Eskirishni hisoblashning kumulyativ usuli. Ushbu usulda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib ham boshlang‘ich qiymat yoki chamalangan tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan bosh!ang‘ich qiymat hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Amortizatsiya me’yori sifatida xizmat yillari sonini xizmat yillari sonlarining yig‘indisiga nisbati olinadi. Faqat ushbu nisbat birlik qo‘llanishda teskari holda ishlatiladi.
Misol. Kranning boshlang ‘ich qiymati 40000000 so‘m deylik. Tugatish qiymati 1-holatda 5 foiz, ya ’ni 2000000 so ‘m belgilangan, 2-holatda esa ko'zda tutilmagan. Kranning xizmat muddatida 10 yil. Xizmat yillari sonlariyig ‘indisi 55 (1 +2+3+4+5+6+7+8+9+10), mos ravishda amortizatsiya hisoblashda me" у or sifatida olingan sonlar nisbati: 1-yil uchun 10/55; 2-yil uchun 9/55, 3-yil uchun 8/55 va shu tarzda 10 yil uchun 1/55.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida kran bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha hisob-kitob qilinadi.
Birinchi holatda. 1 -yil uchun 6909090 so‘m (38000000*10/55; 2- yil uchun 6218182 (38000000*9/55) va shu tarzda 10-yilda 690909 (38000000*1/55).
Ikkinchi holatda. 1 -yil uchun 7272727 so‘m (40000000* 10/55; 2- yil uchun 6545454 (40000000*9/55) va shu tarzda 10-yilda 727273 (40000000*1/55).
Ko‘rinib turibdiki, kumulyativ usul yuqorida keltirilgan ikkita usuldan farqli o‘laroq asosiy vositalami tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilinishiga olib keladi. 0‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga muvofiq kumulyativ usulni qo‘ Hash mol-mulk solig‘ini kam to‘lashga olib keladi, chunki ushbu soliq bazasi asosiy vositalaming qoldiq qiymati hisoblanadi. Biroq, kumulyativ usul bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi, agar
u bir maromda hisoblash usulida hisoblangan eskirish summasidan katta bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq summasi daromad (foyda) solig‘i bazasiga qaytaqo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |