K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Download 6.22 Mb.
bet4/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Qurilish ishlari degandayangi bino va inshootlami yaratilishi bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi tushuniladi. Yangi bino va inshootlami yaratilishi o‘z ichiga loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta’minot, qurish, foydalanishga topshirish kabi jarayonlami oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma’lum ishlardan tashkil topadi va o‘zining pirovard natijasiga ega bo‘ladi.
Qurilishning loyihalashtirish jarayonida yangi bino va inshootlami qurishning texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa
jihatlari o‘rganiladi, ulaming aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi. Qurilish loyihasi, odatda. maxsus loyihalashtirish muassasalari (institutlar) tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan loyiha quriladigan obyekt joylashgan hududning shaharsozlik bosh loyihasi talablariga zid bo‘lmasligi lozim. Shu bois ham yangi obyektlarni qurishdan oldin ularning loyihalari 0‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasiningjoylardagi boshqarmalari vabo‘limlaritomonidanko‘rib chiqiladi vama’qullanadi. Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan obyektning barcha texnik- iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi. Qurish smetasida obyektni qurish bilan bogiiq barcha ishlaming hajmi, ulaming belgilangan me’yor va tartiblarga muvotiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi. Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma qiymatini belgilashga asos bo‘ladi.
Qurishga tayyorgarlik va uning ta ’minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlami bajarish bo‘yicha tomonlaming majburiyatlari tuzilgan shartnomadao‘zaksini topadi. Masalan, buyurtmachi bujarayondao‘z zimmasiga qurish uchun kerakli bo‘ lgan materiallami pudratchiga yetkazib berish, oldindanto‘lov summasining kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizidan kam bo‘ lmagan qismini) quruvchi tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilami oladi. Pudratchi tashkilot qurish uchun kerakli texnika vajihozlami qurilish maydonchasiga yetkazish, ulami qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlami o‘z zimmasiga oladi.
Obyektni qurish jarayoni qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlami bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga oshirishdaniboratbo‘ladi. Qurilish obyektlariningbitkazilgan, lekin buyurtmachiga hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari) hisoblanadi.
Qurilgan obyektnifoydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir. Bujarayon qurilishgadoir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schot-faktura» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan obyekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi.
Qurilish ishlari o'z ichiga montaj ishlarini ham oladi. Shu bois ushbu islilar qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi.
Jihozlarni o‘rnatish ishlari degandajihozlar, uskunalar va boshqa konstruksiyalami yig‘ish, o‘matish va foydalanishga tushirish bilan bog‘liq ishlar majmuasi tushuniladi. Chunonchi, bino va inshootlami qurishda bajariladiganjihozlami o'matish ishlari tarkibiga ko'tarish-tushirish qurilmalari (lift, eskalator va boshqalar)ni, isitish, sovutish, yoritish, suv berish, havoni almashtirish, sanitariya-gigienatexnikasi qurilmalarini o‘matish, yig‘ish, o‘tkazish, izolyatsiya qilish va shu kabi boshqa ishlar kiritiladi.
Kengaytirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilaming xarakatdagi bino va inshootlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish obyektlarini qurish, asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab chiqarish quwatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog'liq ishlar tushuniladi. Kengaytirish ishlariga, shuningdek buyurtmachilami uzoq muddatli aktivlari tarkibiga kiritiladigan va alohida balansga ajratilmaydigan filiallari va ishlab chiqarish bo‘ linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi yangi qurilish singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma- schot- faktura» asosidatopshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Rekonstruksiya deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachi laming xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarini dastlabki holatini kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan asosiy maqsad boMib quyidagilar hisoblanadi:

  • ishlab chiqarishni takomillashtirish vauningtexnik-iqtisodiy darajasini ilmiy-texnikaprogressi yutuqlari asosidako‘tarish;

  • harakatdagi ishlab chiqarish obyektlari quwatini oshirish;

  • ishchi xodimlaming mehnat sharoitlarini yaxshilash, ulaming mehnat unumdorligini oshirish;

  • texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalami yo‘qotish.

Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma- schot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi taslikilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi.
Modernizatsiya qilish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilaming xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarini, texnika vatexnologik liniyalarini eng zamonaviy ilmiy va texnik yutuqlar asosida yangilash hamda almashtirish tushuniladi. Modemizasiya qilishning asosiy maqsadi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • ishlab chiqarishni yanadatakomillashtirish, lining texnik-iqtisodiy darajasini ilmiy-texnikaprogressi yutuqlari asosida yuksaltirish;

  • harakatdagi eski ishlab chiqarish obyektlarini yangilash va shu asosda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish;

  • ishlab chiqarish quwatlari unumdorligini oshirish, texnik va texnologik liniyalarda ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini keskin oshirish.

Modernizatsiya qilish ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma- schot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng modernizatsiya qilish ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling