K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Amortizatsiya (eskirish) hisoblashning kumulyativ usulida
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi holatda.
Amortizatsiya (eskirish) hisoblashning kumulyativ usulida ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlar tannarxiga kiritiladigan amortizatsiya xarajatlari quyidagicha hisob-kitob qilinadi. Dastlab, ATV ning foydali xizmat nruddati yillari sonlarining yig‘ indisi topib olinadi. So‘ngra, har bir xizmat yili soni jami xizmat yillari sonlarining yig‘indisiganisbat (proporsiya) qilib olinadi. Ushbu nisbat (proporsiya) amortizatsiya me’yori hisoblanadi. Faqat ushbu nisbat (proporsiya) qo‘llanishda teskari holda ishlatiladi. Hisobot yilida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) tannarxiga kiritiladigan amortizatsiya (eskirish) summasi amortizatsiya me’yori sifatida belgilangan nisbat (proporsiya)ni ATVning amortizatsiyalanadigan qiymatigako‘paytirish yo‘ li bilan topiladi.
Misol. Aytaylik, taksi sifatida ishlatilayotgan «Matiz» avtomashinasining boshlang ‘ich qiymati 7500000 so‘m. Tugatish qiymati 1-holatda 500000 so ‘m belgilangan, 2-holatda esa и ко ‘zda tntilmagan. «Matiz» avtomobiliningfoydali xizmat muddati 5yil. Xizmat yillari sonlariyig ‘indisi 15 (1+2+3+4+5), mos ravishda amortizatsiya hisoblashda me ’yor sifatida olingan sonlar nisbati: 1 -yil uchun 5/15; 2- yil uchun 4/15, 3-yil uchun 3/15, 4-yil uchun 2/15 va 5-yil uchun 1/15. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida taksi sifatida ishlatilayotgan «Matiz» bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha hisob-kitob qilinadi. Birinchi holatda. 1-yil uchun 2333333 so‘m (7000000*5/15); 2-yil uchun 1866667 so‘m (7000000*4/15), 3-yil uchun 1400000 so‘m (7000000*3/15), 4-yil uchun 933333 so‘m (7000000*2/15), va 5-yil uchun 466667 so‘m (7000000*1/15). Ikkinchi holatda. 1-yil uchun 2500000 so‘m (7500000*5/15; 2-yil uchun 2000000 so‘m (7500000*4/15), 3-yil uchun 1500000 so‘m (7500000*3/15), 4-yil uchun 1000000 so‘m (7500000*2/15) va 5-yil uchun 500000 so‘m (7500000*1/15). Kumulyativ usulda hisobot oylari bo‘yichabajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) tannarxiga kiritiladigan ATVlaming amortizatsiya (eskirish) summasi yillik amortizatsiya summasini 12 ga bo‘lish orqali aniqlanadi. Ko‘rinib turibdiki, kumulyativ usul yuqorida keltirilgan ikkita usuldan farqli o’laroq ATVlami tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilinishiga olib keladi. Bu, birtomondanATVlar ma’naviy eskirishining oldini oladi, ikkinchi tomondan csa. ularning texnik-ekspluatasion imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni obyektiv zarurat qilib qo‘yadi. 0‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq daromad (foyda) solig‘i to‘lovchi avtotransport korxonalarida ATVlarga kumulyativ usul bo‘yichahisoblangan amortizatsiya summasi birmaromda hisoblash usulida hisoblangan eskirish summasidan katta boisa, u holda o’rtadagi farq summasi daromad (foyda) solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi. Kumulyativ usulning kamchiliklaridan biri shundaki. u bir maromda hisoblash usuli singari ATVlar amortizatsiyasi (eskirishi)ni hisobot davrlarida haqiqatda keltirgan daromadiga mos holda bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritilishiga imkon beimaydi. Amortizatsiya (eskirish)ni qoldiq qiymatdan hisoblash usuli ham tezlashtirilgan usulga kiradi. Ushbu usulda avtotransport vositalarining amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib ularning boshlang‘ich qiymati hisoblanadi. Amortizatsiya (eskirish) me‘yori ATVlaming Soliq kodeksida ko‘zda tutilgan me’yorini belgilangan koeffitsiyentga ko‘paytirgandan keyin topilganmiqdordaqo‘llaniladi. Masalan, Soliq kodeksiga muvofiq yillik amortizatsiya me’yori 20 foiz boigan ATVbo‘yicha avtotransport korxonasi hisob siyosatidao‘matilgan me’yorga nisbatan 1,5 koeffitsiyent qofilanilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda ushbu ATVning yillik amortizatsiya me’yori 30 foizni (20* 1,5), agar bu koeffitsiyent 2 bo‘lsa, u holda yillik amortizatsiya me’yori 40 foizni (20*2) tashkil etadi. Yillik amortizatsiya me’yorining 1/12 qismi oylik amortizatsiya me’yori hisoblanadi. Amortizatsiya (eskirish)ni qoldiq qiymatdan hisoblash usulida amortizatsiya (eskirish) summasi ATV sotib olingan oydan keyingi oydan boshlab boshlangfich qiymatdan, undan keyingi oylardan boshlab esa oldingi oylar oxiriga qolgan qoldiq qiymatdan hisoblanadi. Misol. Aytaylik, avtotransport korxonasi 15 sentabr kuni taksi sifatida ishlatish maqsadida 10 dona «Volga 31105» rusumli avtomobillarni sotib oldi. Ular bar birining boshlang ‘ich qiymati 15000000 so‘m. Korxona hisob siyosatida ATVlaming tugatish qiymati nazarda tutilmagan. ATVlamingxizmat mnddati 5yil, yillik amortizatsiya me ’yori 20 %. Korxona yillik amortizatsiya me ’yorini baravar, ya’ni 30 foiz miqdorida qo‘llash tartibini belgilagan. Demak, ATVlar bo ‘yicha oylikcimortizatsiya me ’yori 2,5foiz (30/12). Yuqoridagi ma’lumotlar asosida avtotransport korxonasida ushbu avtomobillar amortizatsiyasi ular sotib olingan hisobot yilida kamayib boruvchi qoldiq usulida quyidagicha hisob-kitob qilinadi (20.4-jadval). Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling