K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Sotishdan olingan foyda yoki zarar
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalikfao!iyatidan olingan moliyaviy natijalarning hisobi
- Daromad (foyda) soligdga tortiladigan foyda (zarar)
- Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi
Sotishdan olingan foyda yoki zarar. ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlardan olingan sof tushum hamda ulaming sotish tannarxi summalarining farqidan tashkil topadi. Softushumning sotish tannarxidan ko‘p boiishi avtotransport korxonasining bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)lardan foydaolganligini, aksincha sof tushumning sotish tannarxidan kam bo'lishi esa avtotransport korxonasining bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan zarar ko‘rganligini bildiradi. Buxgalteriya hisobida sotishdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schoti ma’lumotlari asosida arifmetik yo‘l bilan topiladi.
Avtotransport korxonalarida davr xarajatlari deganda ular tomonidan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlarni sotish, ma'muriy-boshqarish va boshqa operasion faoliyatga doir xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlarning hisobi mos ravishda 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «iVla'm uriy-boshqaruv xarajatlari», 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotlaridaolib boriladi. Avtotransport korxonalarida sotish xarajatlariga reklama xarajatlari, ish va xizmatlami bajarish bo‘yicha shartnomalami tuzish xarajatlari, sotish bilan bog‘liq safar xarajatlari va boshqalar kiradi. Sotish xarajatlari 9410 «Sotish xarajatlari» schotining debetida va bu xarajatlarning aniq turini ifodalovchi boshqa schotlarning (masalan, 100,0, 5010, 5110,6710, va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan suinma 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. Avtotransport korxonalarining ma‘muriy-boshqaruv xarajatlariga boshqaruv apparati xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, safar xarajatlari, yuqori tashkilotni saqlash uchun ajratmalar, telefon aloqasi, kanselyariyaj ihozlarini hisobdan chiqarish va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari 9420 «Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari» schotining debetida va aniq xarajatlami ifodalovchi boshqa schotlarning (0200, 0500, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. Avtotransport korxonalarida boshqa operasion xarajatlarga xodimlarga ko‘rsatilgan moddiy yordamlar, kompensasiya toiovlari, turli otaliq va hayriya maqsadlarida qilingan xarajatlar, mol-mulk soligri, yer solig‘ i, suv solig‘i, pensiya fondiga, yo‘l fondiga, maktablami rivojlantirish fondiga majburiy ajratmalar, mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi operasion xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schotining debetida aks ettiriladi. Bunda operasion xarajatlaming aniq moddalarini ifodalovchi boshqa schotlar (1000, 5010, 5110,6400,6710,6520,6990,9210,9220) kreditlanadi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. Avtotransport korxonalarida 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotining debetida ularning kelgusida faoliyatni rivoj lantirish maqsadida sarflagan xaraj atlari, chunonchi yangi ishlab chiqarishni vayangi texnologiyalami o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operasion xarajatlar aks ettiriladi. Bu turdagi xarajatlar respublikamizning soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob- kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida soliq bazasidan chegirib boriladigan xarajatlar bu schotning debetida va boshqa schotlarning (masalan, 1000, 5110, 5010, 6010, 6710,6520,6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi vashuyo‘l bilan u yopiladi. Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xaraj atlarini o‘zgarishi avtotransport korxonalarida boshqa yuridik shaxslardagi kabi balansdan tashqari 012 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotida belgilangan muddatda ko‘rsatib borilishi lozim. Avtotransport korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi; asosiy vositalami sotish va boshqa chiqimlaridan olingan foyda; nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqa aktivlami sotishdan olingan foyda; undirilganjarimalar; voz kechilgan kreditorlik qarzlar; qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar; beg‘araz olingan moliyaviy yordam; xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar; inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar; - hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillaming foydasi va boshqalar. 21-son BHMSga muvofiq avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlanii hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning kreditida aks ettiriladi. Bunda asosiy faoliyatdan olingan boshqa daroniadlaming aniq turlarini ifodalovchi schotlar, chunonchi, 1000, 5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220 va boshqalar debetlanadi. Hisobot davr oxirida 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning kreditida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ular yopiladi. Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) sotishdan olingan foyda (zarar) summasiga asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar summasini qo‘shishhamdadavrxarajatlari summasini ayirishdan keyin hosil bo‘lgan summadan tashkil topadi. Buxgalteriya hisobida asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schoti ma’ lumotlari asosida arilfnetik yo‘l bilan topiladi. Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalikfao!iyatidan olingan moliyaviy natijalarning hisobi Avtotransport korxonalari, oldingi mavzularda ta’kidlab o‘tganimizdek, asosiy faoliyatdan tashqari boshqa asosiy bo‘lmagan faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanishlari mumkin. Bunday faoliyat turlariga, jumladan ulaming investisiya faoliyati, moliyaviy faoliyati, emissiya faoliyati va boshqalar kiradi. Ushbu faoliyat turlari bo‘yicha erishilgan moliyaviy natijalar ham mos ravishda ularga doir daromad, xarajat hamda foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Bu ko‘rsatkichlar bilan birgalikda topilgan moliyaviy natijalar avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarini ifodalaydi. Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlarga boshqa yuridik shaxslarga kiritilgan moliyaviy investisiyalardan dividend, royalti va foiz ko‘rinishida olingan daromadlar, shuningdek uzoq muddatli ijaradan, valuta kurslarini ijobiy tomonga o‘zgarishidan, qimmatli qog‘ozlami qaytabaholashdan olingan daromadlar kiradi. Ushbu daromadlar hisobot davrida 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning kreditidaaks ettiriladi. Bundaasosiy boMmagan faoliyat turlaridan olinganboshqa daromadlarning aniq turlarini ifodalovchi schotlar, chunonchi 4010, 4310, 4810, 4820, 4830, 4840, 4850, 5210, 5220, 5810, 6230 va boshqalar debetlanadi. Hisobot davr oxirida 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning kreditida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ular yopiladi. Avtotransport korxonalarining umumxo'jalik faoliyatiga doir xarajatlarga olingan kredit va qarzlar uchun toManadigan foizlar, valuta kurslarini salbiy tomonga o‘zgarishidan, qimmatli qog‘ozlami qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar kiradi. Ushbu xarajatlar va zararlar hisobot davrida 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning debetida aks ettiriladi. Bunda asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga doir xarajat va zararlaming aniq turlarini ifodalovchi schotlar, chunonchi 6010,6310,6910,6920,6990, 5020,5210,5220,5810 va boshqalar kreditlanadi. Hisobot davr oxirida 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ular yopiladi. Umumxo‘jalik faoliyatiga doir daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydasi yoki undan ko‘rilgan zararini bildiradi. Ushbu foyda yoki zarar arifmetik yo‘l bilan 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» hamda 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar»ning 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotining mos ravishda kredit va debet tomonlariga o‘tkazilgan ma’lumotlar asosida topiladi. Avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga yuqoridagi ko‘rsatkichlardan tashqari soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) va daromad (foyda) solig‘iga tortiiadigan foyda (zarar) ko‘rsatkichlari ham kiradi. Avtotransport korxonalarining soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foydasi (zarari) ulaming umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) summasiga favquloddagi foyda summasini qo‘shish hamda favquloddagi zarar summasini ayirish yo‘li bilan topiiadi. 21 -son BHMSga muvofiq avtotransport korxonalarida favquloddagi daromadlar 9710 “Favquloddagi foyda” schotining kreditida hisobga olinadi. Bunda favqulodda olingan yoki hisoblangan foydaning turlarini ko‘rsatuvchi schotlar, masalan 0100,0400,0700,1000,4890,5010,5110 va boshqa schotlardebetlanadi. Favquloddagi zararlar hisobi 9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetidayuritiladi. Bunda favquloddagi hodisalardan ko‘rilgan zararlaming aniq moddalarini ko‘rsatuvchi schotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 5010, 5110, 6990 va boshqa schotlar kreditlanadi. Hisobotdavri oxirida 9710 “Favquloddagi foyda” schotining kreditida hamda 9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetida to‘plangan summalar mos ravishda 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘ 1 bilan ushbu schotlar yopiladi. Daromad (foyda) soligdga tortiladigan foyda (zarar) ko‘rsatkichi soliq todagunga qadar bodgan foyda (zarar) summasiga «Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalami shakllantirish to‘g‘risida nizom»ning 1 -ilovasida keltirilgan doimiy farqlar va beg‘araz olingan mulk summalarini qo‘shish, shuningdek ushbu nizomning 2-ilovasida keltirilgan vaqtinchalik farqlar, ol ingan dividendlar hamda daromad (foyda) soligd bo‘yicha soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan imtiyozlar summalarini chegirish yodi bilan topiiadi. Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi Avtotransport korxonalarining hisobot davr (chorak, yil)dagi sof foydasi (qoplanmagan zarari) ulaming tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘raturlichaaniqlanadi. Chunonchi, umumdavlat soliqlami todovchi avtotransport korxonalarida sof foyda (qoplanmagan zarar) soliq to‘ lagunga qadar bo‘ lgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan daromad (foyda) solig‘ i hamda obodonlashtirish va ij timoiy infratuzilma ri voj lantirish soligd summasini ayirish orqali topiiadi. Yagona soliq todovida ishlovchi avtotransport korxonalarining sof foydasi ulaming soliq todagunga qadar bodgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan yagona soliq todovi summasini ayirish orqali topiiadi. Avtotransport korxonalarining sof foydasi (zarari) 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotida barcha daromad va xarajatlar, daromaddan undiriladigan soliqlar to‘liq aks ettirib bodingach, uning yopilishigaqadar kredit hamda debet aylanmasi summalari o'rtasidagi farqdan iborat bodadi. Ushbu schotning yopilishiga qadar bodgan kredit aylanmasi summasining debet aylanmasi summasidan katta bodishi transport korxonasida sof foydaga erishilganlikni, uning debet aylanmasi summasining kredit aylanmasi summasidan katta bodishi esa transport korxonasining hisobot davmi zarar bilan yakunlaganligini bildiradi. Erishilgan sof foyda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling