K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; Kredit
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3-jadval
Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»;
Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schotlari». b) eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farq summasiga: Debet 0211 - 0290 «Asosiy vositalaming eskirishi hisobi schotlari»; Kredit 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar». 2-usul. Rezerv kapitali mavjud bo‘lmaganholdaqo‘llaniladi. Bu holda qayta baholash natijasida asosiy vositalaming qiymatlari o‘rtasidagi salbiy farq summasi qurilish tashkiloti xarajatiga olib boriladi va u hisobda quyidagicha aks ettiriladi: boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farqqa: Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»; Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schotlari». eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farqqa (stomo yozuvi): Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»; Kredit 0211 - 0290 «Asosiy vositalaming eskirishi hisobi schotlari». Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar ulaming sotilishi, tugatilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi va boshqa chiqimlari hisobidan kamayishi mumkin. Ushbu operatsiyalar hisobda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi (2.3-jadval). Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi qurilish tashkilotlarida sotilgan asosiy vositalaming sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan katta bo‘lsa (Sq > Qq), u holda ular QQS toMovchi hisoblanadi. Agar sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan kichik bo‘lsa (Sq < Qq) yoki ular o‘zaro teng bo‘lsa ( Sq = Qq), u holda qurilish tashkilotlari QQS to‘lovchi hisoblanmaydilar. Asosiy vositalami ta’sis badali sifatida kiritilishi ham Soliq kodeksiga muvofiq QQSga tortilmaydi. Asosiy vositalami sotishdan ko‘rilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar 3 yildan kam ishlatilgan bo‘lsa, Soliq kodeksiga muvofiq (22-modda) foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladi. Asosiy vositalami tugatish ulaming to'liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’i nazar ekspluatatsiyaqilishholati yo‘qotilganhollarda amalga oshiriladi. Buning uchun qurilish tashkiloti rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiyakomissiyasi tarkibigakorxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schotlarida yuqorida keltirilgan tartibda aks ettirishga asos bo‘ladi. 2.3-jadval Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling