Qurilish tashkiloti - bu o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yurituvchi yuridik shaxs.
Bosh pudratchi tashkilot - bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish- montaj va boshqa ishlami olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot - bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarih berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqaishlaming bir qismini bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot.
Buyurtmachi - bu bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar tomonidan shartnomalar asosida bajariladigan qurilish, qurilish-montaj, kengaytirish, rekonstruktsiya, modemizatsiya, obodonlashtirish, ta‘mirlash va boshqa ishlaming xaridori.
Pudrat shartnomasi - bu bosh pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida qurilish, qurilish-montaj, kengaytirish, rekonstruktsiya, modemizatsiya, obodonlashtirish, ta‘mirlash va boshqa ishlami bajarish shartlari, talablari, o‘zaro hisob-kitoblar vajihatlami o‘zida mujassamlashtimvchi yuridik hujjat.
Injiniring kompaniyasi - davlatning hududiy boshqaruv organlari huzurida davlat Budjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzishda «yagona buyurtmachi xizmati» funksiyasini bajaruvchi maxsus davlat tashkiloti.
Tender (tanlov) - bu «yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali davlat Budjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari (maktablar, litseylar, kollej lar, harbiy qismlar, shifoxonalar va boshqalar)ni qurish, rekonstruktsiya va modemizatsiya qilish, kengaytirish, ta‘mirlash kabi ishlarni bajarish borasida pudrat tashkilotlami aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlov savdolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |