kompyutyerlar va ularga o‘matiladigan periferiya qurilmalari (printer, skaner, modem vaboshqalar)ning hisobi olib boriladi.
0160 «Transport vositalari» schotida yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, avtobuslar, traktorlar, pritseplar va boshqa transport vositalari hisobga olinadi.
Asosiy vositalaming tahliliy hisobi 13-jumal-orderda, shuningdek har bir inventar obyektning kodi (tartib raqami) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda (OS-7 shakl «Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi», OS-9 «Asosiy vositalaming inventar ro‘yxati») yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar asosiy vositalar kelib tushganda ochiladi va ulaming butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalami kiritish, bepul olinishi, ta‘sis badali sifatida kirim qilinishi evaziga ko‘payishi, shuningdek ulaming boshlang‘ich qiymati qayta baholash hisobidan oshishi mumkin.
Kapital investitsiyalar - bu qurilish tashkilotlarining yangi obyektlami qurishga, eski obyektlami kengaytirish, rekonstruksiya va modemizatsiya qilishga, shuningdek asosiy vositalarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari majmuasi. Xalqaro standartlarda va 0‘zbekiston Respublikasining milliy standartlarida (5-son BHMS) bu xarakterdagi xarajatlar asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymatini ko‘paytiradigan xarajatlar deb tan olinadi.
Kapital investitsiyalar xarakterigako‘raichki investitsiyahisoblanadi, ular bevosita qurilish tashkiloti qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablagiardir.
Qurilish tashkilotlari o‘z maqsadlaridagi kapital investitsiyalami ikki usulda amalga oshirishlari mumkin: pudrat usulida va xo‘jalik usulida. Ushbu usullarda amalga oshirilgan kapital investitsiyalaming hisobi 0810 «Tugallanmagan qurilish», 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish», 0890 «Boshqa kapital qo’yilmalar» schotlarida olib boriladi.
0810 «Tugallanmagan qurilish» schotining debetida qurilish tashkilotlari tomonidan sarflangan kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanadi, kreditida esa kapital investitsiya summasini asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymatiga kiritilishi aks ettiriladi. Schotning qoldig‘i debet tomonida bo‘lib, u tugalkmmagan qurilishga to‘g‘ri keladigan kapital qo ‘ у i 1 m alar sum mas i n i ko‘rsatadi.
0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» schotining debetida ta‘minotchidan qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek uni tashib keltirish, o'matish, montaj qilish va boshqa xarajatlar aks ettiriladi, kreditida esa schotning debetida to‘plangan summani asosiy vositalaming boshlang‘ ich qiymatiga kiritilishi ko‘rsatiladi. Debet va kredit aylanmalari summalari teng boMganligi uchun bu schot saldoga ega bodmaydi.
0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» schotidayuqoridagi schotlarga kiritilmagan kapital investitsiyalarjumladan asosiy vositalarni kengaytirishga, rekonstruksiya vamodemizatsiyasiga sarflangan kapital qo‘yilmalar hisobga olinadi. Bu xarakterdagi qo’yilmalarning summalari kengaytirish, rekonstruksiya va modemizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda bo‘lib kelgan asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Qurilish tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik va j ismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar shartnomalar, schot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling