K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Vujudga keltirgan mamlakatiga ko‘ra


Download 6.22 Mb.
bet24/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Vujudga keltirgan mamlakatiga ko‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar mahalliy materiallar va xorijdan keltirilgan materiallarga bodinadi.
Materiallar hisobini to‘g‘riyuritishningmuhim shartlaridanbiri bo‘lib ular qiymatini to‘g‘ri baholash hisoblanadi. Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga muvofiq qurilish tashkilotlarida materiallarning hisob bahosi bo‘lib ularning tannarxi hisoblanadi. Qurilish materiallarining tannarxi ularning kelib tushish manbasiga ko‘ra turli elementlardan tashkil topadi. Chunonchi, sotib olingan materiallarning tannarxi o‘z ichiga ularning sotib olish baholaridagi qiymatini hamda sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, bojxonatoMovlari, sertifikatlash, brokerlaming xizmathaqlari vaboshqalar)ni oladi. Sotib olishdato‘langanqo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini materiallar qiymatiga qo‘shish yoki qo‘shmaslik qurilish tashkilotiningbu soliqningto‘lovchisi yoki to'lovchisi emasligiga bog‘liq. QQS to‘lovchi qurilish tashkilotlarida ta’minotchilarga (bojxonaga) to‘langan QQS summasi materiallar qiymatiga kiritilmaydi, balki budjetga to‘lanadigan QQS summasini topishda kamaytirishga olib boriladi. Ixchamlashtirilgan soliq rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish tashkilotlarida sotib olishda ta’minotchilarga (bojxonaga) to‘langan QQS summasi bevosita materiallar qiymatiga (tannarxiga) kiritiladi.
0‘z ishlab chiqarishidan olingan materiallar tannarxi ulami ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha moddiy, mehnat va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bunda bir birlik materialning o‘rtacha tannarxi kalkulyatsiya qilish yo‘li bilan qurilish materiallarini ishlab chiqishga sarflangan xarajatlaming jami summasini jami ishlab chiqilgan materiallarning miqdoriga bo‘lish orqali topiladi.
Ta’sischilardan olingan hamda beg‘araz (bepul) kelib tushgan materiallarning tannarxi deganda ularning shartnomalarda ko‘rsatilgan baholardagi qiymati tushuniladi.
Turli manbalardan olingan materiallar omborlarda va qurilish maydonchalarida FIFO, AVEKO yoki bir o‘zini identifikatsiyalash usullaridan biri asosidahisoblangan qiymati (tannarxi) bo‘yichahisobdan chiqarib boriladi.
FIFO usulda qurilish materiallarining chiqimi (qurilish ishlariga sarfi va boshqa chiqimlari) ulaming kelib tushish ketma-ketligidagi qiymati
(tannarxi) bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan, 20 yil 1 -may holatiga
omborda 10 tonna har bir tonnasining kirim bahosi 80000 so‘m bo‘lgan jami 800000 so‘mlik sement mavjud bodgan, may oyida ulaming tushumi quyidagicha bo‘lgan deylik:

H ii jj я t

Miqdori, t.

Bahosi

Summasi

.Vs

Sana

125

5 may

30

85000

2550000

142 -

15 may

20

90000

1800000




May oyida 5 5 tonna sement qurilish ishlariga sarflangan bo‘ Isa, u holda sementning qurilish tannarxiga kiritilgan qiymati FIFO usul bo‘yicha 4700000 so‘mni( 10*80000 + 30*85000 + 15*90000), 1-iyun holatiga omborda qolgan sementning qiymati 450000 so‘mni (5*90000) tashkil etadi.


AVEKO usulida materiallarning bosh qoldig‘i va kirimi asosida ularning o‘rtacha bahosi aniqlanadi. Keyin ushbu o‘rtacha baho sarflangan va qoldiq materiallarga ko‘paytirilib, mos ravishda ulaming qurilish qiymati (tannarxi)ga kiritilgan hamda qoldiqda qolgan qismlarining qiymati topiladi. Yuqoridagi madumotlarga ko‘ra 1 tonna sementning AVEKO usul bo‘yicha o‘rtacha bahosi 85833,33 so‘mni [( 800000 + 2550000 + 1800000) : (10 + 30 + 20)], qurilishga sarflangan sementning qiymati 4720833 so‘mni (55*85833,33), oy oxiridaqolgan sementning qiymati esa429167 so‘mni (5*85833,33)ni tashkil qiladi.
Materiallar qiymatini baholashning bir o‘zini identifikatsiya qilish usuli, odatda, yakka (individual) tarzda yaratilgan va o‘z analogiga ega bodmagan materiallarga (moslamalar, konstmksiyalarga) taalluqlidir. Sunday materiallar qaysi baholarda olingan bo‘Isa, o‘sha baholarda hisobdan chiqariladi.

    1. Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi

Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish ularning kelib tushishmanbalariga, tashib keltirish shartlari va usullariga, shuningdek nima maqsadlarda chiqim qilinganligi va boshqa holatlarga bevosita bog‘liqdir. Ushbu maqsadlarda qo‘llaniladigan boshlang‘ich hujjatlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar 3.1 -jadvalda keltirilgan.

  1. jadval


Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling