Moliyaviy hisobot - bu qurilish tashkilotlarining ma’lum hisobot davrida erishgan natijalari hamda ulaming mulkiy va moliyaviy holatini milliy valutada ifodalovchi axborotlami jamlash usuli.
Hisobot davri - bu taqvim yilning 1 - yanvaridan 31 - dekabrigacha bo‘lgan davr, taqvim yilining 1 - oktabridan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish tashkilotlari uchun birinchi hisobot yili bo‘lib davlat ro‘yxatidan origan sanadan kelgusi yilning 31 - dekabrigacha borigan davr.
Buxgalteriya balansining maqsadi-foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining ma’lum bir sanaga mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risida milliy pul biriigida axborot berish.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi - qurilish tashkilotlarining hisobot davrlaridagi daromadlari, xarajatlari, foyda va zararlari to‘g‘risidagi yig‘mama’lumotlami aks ettirish.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi - qurilish tashkiloti asosiy vositalari, shuningdek ular eskirishining holati va harakati to‘g‘risidayig‘mama’lumotlami berish.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi - qurilish tashkiloti hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablagriarining davr boshi va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlami aks ettirish.
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi - foyda]anuvchilarga qurilish tashkilotining xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul orichov birligidagi ma’lumotlami berish.
Debitorlikva kreditorlikqarzlar to‘g‘risida ma’lumotnomaning
asosiy maqsadi - qurilish tashkilotining hisobot davri oxiriga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlami turli belgilari bo‘yicha guaihlab ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |