K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
Mutanosib itsul qo‘llanilgandakamaytirishgaolib boriladigan QQS summasi soliq solinadigan aylanmaning uniumiy aylanma summasidagi ulushidan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan, avtotrcmsport korxonasi hisobot dcivrida 60 min. so ‘mlik (QQSsiz) ish bajargan, shundan, QQSga tortiladigan ish hajmi 36 min. so ‘m, QQSga tortilmaydigan ish hajmi esa 24 min. so ‘m. Та ’minotchilarga tovar-moddiy resurslar va ко ‘rsatilgan xizmatlar uchun та ’lumotnomalar hamda schot-fakturalar asosida to ‘langan QQS jami 5 min. so ‘m. Demak, ushbu misolda keltirilgan ma’ lumotlarga ko‘ra QQSga tortiladigan avtotransport xizmatlarining hissasi 60 foizni (36/60* 100) va QQSga tortilmaydigan xizmatlaming hissasi esa 40 foizni (24/60*100) tashkil etadi. Mutanosib usulga ko‘ra kamaytirishga olib boriladigan QQS summasi yuqoridagi misolda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha 3 min so‘mni (5*60%), kamaytirishgaolib borilmaydigan, balki bajarilgan ish (xizmat)lar tannarxiga olib boriladigan QQS summasi esa 2 min. so‘mni (5*40%) tashkil qiladi. Alohida-alohida usul qo‘llanilganda QQS to‘lovchi avtotransport korxonasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan aylanma maqsadlarida foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yuzasidan xarajatlar hamda QQS summalari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritadi. Bunda alohida-alohida hisobni yuritish imkoni bo‘lmagan umumiy xarajatlar bo‘yicha xarajatlami taqsimlash mutanosib usulda amalga oshiriladi. 21 -son BHMSga muvofiq ta’minotchilarga tovar-moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar va schot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasi hisobot davri mobaynida 4410 «Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schotining debetida to‘planadi. Bunda 6010 «Ta’minotchi va pudratchilargato‘lanadigan schotlar», 6100 «Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schotlar», 6990 «Boshqa majburiyatlar» schotlari kreditlanadi. Hisobot davri tugagandan keyingi oyning 25-sanasigacha avtortransport korxonalari davlat soliq organlariga QQS hisob-kitobini belgilangan shakldataqdim etishlari lozim. Shuningdek, ular soliq idoralariga QQS hisob-kitobiga ilova tariqasida soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha schot-fakturalar rccstrini hamda kamaytirishga olib borilishi va tannarxga kiritilishi lozim bo‘lgan QQS summasi taqsimoti hisob-kitobini ham taqdim etishlari lozim. QQS hisob-kitobi, shuningdek unga ilova qilinadigan reestr va taqsimot asosida 4410 «Budjetga soliqlar vayig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schotining debetida to‘plangan summaning kamaytirishga olib borilgan qismiga buxgalteriyada quyidagi yozuv qilinadi: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling