Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobi oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilami kiritish mumkin:
avtotransport vositalari holati hamda harakatini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish, ular asosida transport vositalarining tahliliy va sintetik hisobini yuritish;
avtotransport vositalarining ish faoliyati, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlami hisobot davrlari bo‘yicha hisobga olish, ulami tasdiqlovchi hujjatlami o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish;
avtotransport vositalarini ekspluatasiya qilishga doir xarajatlaming tizimli hisobini yuritish, hisob ma’lumotlari asosida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlaming haqiqiy tannarxini aniqlash;
avtotransport vositalari faoliyatini uzluksizligini ta’ minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish zaxiralari (yoqilg‘i, yog‘lash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar) holati hamda harakatiga doir boshlang‘ich hujjatlar, moddiy hisobotlar, shuningdek hisob registrlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tuzilishini ta’minlash;
avtotransport yordamida naqdsiz pulga bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlar bo‘yicha hisob-kitoblami barcha buyurtmachilar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘g‘ri olib borish;
ko‘rsatilgan avtotransport xizmatlaridan olingan naqd pul tushumlarini korxona kassasiga kirim qilinishini, naqd pul hisobidan haydovchilar tomonidan avtomobil yoqilg4 ilarining xarid qilinishi, pul mablag4 larining bankmuassasasigatopshirishini to‘g‘ri vao‘z vaqtida hujjatlashtirish;
avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)lardan erishilgan moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri shakllantirish, ulami buxgalteriya schotlari va hisobot shakllarida to‘g‘ri aks ettirish;
mehnat haqi, soliqlar va majburiy to‘ lovlar bo‘yicha hisob-kitoblami to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.
Tayanch iboralar
Do'stlaringiz bilan baham: |