K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM- 7 shakl)


Download 6.22 Mb.
bet16/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM- 7 shakl) maxsus qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlami tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U pudratchi va buyurtmachilar (bosh pudratchi va subpudratchilar) o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblami amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi schot-fakturalarga ilova qilinadi.
Qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar ushbu texnika yordamida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar uchun daromad olishning asosiy manbai hisoblanadi. Bunday tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar ulami tasdiqlovchi hujjatlar (ESM-7, schot-faktura) asosidahisobdaquyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;
Kredit 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan daromadlar».
Qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlami olib borayotgan pudratchi tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar qiymati umumpudrat ishining tarkibiy qismi hisoblanadi va uning tannarxiga kiritiladi.

  1. Qurilish mashinalari va mexanizlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlarining hisobi

21 -son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq pudratchi tashkilotlar qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari hisobini 2500- «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida olib borishlari lozim. Qurilish tashkilotlari ushbu maqsadda o‘zlarining ishchi schotlar rejasida maxsus schotni, masalan, 2510-«Qurilish mashinalarini saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari» schotini ochishlari ham mumkin. Ushbu schotga qurilish mashina va mexanizmlarining turlari yoki guruhlari bo‘yicha alohida tahliliy schotlami ochish maqsadga muvofiq. Bu schotlarning debetida qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilishga doir barcha xarajatlar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida to‘planadi, kreditida esa sarflangan xarajatlarni hisobdan chiqarilishi, ya’ni ulaming tegishli obyekt tannarxiga kiritilishi aks ettiriladi.
Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari o‘z ichiga quyidagi moddalami oladi:
- qurilish mashinalari va mexanizmlarini boshqaruvchi xodimlar (mashinistlar, haydovchilarjga hisoblangan ishhaqi;

  • ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;

  • material xarajatlari (yoqilg‘i, moylash materiallari, ehtiyot qismlar, xo‘jalik materiallari va shu kabilar);

  • amortizatsiya xarajatlari;

  • joriy va kapital ta’mirlash;

  • turli xizmatlar (elektr energiya, suv, gaz, isitish, bug‘, transportirovka, ij ara va boshqa xizmat turlari).

Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiyasiga doir ushbu turdagi xarajatlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi (2.4-jadval):

  1. jadvaI


Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling