K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Download 6.22 Mb.
bet23/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Asosiy materiallar deganda obyektlami qurish, montaj qilish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh rolni o‘ynovchi materiallar tushuniladi. Ulaiga sement, g‘isht, taxta, bolar, armatura, truba, linoleum, marmar, granit, mix, oyna, ohak, bo‘yoq, gips va shu kabi ko‘plab boshqa materiallar kiradi. Ushbu materiallarsiz qurilish ishlarini olib borib bo‘lmaydi. Shu bois ham ushbu asosiy materiallarning mavjudligi, ulaming butligi, harakati ustidan uzluksiz nazoratni olib borish buxgalteriya hisobi oldida tuigan muhim vazifalaidan biridir.
Yordamchi materiallar deganda qurilish ishlarida bosh rolni o‘ynamaydigan, lekin ulaming bajarilishida qo‘ shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar tushuniladi. Bunday materiallar, masalan, pegmentlar, sinka, to‘l, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘rov mataiallari va shu kabilar hisoblanadi.
Ko‘rinishi,jismi va nomlanishiga ко‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallami ko‘plab turlarga aj ratish mumkin, masalan, temir vayog‘och materiallari, shisha materiallar, suyuq vaqattiqjismli materiallar va boshqalar.
Saqlash us align ko‘ra qurilish tashkilotlarida materiallami ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan materiallarga bo‘lish mumkin. Masalan, g‘isht, temir, truba, tosh va shu kabi materiallar ochiq ko‘rinishda turli maydonchalarda saqlanadi. Sement, ohak, gips, lak, bo‘yoqlar va boshqa shu kabi materiallar yomg‘ir va qor tegmaydigan, namiqmaydiganjoylarda, shuningdek maxsus saqlash moslamalarida (sistema, bochka va boshqalarda) saqlanadi.
Saqlash muddatiga ko‘ra qurilish materiallari muddati chegaralangan vamuddati chegaralanmagan turlarga boMinadi. Masalan, sement, ohaq, gips, bo‘yoqlar va shu kabi ayrim materiallar ma’lum muddatlardan keyin o‘z sifatini yo‘qotadi. Shu bois ular belgilangan muddatgacha saqlanishi lozim. Ko‘pchilik qurilish materiallari o‘z sifatini uzoq muddatlarda yo‘qotmaydi, masalan marmar, granit, temir-tersaklar, yog‘och, bolar va shu kabilar. Biroq, moddiy javobgar shaxslar ushbu materiallaming sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, masalan zanglash, eroziya, qurib qolish, namiqish, shishib ketish, yorilish kabi salbiy holatlaigayo‘l qo‘ymasliklari loam.
Kiniga tegishliliga ко ‘ra qurilish ishlarida ishlalilayotgan materiallami pudratehi qurilish tashkilotning va buyurtmachi tashkilotning materiallariga bo‘lish mumkin. Birinchi turdagi materiallar asosida bajarilgan ishlar pudratehi tashkilotning o‘z materiallari asosida bajarilgan hisoblansa, ikkinchi turdagi ishlar esa buyurtmachilar materiallari asosida bajarilgan ishlar hisoblanadi. Har ikkala holatda ham sarflangan materiallar qurilish obyektining qiymatiga (tannarxiga) kiritiladi. Agar qurilish ishlari buyurtmachilaming bergan materiallari asosida bajarilgan bo‘ Isa, u holda ulaming qiymati o‘zaro hisob-kitoblar summasigakiritilmaydi.
Ishlab cltiqilganligiga ko‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar o‘zi ishlab chiqqan va o‘zi ishlab chiqmagan materiallarga boMinadi. Chunonchi, qurilish tashkilotining yordamchi ishlab chiqarish
bo’linmalari tomonidan ishlab chiqilgan va qurilish obyektlarida ishlatilgan g‘isht, blok, eshik, ramka, turli moslama va konstruksiyalar o‘z ishlab chiqarishidan olingan qurilish materiallari hisoblanadi. Sotib olingan, buyurtmachilardan, ta’sischilardan va boshqa tashqi shaxslardan kelib tushgan materiallar o‘zi ishlab chiqmagan materiallar hisoblanadi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling